Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264015 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 151 152 153 154 155 156 157 158 159 160 161 ... 270 B


Arbuzchi  14 Noyabr 2009, 14:25:31

 :vslm:
Palonchiga dimasdan, savol dib qo'ysa bo'miydimi? ???
A to boshqalardayam hidoyatga sabab bo'gan qizu habari bordur.... ::)

Qayd etilgan


shoir  14 Noyabr 2009, 14:48:11

:vslm:
Palonchiga dimasdan, savol dib qo'ysa bo'miydimi? ???
A to boshqalardayam hidoyatga sabab bo'gan qizu habari bordur.... ::)

Унинг учун бошқа мавзу бор. Бу мавзуда сса персонал савол берилади.

Qayd etilgan


Ansora  14 Noyabr 2009, 15:33:03

Ассаламу алайкум.
Гсзал жавоблар учун ташаккур.

Ушбу ёзилмишларни сқиб бир савол келди:

AbdulAziz, Ulugbek75 aka, Shokirbek aka, Munira xonim, Imlaah, Saltanat, Kapalak opalarga:

Ўлим ҳақ. Унга борар йсл ҳақ.
Ҳеч сйлаб ксрганмисиз? Сиз қандай слим топишни истардингиз?


Assalomu-alaykum. Shoir, bir-biridan ma’noli savollaringiz bilan vaqtimizni foydali narsalar uchun sarflashga sabab bo’lganingiz uchun Alloh rozi bo’lsin. Qolaversa savollarga bir-biridan ma’noli, bizlarni yana bir bor "œhaqiqiy va foydali hayot" haqida o’ylanishga sabab bo’ladigan javob berayotgan aka-uka, opa-singillarimizdan ham Alloh rozi bo’lsin"¦.

Rabbim barcha mo’min musulmonlar qatorida hammamizga "œMusulmonga yarashadigan" o’lim nasib etsin inshalloh. Kecha Juma bo’lgani uchun Tv’dagi Juma suhbatida juda chiroyli so’z eshitdim bir olima ayoldan.
"œBiz insonlar o’limdan keyingi hayotni har doim ham anglay olmaymiz. Hovuch qadar dunyodan voz kechib aqlimiz bovar qilmaydigan darajada azim va asosiysi boqiy bo’lgan dunyo uchun harakat qila olmaymiz, qo’rqamiz"¦Bu qo’rquv bir navi ona qornidagi bolaning holatiga o’hshaydi. Bola uchun ona qorni bir dunyo, u hali bilmaydiki tashqarida haqiqiy dunyo bor""¦
Ha biz ham bazan "œnarigi dunyo" haqida to’liq tasavvurga ega bo’la olmaymiz va bu dunyoga jon jahdimiz bilan "œyopishib" olamiz.
Qanday o’lim istashimga kelsak, menga yana duo qilishgina tushadi, chunki tasavvurim ojiz boshqa turli o’ylashga.
Rabbimiz Baqara Surasining 186 chi oyatida:  "œBandalarim Sizdan (ey Muhammad) Men haqimda so‘rasalar, Men ularga yaqinman. Menga duo qilgan paytlarida duogo‘ylarining duosini ijobat qilaman. Bas, haq yo‘lga yurishlari uchun (ular ham) Mening (da’vatimga) javob qilsinlar va Menga iymon keltirsinlar", deb buyuradi.
Menda Mehmet Dikmen va Bilal Eren’larning " 365 gun dua" degan kitobi bor. Yani har kun uchun bir duo yozilgan. Juda yaxshi ishlangan duo kitoblaridan biri.  
(Turkcha biladigan qardoshlarimizga bu kitobni tavsiya etaman)

