Ona tilimizni xisobga olmasak, o'rischadan yaxshigina xabarim bor...
Inglizlarning yurtida yurganim uchun bu tilsiz ham yurish amri mahol... Allohga shukr, vaqtida o'rganib qo'ygan ekanman, yaxshigina asqotayapti...
Nemislar yurtida ham o'qish/yashash nasib qilgani uchun bu tilni o'rganishga ham majbur bo'lganman...
Turkcha esa sevimli tillarimdan biri... Ayniqsa, hozirgi kunlarda tushlarimni ham turkcha ko'rayapman...
Maktab paytida arab tilini ham o'rganganmiz, lekin anchadan beri bu tilim ustida ishlamagnim uchun, gapirishga qiynalaman, lekin 40-50 foiz tushunaman, lug'at boyligim ham anchagina...:-)...
Tojikchaga kelsak, judayam shirin til... Allohga shukr, bu tilni ham yaxshigina tushunib, o'z fikrimni bayon eta olaman...