Assalomu alaykum!
So'nggi ikki oy tahlillari bilan tanishib chiqish fursati yetganiga Allohga hamdlar aytamiz.
Iyun o'yi natijalariga ko'ra, forumning o'qimishlilik darajasi so'nggi 3 oy ichida eng yaxshi natijani ko'rsatdi.
Iyun oyida forumda 375368 sahifa o'qilgan. Forum ochilgandan beri kunlik o'rtacha o'qilgan sahifalar soni ham oshib bormoqda - 7131 (may oyi boshida - 6876). Umumiy o'qilgan sahifalar soni - 8 millionga yaqinlashdi.
O'tgan oyda forumda 57 ta yangi mavzu ochildi, 2045 ta post qoldirildi, 90 nafar user ro'yxatdan o'tdi.
Hozirda forumda jami 2631 nafar ishtirokchi, 170126 xabar (post), 3066 ta mavzu, 63 ta bo'lim mavjud.