Bu kitobda "œXunuk holatda o’lishdan Allohga sig’inish" duosi bor.
Duoning mazmuni quyidagicha: "œAllohim, qattiq yiqilib tushishdan, bo’g’ilishdan, yonishdan, aqlimni yo’qotadigan darajadgi qarilikdan Sen’ga sig’inaman. O’lar  chog’imda shaytonning iymonimni olishidan, Sen’ing yo’lingga teskari bo’lib o’lishdan va zaharli hayvonlar tarafidan chaqilib o’lishdan ham faqat Sen’gagina sig’inaman".
Qo’limdan kelguncha bu duoni o’qishga harakat qilaman, Rabbim ham duolarimni qabul qilgay inshalloh va chiroyli o’lim nasib etgay, deb niyyat qilaman"¦.
Aziz Mahmud Xudoiy Hazratlarini biladiganlar ko’p oramizda. U kishining maqbaralarida shunday duo yozigan:Turkchasi "œSağlığımızda bizi vefatımızdan sonra kabrimizi ziyaret edenler ve türbemizin önünden geçtiğinde fatiha okuyanlar bizimdir
Bizi sevenler denizde boğulmasın ahir ömürlerinde fakirlik çekmesin, imanlarını kurtarmadıkça göçmesin "

O’zbekchasi: "œSog’ligimizda bizni, o’lganimizdan keyin esa qabrimizni ziyorat etganlar va maqbaramizni oldidan o’tganlarida fotiha o’qiganlar bizdandirlar.
Bizni sevganlar dengizda bo’g’ilmasinlar, umrlarining ohirida faqirlik ko’rmasinlar, İYMONLARİNİ QUTQARMAGUNCHA narigi dunyoga ko’chmasinlar".

Bu aziz zotni ham ziyorat qilish nasib bo’ldi, hamd bo’lsin, insholloh duolaridan bizlar ham bahramand bo’lgandirmiz.

(Eslatma: İstambulga keladiganlar bo’lsa Uskudarda u kishining maqbaralari"¦)

Alloh barchamizning hayotimizni ham o’limimizni ham chiroyli qilsin insholloh"¦

Qayd etilgan


Shokirbek  14 Noyabr 2009, 15:36:58

Iqtibos
Ўлим ҳақ. Унга борар йсл ҳақ.
Ҳеч сйлаб ксрганмисиз? Сиз қандай слим топишни истардингиз?

Albatta, o'lim haq. Musulmon kishining vazifasi - o'limni ko'p esga olish. Payg'ambarimiz "Lazzatlarni kesuvchi o'limni ko'p yodga olinglar" der edilar (Termiziy, Nasoiy va boshqalar rivoyat qiladilar). Men ham boshqa musulmon kabi hayotim yaxshilik bilan tugashini, chiroyli xotima topishimni orzu qilaman. Imom Muslim Sahl ibn Sa'd (r.a.) dan rivoyat qilgan hadisda payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam "Kim Allohdan shahidlikni chindan (chin yurakdan) so'rasa Alloh uni (Jannatda) shahidlar turadigan o'rinlarga yetkazadi, garchi to'shagida vafot etsa ham" deydilar. Alloh bizlarni shunday martabalardan bebahra qilmasin.

Qayd etilgan


imlaah  14 Noyabr 2009, 17:50:00

Iqtibos
AbdulAziz, Ulugbek75 aka, Shokirbek aka, Munira xonim, Imlaah, Saltanat, Kapalak opalarga:

Ўлим ҳақ. Унга борар йсл ҳақ.
Ҳеч сйлаб ксрганмисиз? Сиз қандай слим топишни истардингиз?

O'lim haq.Unga har kim har hil erishadi.
Hayotim davomida ko'z oldimda yaqin insonlarimni o'limlari gavdalanadi.

