Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264723 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 ... 270 B


Munira xonim  15 Dekabr 2007, 08:43:28

Munira opa:
Hayit kuni turmush o'rtog'ingiz, bolalaringizning hayit namozidan kelishlarini qanchalik intizorlik bilan kutasiz. Shu paytdagi ajib holatingiz haqida gapirib bera olasizmi?

Assalamu alaykum.
Ajoyib savollaringiz uchun tashakkur.
Buni til bilan tushuntirib berolmasam kerak.
Odatda bizni oilamizdan turmush o'rtog'im va o'g'lim namozga chiqishadi. Ularni qizlarim bilan kutamiz. Bezatilgan dasturoxon va duolar bilan...
Lekin o'sha paytdagi ichki kechinmalarimni so'z bilan tasvirlab berolmayman...
Lekin hayitlik olishni juda yaxshi ko'raman.
Yoshligimdan shuni yaxshi ko'rardim, ona bo'lganimda ham bu odatim qolmadi. Berishmasa So'rab olaman. :)

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Dekabr 2007, 08:47:14

Yana Munira opaga:
Hayit kuni farzandlaringizni qanday xursand qilishni rejalashtiryapsiz?

Farzandlarimni shirinliklar pishirib va ularga hayitlik berib xursand qilaman.
Lekin qurbonlik qilayotganimzda hammadan ham xursand bo'lishadi.  so'yilayotgan jonliqni oldiga chiqib qo'rqmay qarab turishadi....
Men esa unga qarolmayman... O'sha pytdagi quvonchalrini boshqa hech qaysi paytda ko'rmayman ularning ko'zlarida...

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Dekabr 2007, 08:49:57

Munire hanim:
Siz icin en buyuk mutsuzluk ne?

Assalamu alaykum.
Abdulaziz yoki boshqa turk tilini biladigan birodarlardan iltimos:
Menga shu MUTSUZLUK soz'ini tushuntirib beringlar.
Tushunmadim va shuning uchun javob bera olmadim..
Uzr endi...

Va alaykum assalom!
Mutsuzluk - baxtsizlik.
Siz uchun eng katta baxtsizlik nima? deb so'rayaptilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Dekabr 2007, 08:50:56

AbdulAziz:
Siz icin eng buyuk mutluluk ne?

Bu dunyoda iymon ne'mati.
Haqiqiy dunyoda esa jannat, payg'ambarimiz va yaqinlarimiz bilan birga bo'lish, Allohning jamolini ko'rish baxti.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Dekabr 2007, 08:53:19

AbdulAziz:
Hayit kuni birinchi bo'lib kimni ziyorat qilasiz?

Hayit namozidan keyin avvalo birga chiqqan, birinchi dadajonim, keyin amakilarim, ukalarim, jiyanlarimni quchoqlab tabriklab, keyin birodarlarimni hammasini tabriklab ziyorat qilaman. Uyga borgacha esa, dastavval onajonim meni kutib turgan bo'ladilar, ularniyam quchoqlab, iyd bilan tabriklayman. Uydagilarni ham ziyorat qilib, birgalikda ziyofat qilganimizdan so'ng, keyin qarindoshlar, do'stlar ziyoratiga boraman.

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Dekabr 2007, 08:57:31

Munire hanim:
Siz icin en buyuk mutsuzluk ne?

Assalamu alaykum.
Abdulaziz yoki boshqa turk tilini biladigan birodarlardan iltimos:
Menga shu MUTSUZLUK soz'ini tushuntirib beringlar.
Tushunmadim va shuning uchun javob bera olmadim..
Uzr endi...

Va alaykum assalom!
Mutsuzluk - baxtsizlik.
Siz uchun eng katta baxtsizlik nima? deb so'rayaptilar.

Rahmat Abdulaziz.
Alloh sizdan rozi bo'lsin!!!

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Dekabr 2007, 08:59:55

Munire hanim:
Siz icin en buyuk mutsuzluk ne?

Assalamu alaykum.
Eng katta baxtsizlik - nafsimni quli bo'lib qolishlik...
Alloh asrasin...

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Dekabr 2007, 09:03:02

Yana AbdulAzizga:
Qurbon hayiti kuni ertalab hech nima yemasdan chiqib hayit namozidan so'ng yeyish kerak ekan. Buning hikmati nimada?

Ushbu maqolani o'qigan bo'lsangiz: http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1806&Itemid=1
Zulhijja oyining 10 kunligi judayam fazilatlidir. Bu oyda 10 kun ro'za tutgan insonga Allohning buyuk ne'matlari bor. Endi qarang: zulhijjaning 10-kuni hayit. Hayit kuni esa ro'za tutib bo'lmaydi. O'sha, ertalab, hech narsa yemay, hayit namozidan keyin, agar qurbonlik so'yilgan bo'lsa, shuni go'shtidan, agar so'yilmagan bo'lsa, biron shirinlik yeyilsa, shu kun 1 kun ro'za tutganlik savobi berilarkan.

Qayd etilgan


Robiya  15 Dekabr 2007, 13:51:28

Milanelly:
Hayit kuni siz har doim kutib turadigan vaqt qaysi? Hayit kuni aynan qaysi vaqtda judayam xursand bo'lasiz?

 Bahovuddin Naqshband ziyoratgohida turib duo o'qiydigan vaqtni intizorlik bilan kutaman.  Bahovuddin Naqshband ziyoratgohini oilaviy ziyorat qilamiz.

Qayd etilgan


shoir  15 Dekabr 2007, 17:54:09

Javob berishni istagan barcha yuzerlarga:

Hozir men ba'zi jihatlarni keltiraman. Shu jihatlar bo'yicha sizga qaysi user yoqishini belgilaysiz?

Qaysi userning forumda
1. savollari;
2. javoblari;
3. o'zini tutishi, intizomi;
4. ilmga chanqoqligi, ilmiy mavzularga munosabati;
5. javob berish uslubi;
6. tili (ya'ni qanday yoza bilishi, shevadami yo adabiy tilda)
7. boshqalarga munosabati, samimiyati
SIZGA YOQADI 

Qayd etilgan