Muallif Mavzu: Meni olib keting o'z diyorimga!  ( 12661 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Kumushbibi

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 6
  • Xabarlar: 158
Meni olib keting o'z diyorimga!
« : 16 Iyun 2006, 22:45:46 »
Tinch edi hamma yoq,tinch edi har yon,
Titradi go'yoki yer bilan osmon.
Bohimga xastalik tushdi nogahon,
Meni olib keting o'z diyorimga!

Issiq jon,deydilar,jon bo'lsa bo'lar,
Payt kelsa chechak ham sarg'ayar,so'lar.
Kim bilar paymonang qay yerda to'lar,
Meni olib keting o'z diyrimga!

Ginam bor bu yurtning na havosidan,
Mehribon doktorning na davosidan.
Qaytarmang xastaning muddaosidan,
Meni olib keting o'z diyorimga.

Sha'nimga g'ayurlar bir so'z demasin,
Har kim o'zi tortar umr kemasin.
Hech kimni mushtoqlik dardi yemasin,
Meni olib keting o'z diyorimga!

Talpingan diyorim,u-O'zbekiston!
Sehrini aytishga bormi hech imkon!
Yo'q,o'zga yurtlarda berolmasman jon,
Meni olib keting o'z diyorimga!

Abdulla Oripov
Vijdonimiz oldida o�zimizni oqlamoqlik uchun ko�pincha maqsadga erishish uchun kuchimiz yetmaydi deb, o�zimizni ishontirmoqchi bo�lamiz. Holbuki, amalda biz kuchsiz emas, irodasizmiz...



Kumushbibi

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 6
  • Xabarlar: 158
Re: Meni olib keting o'z diyorimga!
« Javob #1 : 16 Iyun 2006, 22:46:08 »
Xalqim, tarix hukmi seni agarda
Mangu muzliklarga eltgan bo'lsaydi,
Qorliklarni makon etgan bo'lsayding,
Mehrim bermasmidim o'sha muzlarga?

Abdulla Oripov
Vijdonimiz oldida o�zimizni oqlamoqlik uchun ko�pincha maqsadga erishish uchun kuchimiz yetmaydi deb, o�zimizni ishontirmoqchi bo�lamiz. Holbuki, amalda biz kuchsiz emas, irodasizmiz...



Kumushbibi

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 6
  • Xabarlar: 158
Abdulla Oripov
« Javob #2 : 16 Iyun 2006, 22:46:57 »
Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun
Sevgan farzand bo'lsa kechirma aslo! -
Vijdonimiz oldida o�zimizni oqlamoqlik uchun ko�pincha maqsadga erishish uchun kuchimiz yetmaydi deb, o�zimizni ishontirmoqchi bo�lamiz. Holbuki, amalda biz kuchsiz emas, irodasizmiz...



Kumushbibi

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 6
  • Xabarlar: 158
Re: Meni olib keting o'z diyorimga!
« Javob #3 : 16 Iyun 2006, 22:47:26 »
Abdulla Oripov


"Sohibqiron"



Buyuk davlat barpo etdim,
Tangriga shukr,
Zolimlarning taarruzli qo'llarini men
Mazlumlarning etagidan yulqib tashladim.
Maslak ila tariqatni himoya aylab,
Mone' bo'ldim imonsizlik, zo'ravonlikka.
Siz millatning dardlariga darmon bo'lingiz,
Yo'qsullarni aslo boylar zulmiga bermang.
Orangizga sira-sira tushmasin nifoq,
Umr bo'yi hazar qiling munofiqlardan,
Bolalarim, xoinlardan bo'ling ehtiyot,
Inson zoti ko'p narsaga chidaydi, ammo
Gar adolat paymol bo'lsa - toqat qilolmas.
Adolat va ozodlikni muqaddas biling.
Yo'ldoshingiz bo'lsin doim aqlu tajriba,
Har kimlarning qutqusiga daf'atan uchmang...
Toju taxtni mendek uzoq saqlay desangiz,
Qilichingiz o'ylab cheking, bo'ling hamjihat.
Shunqorlarim, adolatni dastur qilingiz,
Eng avvalo, Vatan ila, Millatni asrang.
Vijdonimiz oldida o�zimizni oqlamoqlik uchun ko�pincha maqsadga erishish uchun kuchimiz yetmaydi deb, o�zimizni ishontirmoqchi bo�lamiz. Holbuki, amalda biz kuchsiz emas, irodasizmiz...