Dadam rahmatlik (qaynotam) vafot etgan vaqtlarini juda ko'p tasirlanib yodga olaman.
Avvalroq ham esga olib o'tgandim forumda bu muborak insonni.Alloh ohiratlarini hayrlik qilsin.Men bu insonni ilk ko'rgan kunimdan to umrlarini songgi soniyasigacha birovga ozor berguvchi so'z va harakatlarini umuman ko'rmaganman hatto sezmaganman.Ramazonni shunday sog'inar edilarki bunday intiqlikni juda kam insonlarda ko'raman.Allah ramazonni yaqinlashtirsa bu insonni shodligi va yig'ilar bilan sug'orilgan duo va iltijolari ortib borar edi.Umrlarining songgi bo'lgan ramazon ham yetib keldi.Qari va kasal holatlarida ramazon ro'zasini ham tutar va har kuni tarobeh namoziga ham shoshilib turar edilar.Kasalliklari zo'raya boshlagach mahallamiz imomi ...... buva siz hatmini o'tirib o'qisangiz ham bo'lar deb marhamat ko'rsatibdilar (dadamlarda shunday muhlislik bor ediki kasal bo'lsangiz o'zi namozga o'g'illaringiz yordam bermasalar yurib chiqa olmayapsiz chiqmay tura qoling deyishga hech bir inson botina olmagan ekan,bu gaplarni vafot topgan kunlari aytib berishgan edilar).Namoz tarobeh va hatmi Quron bilan qo'shilganda ikki yarim soatlik  , qishning achchiq izg'irini,kasallik bu insonni ibodatlardan to'smasdi va unda dangasalik ham hosil bo'lmasdi.
Nihoyat Ramazonni ilk juma'si oqshomida yani payshanba kechki vaqti iftor yaqinlashgan vaqtda istmalari biroz kuchaydi.Ovqatlanib oling deb taom berishga harakat qilsak iftor vaqti bo'ldimi deb so'radilar yoq deb javob olgach men ro'zaman deb javob berdilar.Nihoyat istma juda oshib vaqtni farqlamay qoldilar.Ovqat berdik va biroz o'zlariga kelgach bugun kunga nima kun qaysi oy? deb so'radilar.Ramazon inshaAlloh ertaga jum'a o'qiymiz deb javob berdilar o'g'illari.Alhamdulillah deb duo boshladilar.Ko'zlarida yosh bilan Allohdan shunday tilandilarki bu inson hozirgina istma alangasidan nasiba olgan inson demasdik kuazatib turib.Iftorlikdan keyin hamma o'z honadoniga tarqaldi.Tunggi soat 1 da dadam ko'zlarini ochib juda sokin holatda boradigan manzilimni men uchun hayrlik qilgin nafsimga ko'p zulm qildim sening marhamatingdan umidvorman deb  shahodat keltirdilar va jonlarini Allahga topshirdilar.Bu shunday sokin bo'ldiki ko'z oldimizda ,guvoh bo'lib turgan biz farzandlar hatto jonlari chiqqanini sezmay qoldik.Har doimgi duolari deb tushundik.
Yana bir mening havasimni keltirgan o'lim holati:
Mana shu yilning ramazoni 27-kecha qadr kechasida yuz beribdi.Bizga juda yaqin oilaning yaqinlaridan bir onahon ushbu kunda omonatlarini topshiribdilar.Ramazonni ko'p qismini ro'za holatlarida o'tkazib ibodatlarda sokin bo'lgan ekanlar.Islomdan bir qancha habarlari bo'lgan qizlarini kuta boshlabdilar.Uyda u onahon bilan birga yashaydigan farzandlar habar bergach u ayol turmush o'rtoqlari bilan onasini huzuriga yetib boribdilar.Onahon juda sokin va tetik ekanlar.Yonlarida mehmonlar bor ekan.Qizlari va kuyovlarini kutib olib chiroyli suhbat boshlanibdi.1soatlar davomida suhbat islom va ohirat haqida bo'libdi.Va onahon qizlaridan tahoratga yordam berishlikni iltimos qilibdilar.Onahonni yetaklab tahoratga olib boribdilar.Tahoratni go'zal qilib nihoyalab joylariga qaytayotganlarida boshqa yura olmayman meni ko'tarib olinglar debdilar.Onahonni joylariga olib o'tirg'azishgach.Qizlaridan Yasin surasini o'qishlikni so'rabdilar.Surani o'qib nihoyasiga yetguncha onahon uhlab qolibdilar.Uyqu orasida voy jonimeey deb ovoz bersalar yonlarida o'tirgan qizlari Subhanallah deng inshaallah joningizga yordam beradi debdilar.Alhamdulillah,Subahaallah deb jon topshiribdilar.
Bu o'lim voqeasini ilk eshitganimdan hozirgi vaqtimgacha har o'ylasam havasim keladi.Hayotlarini qandayin halollikka burkab o'tkazgan insonlarki Allah o'lim soatini mashaqqatini bu insonlarga yengil qilib berdi.Bizlarga ham bundayin lazzatni ohirgi kalimani shahodat bo'lishi va so'nggi maskanimiz hayrli bo'lishini nasib qilsin.Dunyoda kimlarga havas qilib kimlarga intilsangiz ohiratda istaganingiz bilan birga bo'lasiz degan vadaga ko'ra hayotda intilayotgan bo'lsakda birga bo'la olmayotganlarimiz bilan ohiratda birga qilsin .Oqibatimiz hayrlik bo'lsin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Noyabr 2009, 18:02:18

AbdulAziz, Ulugbek75 aka, Shokirbek aka, Munira xonim, Imlaah, Saltanat, Kapalak opalarga:

Ўлим ҳақ. Унга борар йсл ҳақ.
Ҳеч сйлаб ксрганмисиз? Сиз қандай слим топишни истардингиз?

