BAYHAQIYNING JASORATI (Tarixiy romandan parcha). Maqsud QORIYEV  ( 5341 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


shoir  02 Avgust 2007, 18:50:54

Saljuqiylar bilan bo‘lgan muhoraba g‘aznaviylarning mag‘lubiyati va amir Mas’udning fojiali halokati bilan tugadi. Amir Mas’ud Hindiston tuprog‘iga qochib o‘tib, g‘arib bir beshada, charchab-horib uxlab yotgan chog‘ida yuziga niqob tutgan noma’lum kimsalar uning oyoq-qo‘llarini bog‘lab, quduqqa olib borib tashlab ustiga tosh-xarsang bostirib, azobli o‘limga mahkum etdilar. Bu ayanchli, sharmandali o‘lim Mas’udning sha’niga isnod bo‘ldi. Bunday ko‘rgulik amirning tushiga ham kirmagan edi. U qo‘shin boshliqlariga, sarkardalariga, hatto oddiy lashkarlariga ham "œMard maydonda, jangda g‘oziy bo‘lishi kerak", deb qayta-qayta ta’kidlardi. Taqdir taqozosi bilan mard maydonda shahid bo‘lmadi, g‘alamislar, sotqinlar qo‘lida vahshiylarcha o‘ldirildi.

O‘z-o‘zidan ravshanki, bu xiyonatkorona ishni saljuqiylar qilmagan. Mard jangchilar bunday pastkashlikka bormasdi. Qotillik amirning o‘z atrofidagi ichi qora odamlar tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Mas’udni ayrimlar o‘z o‘g‘li shahzoda Mavdud o‘ldirgan desa, boshqalar harbiy sarkardalar yoki yuqori lavozimda o‘tirganlardan birortasining qo‘li bor, deb gumonsirar edi. G‘aznaviylar jangda mag‘lub bo‘lganlaridan so‘ng, amir Mas’ud qochib borib berkingan joyni kim bilishi mumkin? Bu sir faqat amirga yaqin kishilarga ma’lum bo‘lgan-ku!

Turk qo‘shinlarining sardori Sulton Mahmudning ham, Mas’udning ham sadoqatli sarkardasi Damirxonning fig‘oni falakka chiqdi. "œShunchalik ham nomardlik bo‘lurmu, qaysi ablah bunday razillikka yuz tutibdur, qani endi o‘sha sotqin qo‘limga tushsa, tilka-pora qilib, go‘shtini itlarga tashlagan bo‘lur erdim", deb faryod chekardi u. Essiz-essiz, bunday og‘ir judolikka qanday chidayman, amirim, Sizsiz menga endi hayot yo‘q, deb yuzlarini yular, goho ayyuhannos solib yig‘lardi. Erkak kishining ko‘z yoshidan og‘ir narsa yo‘q, ayniqsa, u chapdast sarkarda, pahlavon yigit bo‘lsa. "œAgar o‘sha iblislarni topib, qasos olmasam, Damirxon nomimni boshqa qo‘yurmen, yigit so‘zim", deb qasamyod etardi u.

Qayd etilgan


shoir  02 Avgust 2007, 18:51:05

Mas’udning akasi Muhammad va uning bola-chaqalarini dashtga olib chiqib, vahshiylarcha o‘ldirilishi yana bir shov-shuvga sabab bo‘lgandi. Shunchalik ham shafqatsizlik bo‘ladimi?! Mayli, taxt vorisi Muhammadni qatl etishsin, yosh go‘daklarda, sho‘rlik xotinida ne ayb? Bunday qonxo‘rlikka avom xalq nima deydi? Muhammad va uning bola-chaqasini o‘ldirgan kimsa G‘azna taxtida xotirjam o‘tirgan hukmdorning ishongan suyukli o‘g‘li shahzoda Mavdud bo‘lsa, bunga qanday chidash mumkin?

Sulton Mahmud vafotidan keyin yuz bergan bu qonli voqealar butun olamga dong‘i ketgan g‘aznaviylar saltanatining halokatidan dalolat emasmikan?

Mana, g‘aznaviylar saltanatining huvillab qolgan hashamatli saroyi. Bu dargohga ne-ne ulug‘ zotlar, amiru hoqonlar, buyuk allomalar, shoiru fuzalolar kelib ketmadi deysiz. Saroy shoirlar anjumani-yu olimlar suhbati, mashhur hofizlarning fayz-tarovati bilan obod va gavjum edi.

