Assalomu alaykum!
Anchadan beri forum statistikasini e'lon qilmagan edim. Inshaalloh bugun e'lon qilamiz.
2009 yilning dastlabki oyi
www.ziyouz.com portali uchun muvaffaqiyatli bo'ldi. Tashrif buyuruvchilar soni jihatidan bu oy portal tarixida eng ko'p natijalarga ega bo'ldi.
Bu avvalo portalda qo'yilgan yangi kitoblar va maqolalar bilan izohlanadi. O'tgan yanvar oyida portalga 60 dan ortiq kitob va 300 dan ortiq maqolalar joylandi.
Yanvar oyida forum tarixida eng ko'p sahifa o'qildi:
476889. yana shu oyda kuniga eng ko'p sahifa o'qilganligi haqidagi statistika ham qayd etildi: 12 yanvar kuni forumda
30466 ta sahifa o'qildi. Taqqoslash uchun: 2006 yil iyul oyida forumda oylik o'qilgan sahifalar soni 31882 ta, avgust oyida esa 31882 tani tashkil etgan.
Ayni paytda forumda ishtirok etayotganlar soni
2010 nafarni, hamma xabarlar:
154090 tani, hamma mavzular:
2759 tani tashkil etmoqda. Forumda o'qilgan barcha sahifalar soni
6 milliondan oshib ketdi. Bu forum ochilgandan beri kuniga o'rtcaha
6222 sahifa o'qilgan deganidir.
Yanvar oyida portalimiz
Top.Arbuz.com statistikalariga ko'ra 7-14-o'rin
WWW.UZ statistikasiga ko'ra 22-29-o'rinni egalladi.
Respublikada faoliyatdagi forumlar reytingida esa 10-o'rinda turibmiz.
Yuqoridagi reytinglarda asosan rusiyzabon sahifalar ishtirok etgan bo'lib, agar sof o'zbekcha saytlar reytingi olib borilsa, eng yuqori o'rinlarni egallashimiz tabiiy.