Menga avval ham bir do'stim shunaqa savol bergandi. Unga shunday javob bergandim:
"Xuddi g'oziy sahobalardek, Alloh uchun muhoraba maydonida badanim tilka-pora bo'lib, o'q yemagan joyim qolmagan holda shahodatni aytib jon berishni xohlardim...".
O'shanda do'stim, buning hozir imkoni yo'q-ku, deganida yuqorida Shokirbek aka keltirgan hadisga muvofiq niyat etganligimni bildirgandim.

O'sha do'stimning o'zidan bu savol javobini so'raganimda u shunday degandi:
"Ramazonda, jum'a kunida, Baytullohda, Ka'ba qoshida, ro'zador holda, Yaratganda sajda qilib jon berishni xohlardim..."

Qayd etilgan


Ulugbek75  14 Noyabr 2009, 19:20:12

:vslm:
Palonchiga dimasdan, savol dib qo'ysa bo'miydimi? ???
A to boshqalardayam hidoyatga sabab bo'gan qizu habari bordur.... ::)

Hurmatli Abrorbek, Sizning hayotingizda sodir bo'lgan yoki boshqalar hayotida kuzatganingiz va xotirangizga o'rnashib qolgan, iymoniy holatlardan bir- ikkita (kamida esa 1 ta) sini bizlar bilan baham ko'rsangiz, iltmos?

Muhtaram(/a) Shoir, yuqorida Men yoki boshqalarga bergan ma'noli savollaringizni o'zingizga ham berilgan deb hisoblab, mushohadalaringizdan bizni ham bahramand etsangiz, iltimos? (Ha endi, bor tavog'im - kel tavogímda :) )


Qayd etilgan


Muvahhid  14 Noyabr 2009, 19:39:20



Assalomu alaykum! Avvalom bor Shoir birodar Sizga mana shunday savollar berib barchamizni yerdan uzilgandek bulgan oyoqlarimizni ya'na ona zaminga qaytarib, ya'na bir bor shu yul bilan barchamizni Iymonga chaqirganingiz uchun rahmat aytmoqchiman, ALLOH taolo qilayotgan hayirli ishlaringizga yaxshi mukofotlar nasib qilsin!

Mehr haqida deb berilgan hayotiy savolni ko'rib negadir shu voqea birinchi bulib hayolimga keldi:
Bir kuni yaqinlarim yashaydigan va men tez borib turadigan shaxrimizdagi bir mahallaga bordim.Bu mahalla tuman dehqon bozorini yaqinida joylashgan.Tirikchilik yulida hozirgi kunda ko'pchilik yosh bolalar bozorda aravakashlik qilishadi,bu hayot haqiqati.Men mashina bilan katta yuldan mahallaning tor ko'chasiga burilgan joyda yul ozroq balandlikga ko'tariladi. Usha joyda bir yoshi 11-12 larda bulgan bolakay yuk ortilgan katta aravani usha tepalikga tortib chiqaraolmay yotgan ekan.Yul tor bulganligi uchun utib ketaolmasdan men mashinani aravakashni xavotirga solmaslik uchun ozroq uzoqroqda tuxtatib turdim.Lekin aravadagi yuk juda ham ogir bulgani uchun u bola uni hadeganda tortib chiqara olmayotgan edi.Uni yollagan 30-35 yoshlardagi YIGIT esa unga baqirar:-Kuching etmasa nega aravakashlik qilasan derdiyu lekin umuman unga yordam bermasdi ! Diqqatim oshib mashinadan tushgan edim, shu mahallada yashaydigan, Sirojiddin ismli akaning 10-11 yoshlardagi o'g'li chopib kelib aravakash bolaga yordam bera boshladi. Ularni orqasidan borib men ham ularga ozroq yordamlashib yubordim.Arava haqiqatdan og'ir ekan.