Kumushbibi

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 6
  • Xabarlar: 158
Re: Meni olib keting o'z diyorimga!
« Javob #4 : 16 Iyun 2006, 22:47:55 »
Ko’nglima, orzular solgan qishlog’im,
Olis-olislarda qolgan qishlog’im.
Kelib qolarmu deb,har sahar,har shom,
Ko’zlari yo’limda tolgan qishlog’im.

Mening maqsadimdan ko’nglim ko’p to’qdir
Armon nishoniga tegmagan o’qdir.
Orzuning izmidan hamon hayotim
Lekin bu yo’llarning adog’i yo’qdir.

Aytgil,selmasmiding men tanlagan yo’?,
Sayrgoh elmasmiding men tanlagan yo’l.
Olis-olislarda ovvoradurman,
Borsa kelmasmiding men tanlagan yo’l.

Ko’nglima, orzular solgan qishlog’im,
Olis-olislarda qolgan qishlog’im.
Kelib qolarmu deb,har sahar,har shom,
Ko’zlari yo’limda tolgan qishlog’im.
(qo'shiqdan)
Vijdonimiz oldida o�zimizni oqlamoqlik uchun ko�pincha maqsadga erishish uchun kuchimiz yetmaydi deb, o�zimizni ishontirmoqchi bo�lamiz. Holbuki, amalda biz kuchsiz emas, irodasizmiz...



Kumushbibi

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 6
  • Xabarlar: 158
Re: Meni olib keting o'z diyorimga!
« Javob #5 : 16 Iyun 2006, 22:48:24 »
Kundan-kun to'kilar yurakning sabri,
Ona,sog'inchlarim bo'ldi bir osmon.
Sog'indim tuprog'im,sog'indim yomon,
Meni olib keting o'z diyorimga...  :'( :'(
Vijdonimiz oldida o�zimizni oqlamoqlik uchun ko�pincha maqsadga erishish uchun kuchimiz yetmaydi deb, o�zimizni ishontirmoqchi bo�lamiz. Holbuki, amalda biz kuchsiz emas, irodasizmiz...



Kumushbibi

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 6
  • Xabarlar: 158
Re: Meni olib keting o'z diyorimga!
« Javob #6 : 16 Iyun 2006, 22:48:52 »
Qishlog’imning tuproq ko’chasin
Tashlab
Ketdim-asfalt yo’llarga.
Yuragimning titroq go’shasin,
Boshlab,
Ketdim-sarob cho’llarga.


Onam tandir yonida o’zin
Yoqar
Orzulardan uzoqda.
Otam qabr toshidan mahzun
Boqar
Nigohlari tuzoqda.


Yugurardim tog’u qirlardan
Oshib
Bulutlar oyog’im ostida.
Bugun ko’zim yiroq nurlardan
Toshib
Tomchilar oqadi yostiqdan.


Dum-daroz, zim-ziyo tunlar,
Saharda
Uyg’onib ketaman notinch
Qishloqda kechgan u kunlar
Shaharda
Bo’ynimga osilgan sog’inch.

Jahongir Mamatov
Vijdonimiz oldida o�zimizni oqlamoqlik uchun ko�pincha maqsadga erishish uchun kuchimiz yetmaydi deb, o�zimizni ishontirmoqchi bo�lamiz. Holbuki, amalda biz kuchsiz emas, irodasizmiz...



Abdusalom

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 620
  • -oldi: 61
  • Xabarlar: 1023
  • Jins: Erkak
  • Salomlarim sizlarga!!!
Re: Meni olib keting o'z diyorimga!
« Javob #7 : 20 Iyun 2006, 02:25:39 »
VATAN HAQIDA QO‘SHIQ
(Xorijdagi o‘zbeklarga)


Ko‘ksimda ko‘kargan ohim bor.
Oh, desam ko‘k ko‘ksi tirnalar.
Olisda ohimdan bexabar
Bahorga aldangan turnalar.

