Bu savollar berilganiga ancha vaqt bo'lgan bolsada baribir javobberishga xarakat qilib ko'ramiz
Bola asrab olishga munosabatingiz?
Bola asrab olishga munosabatimiz ijobiy, ammo adolat qilishdan qo'rqsa bunday qilinmagani ma'qul
Siz hich bolalar uyida bo’lganmisiz?
Qariyalar uyida bo'lganman, ammo bolalar uyida bo'lmaganman
Bolalar uyidagi bolajonlarni ko’zlariga hich boqqanmisiz?
xa qaraganman, ularning ko'zida umidsizlik, nafrat ishonchsizlikni ko'rganman. 3 taga yaqin bolada
O’z farzandlarini bolalar uyiga tashlab ketgan ota-onalarga munosabatingiz?
Astag'firlloh, tilim ojis biron ima deyishga...
Siz bu haqida hich o’ylab ko’rganmisiz?
Faraz qiling, Alloh taolo sizga farzand ato qilgan, lekin shu holda ham farzand boqib olarmidingiz?
Agar shu bolani men boqib olishim shu bola uchun xayrli bo'lishiga, yaxshi bo'lishiga ishonsam albatta o'ylab ko'rgan va unga rozilik berishi kerak bo'lgan odamlar bilan maslaxatlashgan bo'lardim
U, bu deyishadi yu, ammo yetimhonalarda axvol unchalik xam yaxshi emas, ularga bo'ladigan munosabatlarning xammasi xam samimiy deyib bo'lmaydi, ayniqsa u yerdagi qizlarga qiyinroq, Alloh ularning mushkullarini osson qilsin