Bir amallab aravani tepalikga chiqarganimizdan keyin, yordam bergan bola ko'zida chinakam qahr bilan aravakashni yollagan YIGITGA baqira boshladi:
-Aka sizda MEHR yuq ekan,bergan 100 so'mingizga shuncha baqirasizu, shu aravani ozroq tortib chiqarishga yordam bergingiz kelmaydi ! Hozir siz bergan 100 so'mga nima beradi ?! O'g'lingiz arava tortsa nima qilasiz ?!
Bolakayni bu ohangdagi gapidan men ham u Yigit ham noqulay ahvolga tushib qoldik.

Men ushanda shu gaplarni aytgan bolakayni ko'zida chinakam MEHRNI (aravakash tengdoshiga nisbattan) va chinakam QAHRNI (aravakashni yollagan Yigitga nisbattan) ko'rgandek bo'ldim.Aravakash bola esa qora mehnatni qilib,terlab ya'na ayibdordek boshini egib turardi. Men bu ikki bir-biriga tengdosh bolakaylarni timsolida doimo DANGAL va doimo SODDA O'zbegimni ko'rgandek bo'ldim.

Mashinaga qaytib borib yulda davom etarkanman usha "tanbeh" eshitgan Yigitni aravakash bolaga yordamlashib aravani bir tomonidan surishib ketayotganini ko'rdim. Nahotki bir bolakayni MEHR tula qalbi bilan rahmi kelib aytgan so'zlari katta yoshdagi Yigitni MEHRSIZ qalbiga ham ozroq bo'lsa ham MEHR kiritgan bulsa...

Biz kattalar "katta ishlarimizni" bitirish uchun o'zi shunday ham qorni to'q kishilarga poralar beramiz, egilib bukilamiz,yaxshi gaplar gapiramiz. Lekin halol mehnat qilib og'irimizni engil qilayotgan oddiy bir aravakash bolaga ozgina MEHR ko'rsata olmaymiz... Axir u ham yaxshi kunidan arava surib yurmagandir ? Nahotki biz shaytoni layinni kasbi bo'lgan kibrni murg'ak qalblarga qilsak !!!

Qayd etilgan


Muslimа  14 Noyabr 2009, 19:52:37

JaruleUZB, Chustiy, Salmon Forsiy, Muslima, Kapalak, Abdulloh, Bekmirzoga:

Меҳр билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

 :as:

      Savollar uchun tashakkur!
      Allah qodir qilganicha javob berishga harakat qilaman.

     Inson hayotini mehrsiz tasavvur qilish mushkul. Mehrning turli hil ko’rinishi bor, lekin uning mohiyati bir hil.
     Mehrning eng oliysi, Rahmlilarning eng Rahmlisi bo’lmish Allah taoloni bandalariga qilgan mehridir, manimcha. Allah mehribon, Uning mehrini har soniyada hayotimizda ko’rishimiz mumkin. Allah shu darajada bandalariga mehribonki, biz bandalar osiylik qilib Uni unutsak ham, gunohlardan tiyilmasak ham bizlarni tez jazolamaydi. Adashgan bandasini O’z mehri ila siylab, unga iymonni tortiq qiladi. Bunga har birimiz har doim guvoh bo’lganmiz.
       Yana doim biz guvoh bo’ladigan va his qiladigan mehr bu Rasululloh  :sw: ning ummatlariga bo’lgan mehrlaridir. Eng suyukli ota-onamiz ham o’lim chog’ida "œOhiratim nima bo’larkin, holim ne bo’larkin?" kabi so’zlar bilan olamni tark qilishadi, lekin Rasululloh  :sw: o’lim chog’i ham bizlarni o’yladilar, "œUmmatim, ummatim"¦" deya bizni holimizdan qayg’urdilar. Ularning mehrlarini hamon his qilamiz"¦.. Allah ularga to qiyomatgacha salovatu salomlar ato qilsin, ahli oilalari va ashoblariga rahmat qilsin!
      