Borliq bir kamalak — aldamchi,
Bo‘g‘ilmay bo‘ynidan olsamchi?!
Osgani osmonda arg‘amchi —
Bahorga aldangan turnalar.

Turfa xil to‘ni bor osmonning,
Zamin har lahzada turlanar...
Sarbonsiz sargardon karvonmi,
Bahorga aldangan turnalar?

Tongda yel yig‘laydi shabnamni:
«Ori yo‘q olifta olamni!»
Yangidan yangilar yaramni,
Bahorga aldangan turnalar.

To‘rt fasl temirtan tayyora,
Samoda sudralib sur chalar.
Kuz kelsa bevatan, ovvora,
Bahorga aldangan turnalar.

Shahd etib taqdirni olmay tan,
Ketolsam bu karvonsaroydan,
Men boplab bahorni aldayman,
Bahorga aldangan turnalar,
Bahorga aldangan turnalar.

1995 y.

Abdulaziz Muborak
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.

Abdusalom

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 620
  • -oldi: 61
  • Xabarlar: 1023
  • Jins: Erkak
  • Salomlarim sizlarga!!!
Re: Meni olib keting o'z diyorimga!
« Javob #8 : 20 Iyun 2006, 02:26:00 »
Bir yurt bor, yomg'iri yog'ar qamchilab
Qamchisi yelkamni qilsa edi qon
Bag'rimni o'ysaydi tomchi-tomchilab
bas,deb yalinsaydi titrab qitra jon

Bir yurt bor, qirlari to'la oltin don
Bearmon sochilib yotar qizg'aldoq
Baland cho'qqilarin o'pib otar tong
Maysasi shabnamdan taqadi marjon.

Bir yurt bor,yuksakka intilar faqat
She'r qilgim keladi tepalarini
Sochimni supurgi qilib har sahar
Supurgim keladi supalarini

Bir yurt bor osmoni to'la yulduzga
Bog'dan ham tog'dan ham yeri ortadi
Bog'langim keladi har bir ildizga
Gullari kel deydi mehri tortadi

Bir yurt bor,Tavoflar etgim keladi
Dilda otash bilan, ko'zda yosh bilan
Bir yurt bor bag'riga ketgim keladi
Qirqta jonim bilan, Mag'rur bosh bilan.
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.

Salsabiyla

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 1
  • Xabarlar: 69
  • Jins: Ayol
Re: Meni olib keting o'z diyorimga!
« Javob #9 : 25 Mart 2007, 19:11:34 »
Maniyam op ketila o'zbekistongaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaa

Nazira

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 23
  • Jins: Ayol
Re: Meni olib keting o'z diyorimga!
« Javob #10 : 02 Oktyabr 2007, 15:59:38 »
 judayam sog'indim  :2

sarvinoz

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 16
Re: Meni olib keting o'z diyorimga!
« Javob #11 : 11 Oktyabr 2007, 23:20:03 »
azizlarim qayerdasila men silani xatilani uqib hech qayerga borgim kelmay qoldi chunki Germanyaga bormoqch edim sizni intizorlik bilan kutuvchi yurtdoshiningz

 

"+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?

Muallif AbdulAzizBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 31
Ko'rilgan: 12715
So'nggi javob 02 Iyun 2008, 15:16:51
muallifi Ulugbek-Uz
Meni yig`latgan holat...

Muallif Mr.TwisterBo'lim Islom

Javoblar: 325
Ko'rilgan: 136248
So'nggi javob 08 Oktyabr 2013, 07:21:23
muallifi Хадича
Alloh meni yaxshi ko'radi, chunki....

Muallif AnsoraBo'lim Islom

Javoblar: 50
Ko'rilgan: 21134
So'nggi javob 16 Yanvar 2012, 10:22:17
muallifi Musannif Adham
Meni kechirolsangiz kechiring!!!

Muallif ЖАМШИДЖОНBo'lim Umumiy

Javoblar: 11
Ko'rilgan: 19616
So'nggi javob 07 May 2013, 17:33:36
muallifi Muxsiya
Meni kuldirgan holatlar

Muallif muhibbBo'lim Umumiy

Javoblar: 94
Ko'rilgan: 33425
So'nggi javob 07 Iyun 2013, 00:40:33
muallifi sadida