Assalomu alaykum!
Ramazon oyining 2-Mag'firat dahasi kirganligi bilan, O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 18-yilligi bilan barchangizni muborakbod etaman.
2 oylik tanaffusdan so'ng, yana "eng, eng"lar reytingini e'lon qilishga harakat qilyapman. Bu safar forumda birqancha rekordlar qayd etildi. Eng katta rekord aynan avgust oyida forum tarixida eng ko'p sahifa o'qildi.
Ramazon oyi munosabati bilan forumga kiruvchilar soni ko'payib, 2009 yil avgust oyida 817166 sahifa o'qildi. Bundan oldingi rekord 2009 yil, yanvar oyida qayd etilgan bo'lib, unda forumda 476889 sahifa o'qilgan edi.
Taqqoslash uchun:
Forum dastlab tashkil etilganining 13 oyida (Iyun, 2006 - Iyun, 2007) o'qilgan sahifalar: 761715
2009 yil, iyun va iyul oylarida o'qilgan sahifalar soni: 831712
2009 yil, avgust oyida o'qilgan sahifalar soni: 817166
Kunlik o'qilgan sahifalar soni ham ortib bormoqda: 7841 (2009 yil, 1 sentabr)
2009 yilning iyul oyi boshida: 7131
2009 yilning may oyi boshida - 6876
2009 yilning mart oyi boshida - 6515
2009 yilning fevral oyi boshida - 6222
2008 yilning aprel oyi boshida - 4310
O'tgan oyning yana bir rekordlaridan biri forum tarixida 1 kunda eng ko'p o'qilgan sahifalar bilan bog'liq. Ramazon oyining 1-kuni, ya'ni, 2009 yilning 22 avgust kuni forum tarixida eng ko'p sahifa, ya'ni kuniga 38457 sahifa o'qildi. Ramazonning 6-kuni, ya'ni, 27 avgustda esa bu rekord yana-da yangilandi: 41897.
Taqqoslash uchun:
2006 yil, iyul oyida (30 kun) o'qilgan sahifalar soni - 31882
2006 yil, dekabr oyida (31 kun) o'qilgan sahifalar soni - 32622
2006 yil, noyabr oyida (30 kun) o'qilgan sahifalar soni - 32203
2007 yil, yanvar oyida (31 kun) o'qilgan sahifalar soni - 35129
Forum ochilgandan beri umumiy o'qilgan sahifalar soni ham oshib bormoqda - 9227698 - 9,2 million!
O'tgan oyda forumda 70 ta yangi mavzu ochildi, 4249 ta post qoldirildi, 102 nafar user ro'yxatdan o'tdi.
Hozirda forumda jami 2841 nafar ishtirokchi, 180061 xabar (post), 3181 ta mavzu, 63 ta bo'lim mavjud.
Yangi foydalanuvchilarning kunlik o'rtacha soni: 2.49
Xabarlarning kunlik o'rtacha soni: 158.01
Mavzularning kunlik o'rtacha soni: 3.14
Bir vaqtning o'zida online bo'lganlarning o'rtacha soni: 54.59