     Insonlar orasidagi munosabatlar haqida aytadigan bo’lsak, Allah taolo onaga bergan mehrchalik mehrni hich kimga bermagan. Onamiz uchun biz doim bolamiz. Turmush quramizmi, uylanamizmi, o’zimizni oilamiz bo’ladimi baribir bizni bola deb o’ylashadi. Onaning mehri shu qadar kuchliki, farzandi uchun jonini ham bera oladi. Farzandi kulsa birga kuladi, yig’lasa birga yig’laydi. Onajonlarimiz bizga berayotgan mehrlari haqida juda ham ko’p yozish mumkin, ming afsuski bu yerdagi sahifalar kamlik qiladi hammasini yozish uchun. Toki o’zigiz farzandli bo’lmaguningizcha onani mehrini to’liq tushunib yetmas ekansiz"¦. Baxtimizga onajonlarimiz doimo sog’ bo’lishsin, bizga go’dakligimizda rahm qilishganidek, Allahim ham ularni barchalariga rahm aylasin! Amin!
   Inson mehr bilan tirik, mehrni his qilmas ekan, uni boshqalarga ulashmas ekan u insonda hayr kam deb hisoblayman.
      
          Abu Hurayra roziallohu anhudan rivoyat qilinadi: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "œAllohning yuzta rahmati bo’lib, undan bitta rahmatni jinlar, insonlar, hayvonlar va hashorotlar orasiga tushurdi. Ana o’sha bitta rahmat bilan ular bir-biriga rahm qildilar, shafqatli bo’ladilar va shu shafqat bilan vaxshiy hayvon o’z bolasiga mehribon bo’ladi. Alloh to’qson to’qqizta rahmatni olib qoldiki, ular bilan qiyomat kunida bandalariga rahm qiladi" Muttafaqun alayh.
        Qiyomat kuni Allahning rahmat nazari bilan boqqan bandalari qatorida bo’lishlik har birimizga nasib qilsin! Musulmonlar orasidan hech qachon MEHR ko’tarilmasin! Amin!
   P.S. Bu yerda go'zal javoblari bilan barchamizga ibratli voqealarni ulashgan aka-uka va opa-singilarimizdan Allah rozi bo'lsin!

Qayd etilgan


Munira xonim  14 Noyabr 2009, 19:56:29

Ассаламу алайкум.
Гсзал жавоблар учун ташаккур.

Ушбу ёзилмишларни сқиб бир савол келди:

AbdulAziz, Ulugbek75 aka, Shokirbek aka, Munira xonim, Imlaah, Saltanat, Kapalak opalarga:

Ўлим ҳақ. Унга борар йсл ҳақ.
Ҳеч сйлаб ксрганмисиз? Сиз қандай слим топишни истардингиз?

Va alaykum assalam.
Sizga ham tashakkur, go'zal va ibratli savollaringiz uchun. Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Ushbu savolga yuqorida javob bergan har bir ishtirokchiga rahmat aytmoqchiman. Juda go'zal va ibratli javoblari uchun, har birlaridan Alloh rozi bo'lsin.

Kapalak xonim aytganlaridek:"Iymonimni qutqarmagunimcha u dunyoga ko'chmaslikni Allohdan so'rardim".
Shokirbek aytganlaridek:"Har doim Allohdan shahidlikni nasib qilishini, shahid holatda jon taslim qilishimni nasib etishini so'rayman.
Imlaah aytganlaridek:"Alloh yo'lida xolis ibodat qilib, pok va go'zal ibodatlar qilgan holatda, O'zini rozilgini topgan holatda O'ziga qovushishni so'rayman.
Abdulaziz aytganlaridek:"Ka'bada, barcha ibodatlarni qilib, gunoh va mas'iyatlarimga tavba qilgan holatda sajda paytida jonimni O'z huzuriga olishini tilayman".

Alloh mehribon va rahmli Zotdir. InshaAlloh har kishini niyatiga yarashasini ato qiladi. Har bir musulmonga O'zini roziligini topgan holatda Malakul Mavt kelishini so'rab qolaman. Har bir musulmonni oxirgi manzilini Alloh taolo go'zal aylasin. Va bizlar uchun eng shirin Visol bo'lgan O'z Jamolini beparda ko'rishlikni nasib etsin. Amiyn.

Qayd etilgan