Umumiy bo'lim > Fikr va mulohazalar

Ziyouz forumi haqida qiziqarli va g'aroyib statistikalar

Sahifalar: (1/72) > >>

AbdulAziz:

Assalomu alaykum!
Barchangizni mana shu forumga a'zo bo'lganingiz va faol ishtirokingiz bilan qutlayman.
Mavzu nomidan kelib chiqib bu mavzuda forumdagi eng qiziqarli statistikalardan sizlarni bahramand qilishga harakat qilaman.
O'ylaymanki, sizga judayam qiziq bo'ladi. Savol va takliflar bo'lsa, marhamat!

Demak, boshladik:
Iyul oyi forumda birqancha rekordlar o'rnatildi. Bu rekordlarda forumning yangi a'zosi Suleymanbeyning qardoshi Uthmanning hissalari katta bo'ldi. Gap shundagi janob Uthmon bu oyda barcha forumchilarni eng ko'p post qoldirish borasida ortda qoldirdi. Uning statistikasi ham fantastik ko'rinish oldi: Kuniga 391 ta post. Iyul oyida forum.ziyouz.com ga qilingan postlarning 65 foizi ham aynan Uthmanga tegishlidir.

Iyul oyida forum tarixida:
oyiga eng ko'p post qoldirildi: 12020 ta
oyiga eng ko'p sahifa o'qildi: 143891 ta
bir vaqtning o'zida eng ko'p kishi onlayn bo'ldi: 15 Iyul 2007, 06:22:37 da 569 kishi.

Ayni paytda http://forum.ziyouz.com Respublika forumlari reytingida 13-o'rinda turibdi. Agar sof o'zbekcha forumlar reytingiz tuzilsa, forumimiz eng yuqori o'rinlarda bo'lardi.

Boshqa g'aroyib statistik ma'lumotlar bilan quyida tanishishingiz mumkin. Bu ma'lumotlar forum statistika markazi va forumga o'rnatilgan boshqa counterlar ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

AbdulAziz:

Eng ko'p post qilganlar

1. Uthman 7836
2. Doniyor  6101
3. shoir  4116
4. Laylo  3529
5. Muhammad  3226
6. nargiza  2941
7. AbdulAziz  2876
8. Süleyman  2541
9. muxbir  2453
10. Ziyo  2224
11. Shahina  1943
12. Nodi  1834
13. Shoxjahon  1246
14. maknuna  1215
15. Muslimaxon  927

Avvallari ushbu reyting boshida Shoxjahon yetakchilik qilardi... Link
Boshqa ishtirokchilarimiz ham hali bu ro'yxatdan munosib joy oladilar degan umiddamiz.

AbdulAziz:

Iyul oyida eng ko'p ko'rilgan profillar

1. ikbaljohn
2. NOZA
3. Farida
4. Mahzunabonu
5. Rohatoy
6. Abdulholiq
7. Nozli
8. lolo
9. B-Boy
10. Lola
11. Amina
12. Uthman
13. nargiza
14. milanelly
15. mastura

Bu g'oya Iqboljonning

--- Iqtibos: ikbaljohn  22 Iyun 2007, 10:10:42 ---Mehmon    09:20:09   Лросматривает профиль пользователс ikbaljohn.
Qaysidir mexmon mani profilimmi ko'ryapti..Ana obro'-yu mana obro'.. ;D

--- End quote ---

degan fikridan keyin tug'ildi. Bekorga e'tibor bermas ekan-da. :) Ho'sh, demak, o'tgan oyda eng ko'p qiziqilgan user - Ikbaljohn bo'libdilar. Omads!

Garchi Murodbek

--- Iqtibos: Murod_bek  31 Iyul 2007, 15:30:25 ---
--- Iqtibos: AbdulAziz  31 Iyul 2007, 14:14:49 ---Xudo hohlasa, ertaga forum haqida eng g'aroyib statistikalardan bahramand bo'lasiz.

--- End quote ---
BIzayam qolib ketmayli hurmatli janob admin! :)

--- End quote ---
degan bo'lsalar-da, afsus statistika bilan ularning istaklari birlasha olmadi. Keyingi safar o'zingizning profilingizni o'zingiz ko'rib bo'lsa-da, ushbu reytingga kirishga harakat qiling :)

AbdulAziz:

Iyul oyida eng ko'p PM kimga jo'natildi?

1. Otabek Karimov
2. Nozli
3. B-Boy
4. Murod_bek
5. Lola
6. Laylo
7. Rohatoy
8. mastura
9. Mahzunabonu
10. Farida
11. ikbaljohn
12. lolo
13. Ashiq Garib
14. AbdulAziz
15. Shoxjahon

Bir kuni B-Boy maqtanib qoldilar: mani forumdagi pochtamda shuncha PM bor! Waw! Super!
Bu ham manga g'oya bo'ldi. Qiziqib ko'rdim, qani forumda eng ko'p PM kimga yozilarkin? A-ha, B-Boydan ham superlar bor ekan! :)

AbdulAziz:

Forumda eng ko'p "yashaganlar"

1. B-Boy  13k 1s 19m
2. Shoxjahon  13k 1s 9m
3. nargiza  12k 6s 4m
4. mastura  11k 7s 17m
5. Rohatoy  11k 2s 48m
6. AbdulAziz   10k 7s 13m
7. ikbaljohn  8k 1s 56m
8. Odina  4k 16s 29m
9. Nozli  4k 16s 13m
10. Laylo  3k 21s 35m

Bu reytingda ham so'nggi oylarda keskin o'zgarishlar ro'y berdi. Shubhasiz, reytingning 1-raqamli qahramoni B-Boydir. Chunki 5 kun ichida 3-o'rindan 1-o'ringa ko'tarilish va futbol qiroli Shoxjahonni sindirishning o'zi bo'ladimi? B-Boy maqsadiga erishdi (lekin buning uchun kecha internetda 6-7 soat o'tirishga to'g'ri keldi-yo'v):

--- Iqtibos: B-Boy  31 Iyul 2007, 14:25:40 ---
--- Iqtibos: AbdulAziz  31 Iyul 2007, 14:20:33 ---
--- Iqtibos: B-Boy  31 Iyul 2007, 14:18:11 ---Kutaman! Kutaman! kutamaaaan! :D

--- End quote ---

Yaxshilab kuting, siz ham bo'lsez kerak, bu ajoyib statistikada.

PS. Agar bugun Shoxjahondan o'tib ketsez, aniq bo'lasiz :)

--- End quote ---
harakat qilaman!

--- End quote ---

Avvalari kamina bu reytingni boshqarardi. Asta-sekin sindirishyapti, lekin. Ko'pchilik bu reytingga kirish uchun forumga kirib qo'yilsa bo'ldi, deb o'ylasharkan. Yo'q, bu yerda forumdagi haqiqiy ishtirok vaqti hisobga olinadi. Faqat logi qilib qo'yish bilan hisob ketmaydi.
B-boy! Shaoxjahon qarab turmaydi, lekin. Ehtiyot bo'liiiing.! :)

Sahifalar: (1/72) > >>

Go to full version