G‘aznaviylar saltanati tarixida o‘chmas iz qoldirgan mashhur tarixnavis Abulfazl Bayhaqiy o‘z xonasida o‘tirardi. E-he, bu qutlug‘ dargohga u kelganidan beri qancha yillar o‘tib ketdi. Yosh, norg‘il yigit edi o‘shanda. Qarang, soqol-mo‘ylablariga oq ham tushibdi. Yozgan ash’orlari, kechani kunduzga ulab qilgan mehnatlari Yaratgangagina ma’lum. Yigitligining qaynoq davri shu dargohda kechdi. Uningdek sadoqatli, ishbilarmon, har qanday yumushlarga hoziru nozir dastyor kamyob. Biroq ne kunlar boshiga tushmadi uning. Saroydagi nosoz muhit bois, hukmdorlarning qahr-g‘azabiga uchradi, bir safar qamoq jazosiga ham hukm etdilar. Hammasiga chidadi — Sulton Mahmudga ham, amir Mas’udga ham sadoqat bilan xizmat qildi. Harqalay, umri bekor o‘tmadi, ko‘rgan-bilganlari, eshitganlarini bitta qoldirmay qog‘ozga tushirdi, kunma-kun, oyma-oy, yilma-yil, hech kimning xayoliga kelmagan solnomani bitib, avlodlarga qoldirdi. Vazir Hasan Mayvandiyning dorga osilishi, amaldorlarning kirdikorlari, adolatparvar vazirlarning saxovati g‘aznaviylar bobokaloni Sabuqtegin, Mahmud G‘aznaviy, amir Mas’ud va so‘nggi g‘aznaviylarning podshohlik davridagi voqealarni bir-bir qalamga oldi.

Qayd etilgan


shoir  02 Avgust 2007, 18:51:30

Abulfazl dobirlik ilmini mukammal o‘zlashtirgan, madrasa ko‘rgan olim edi. Dobirlikni eng sharafli va o‘ta mas’uliyatli kasb, deb hisoblardi. Dobir Qur’oni karim va payg‘ambarimiz hadislarini puxta bilmog‘i, boz ustiga, husnixatni egallashi, g‘azal san’atidan ham xabardor, notiq bo‘lishi zarur. Abulfazl Bayhaqiy shu ilmlarni to‘la egallagan alloma edi. U umrini bekor o‘tkazmadi. Devondagi ishlari boshidan oshib yotgan bo‘lsa ham, vaqt topib bebaho ilmiy-tarixiy asarlar bitdi: "œKitoblar ziynati", "œSabuqtegindan sulton Ibrohimgacha bo‘lgan davr tarixi", "œTarixlar majmui", "œSabuqtegin tarixining saylanmasi", "œMas’ud tarixi" yoki "œBayhaqiy tarixi"...

Mana endi shu notinch kunlarda ham Abulfazl o‘zining tor hujrasida qog‘ozga ko‘milib, xayol surib o‘tirar, bu suronli voqealardan boshi qotgan, ba’zan qo‘li, yuragi chidamaydi yozishga. Ammo o‘zini qo‘lga olib, ishga tutinadi. Axir, bu bitiklar kelajak avlodga meros qoladi-ku!

Alloma osoyishta davrlarda ham, hind yurtiga yurish chog‘ida ham rahmatli Sulton Mahmud va amir Mas’udning barcha yumushlarini astoydil ado etdi. Faqat haqiqatni qog‘ozga tushirdi.

Bayhaqiyning Amir Mas’udga e’tiqodi baland edi. Shahzodaga insoniy fazilatlar, olimlik salohiyati begona emas, darvoqe, zolimligi ham bor edi. Mas’ud xuddi allomai zamon Beruniyning shogirdidek, talabasidek atrofida girdikapalak bo‘lardi.

Mas’ud haqidagi fikrlarini u hali qog‘ozga tushirmagan. Dobir Mas’ud bilan o‘tgan damlarini, saodatli kunlarini esladi. Shahzodaning kulib turishlari, biror narsadan ko‘ngli to‘lmay qolsa, kuyinib so‘zlashlari, jahli chiqqanda zarda qilishlari, hatto burrolab so‘kinishlari — hamma-hammasi uning yozuv daftariga tushgan. Shu damda Mas’udni eslab, uning fojiali o‘lim yoqasidagi ayanchli holati ko‘z oldiga kelib, Bayhaqiyning yuragi achishdi. Uning ruhiga Qur’on tilovat qildi.

Qayd etilgan


shoir  02 Avgust 2007, 18:51:51

Qur’onni hech kim Abulfazldek maromiga yetkazib qiroat qila olmasdi. Agar uni uyqusidan uyg‘otib, falon suradagi falon oyatda nima deyilgan, deb so‘ralsa, o‘sha damdayoq u sharillatib aytib, hatto tafsirini ham so‘zlab bera olardi.

Bir kuni u shahzoda Mas’udga Qur’onning ba’zi suralaridagi oyatlar mazmunini tushuntirib, izohlab berdi:

— Borliq ikki qarama-qarshilik, bir-biriga zid juftlik: Rahmon bilan shayton, ezgulik va yovuzlik, nafs bilan qanoat, oqillik bilan nodonlik, xursandchilik bilan g‘am, o‘t bilan suv, erkak va ayol, issiqlik bilan sovuqlik, hayot va mamot, yorug‘lik va qorong‘ulikdan iborat. Bu juftliklarni yana davom ettirish mumkin. Zero, ana shu bir-biriga qarama-qarshi juftliklar uzluksiz kurashib, bu dunyo ishlarini harkatga keltiradi. Men sizga shuni alohida ta’kidlamoqchimankim, agar ana shu azaliy kurashda mazkur juftliklar bo‘lmasa erdi, nainki bu yorug‘ dunyo, hatto inson degan buyuk zot ham bo‘lmasdi. Mantiqan oddiy bir misolni keltiray. Magarki, bu dunyo faqat qorong‘ulikdan iborat bo‘lsa, hayot bo‘lmasdi. Yoki, aksincha, faqat yorug‘lik bo‘lsa ham xuddi shunday. Kecha bilan kunduzning almashib turishi, Oy bilan Quyoshdek ulkan sayyoralarning bir soniya tinim bilmasdan o‘z fazolarida o‘ta nozik intizom bilan aylanishlari Yaratganning qudratiga dalolat emasmu!

Shahzoda Mas’ud Bayhaqiyga tashakkur aytdi. Shundan so‘ng bir necha bor uning huzurida bo‘lganida ham, Abu Rayhon Beruniy bilan suhbat qurganida ham Qur’on va uning oyatlari xususida ikki buyuk alloma o‘gitlarini tinglab, o‘ziga tegishli xulosalar chiqarardi.

Bayhaqiy orzu qilardiki, igna bilan quduq qazigandek, kechani kunduzga ulab yozgan bitiklari, Olloh nasib etsa, avlodlarga ulkan bir tarixiy kitob bo‘lib qolg‘ay. Devon yumushlari, saltanatning turli tomonlariga yuboriladigan rasmiy hujjatlar deysizmi, kundalik yozishmalar-u hukmdorning qo‘shni davlatlarga, mashhur arboblarga yo‘llaydigan maktublari deysizmi — hammasi shu mushfiq, mehnatkash dobir va olim, hassos muallif qo‘lidan o‘tardi. Ba’zida Bayhaqiy biror yumush bilan saroydan uzoqroq ketsa, hukmdor so‘rab qolib, hammayoq alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketardi. Ha, Bayhaqiy saroyning eng kerakli kishisi edi. Rahmatli Sulton Mahmud ham, amir Mas’ud ham unga juda-juda ishonar, urishsalar ham, so‘ksalar ham, keyincha o‘sha ozorlarini uning ko‘nglidan chiqarishardi.

Qayd etilgan


shoir  02 Avgust 2007, 18:52:08

Abulfazlni devondagilar ham behad qadrlashar, unga izzat-ikrom ko‘rsatishardi. Saroy bosh mirzosi Abu Nasr Mishkon vafotidan so‘ng Abu Sahl Zavzaniy bosh mirzo lavozimiga o‘tirgach, Bayhaqiy vazirga yaqinligi bois, Zavzaniy unga kun bermadi. Arzimagan narsadan ayb topib kamsitar, ishlagani yo‘l bermasdi. Hasan Mayvondiy dorga tortilgandan keyin, xoja Zavzaniy uning boshini tabaqqa solib kelib, ulfatlari huzurida maqtangani uning naqadar razil, pastkashligini ko‘rsatdi. O‘shanda ayonlardan biri: "œBu odam hajga borib keldi-yu, battar rasvo bo‘ldi, bachchag‘ar", degan edi.

Keyingi vaqtlarda Zavzaniy Bayhaqiyni taqib etadigan odat chiqardi. Ba’zan Abulfazl bir joyga ish bilan ketsa, xonasiga kirib narsalarini titkilar, yashirib qo‘ygan qo‘lyozmalarini qidirardi. Bir safar Abulfazl yumush bilan ketib, tezda qaytdi va Zavzaniy uning o‘rindiqlarini u yoq-bu yoqqa ag‘darib, qo‘lyozmalarini titayotgani ustidan chiqib qoldi. Zavzaniy: muhrni axtarayotgan edim, uni qayga qo‘ygan edingiz, deya bahona qildi. Shundan keyin Bayhaqiy yozgan ash’orlarini temir sandig‘iga solib, qulflab ketadigan bo‘ldi. Zavzaniy tez-tez Abulfazlni huzuriga chaqirib, "œBo‘lar-bo‘lmas narsalarni yozib yura bermang, endi ko‘proq amir Mas’udning buyuk, olamshumul ishlari-yu, ibratomuz jasoratlari haqinda yozing", deb uqtirardi...

Bayhaqiyning bunday qaltis zamonda haqiqatga xilof ish tutmay, borini ro‘y-rost yozib qoldirgan kitoblari avlodlarga meros, ham chinakam jasorat namunasi bo‘lib qoldi.

Qayd etilgan