Bola saqlab olishga munosabatingiz?  ( 9762 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Muslimа  08 Avgust 2007, 09:52:12

Assalomu alaykum aziz forumdosh musulmon va muslima birodarlar!
Shu mavzu yuzasidan fikr bildirishizni so’rab qolaman.
Bola asrab olishga munosabatingiz?
Siz hich bolalar uyida bo’lganmisiz?
Bolalar uyidagi bolajonlarni ko’zlariga hich boqqanmisiz?
O’z farzandlarini bolalar uyiga tashlab ketgan ota-onalarga munosabatingiz?
Siz bu haqida hich o’ylab ko’rganmisiz?
Faraz qiling, Alloh taolo sizga farzand ato qilgan, lekin shu holda ham farzand boqib olarmidingiz?
Bu boradagi sizning shaxsiy fikringiz man uchun qiziq"¦


Qayd etilgan


Farida  08 Avgust 2007, 12:12:33

Bola asrab olishga munosabatingiz?
Har xil holat bo'lishi mumkin. Lekin har doim ham emas.

Siz hich bolalar uyida bo’lganmisiz?
Yo'q.

Bolalar uyidagi bolajonlarni ko’zlariga hich boqqanmisiz?
Yo'q...

O’z farzandlarini bolalar uyiga tashlab ketgan ota-onalarga munosabatingiz?
Dunyodagi eng bemehr, pastkash ota-onalar...

Siz bu haqida hich o’ylab ko’rganmisiz?
Ko'p o'ylab ko'rganman.

Faraz qiling, Alloh taolo sizga farzand ato qilgan, lekin shu holda ham farzand boqib olarmidingiz?
Agar yaqin insonim menga o'z farzandini boqib berish uchun bersa olardim.

Qayd etilgan


Foniy  09 Avgust 2007, 11:57:37

Assalomu alaykum!

Bola asrab olishga munosabatingiz?
Har xil holat bo'lishi mumkin, imkon bo'lsa olgan ma'qul, bu savob ham bo'lsa kerak
Siz hech bolalar uyida bo’lganmisiz?
Yo'q
Bolalar uyidagi bolajonlarni ko’zlariga hech boqqanmisiz?
Yo'q
O’z farzandlarini bolalar uyiga tashlab ketgan ota-onalarga munosabatingiz?
Yaxshi ishmas, lekin ba'zan bunday holatlar ilojsiz(nochor)likdan ham bo'lishi mumkin
Siz bu haqida hech o’ylab ko’rganmisiz?
Ha, qutulish uchun tashlab ketganlarga nafrat bilan
Faraz qiling, Alloh taolo sizga farzand ato qilgan, lekin shu holda ham farzand boqib olarmidingiz?
Bu haqda bir narsa deyish qiyin, vaqt hakam

Hayot qiziq, kimdir bir tirnoqqa zor, yana kimdir uning teskarisi, yana kimlardir hohlagan ishlarini qilishadi,..
Olloh barchasiga insof bersin!

Qayd etilgan


Amina  14 Avgust 2007, 16:34:22

Agar bola saqlab oladigan odmaning niyati haqiqatdan xam xolis bolsa, osha bolaga oz mexrini ayamasdan kotta qilsa, Kongliga Ollohni solib yaxshi tarbiya qilsa bu albata yaxshi!
Lekin shunaqa kishilarni korgamanki, faqatgina uyidagi ishlani qildirish uchun asrab olgan. Bu haqiqiy insofsizlik. Uni savob ish qilayapti deb oylamiman.

Qayd etilgan


lolo  16 Avgust 2007, 05:47:00

bu hammaniyam qo'lidan kelavermaydi, buni faqat mard odamgina qila oladi, bu kotta mas'uliyat talab qiladigan ishdir

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Yanvar 2010, 07:18:40

Bola asrab olishga munosabatingiz?
Siz hich bolalar uyida bo’lganmisiz?
Bolalar uyidagi bolajonlarni ko’zlariga hich boqqanmisiz?
O’z farzandlarini bolalar uyiga tashlab ketgan ota-onalarga munosabatingiz?
Siz bu haqida hich o’ylab ko’rganmisiz?
Faraz qiling, Alloh taolo sizga farzand ato qilgan, lekin shu holda ham farzand boqib olarmidingiz?
Bu boradagi sizning shaxsiy fikringiz man uchun qiziq"¦


Bola asrab olishga munosabatim ijobiy.

Afsuski bolalar uyida bo'lmaganman...

O'z farzandini bolalar uyiga tashlab ketgan ota-onalarga esa Alloh banda uchun eng qiyini VIJDON azobi bn xatolarini anglatishini xohlardim.
Mana shuni o'zi yetarli manimcha.

Bola boqib olish haqida ko'p o'ylayman juda ko'p....

InshaAlloh shunday niyatim ham yo'q emas...Nasib qilsa hayrli bo'lsa 1 emas bir nechta bolani o'zimning tarbiyamga olishni xohlayman.


Bolaligimda TVda qandaydur bir ko'rsatuvda Amerikalikmidi yoki boshqa millat vakilimidi urishda yetim qolgan... ota-onasidan nimadur sabab ajrab qolgan 100 ortiq bolani asrab olgan ekan.
U bolalar katta bo'lib hammasi oilali, bola-chaqa, ish-joyli bo'lishganini ko'rsatgandi.
Mana shu narsa manga qattiq ta'sir qilib, yoshligimdan manham 1 emas bir nechta bola asrab olaman dirdim  :D

InshaAlloh nasib qilsa imkonim va vaziyatimga qarab DETDOM dagi 1 bo'lsaham bolaga yaxshi tarbiya bera olsam man baxtiyor bo'laman.
Yetimlarga ga'mho'rlik qilgan ummat haqida Rasululloh  :sw: ikki barmoqlarini juftlab Jannatda birga bo'lishlarini aytganlarining o'zi kifoya.

"O'gay ona" kitobini o'qib bu fikrim yanada mustahkamlandi

Qayd etilgan


Akbarjоn  24 Yanvar 2010, 00:42:56

:as:
Bu savollar berilganiga ancha vaqt bo'lgan bolsada baribir javobberishga xarakat qilib ko'ramiz
Iqtibos

Bola asrab olishga munosabatingiz?
Bola asrab olishga munosabatimiz ijobiy, ammo adolat qilishdan qo'rqsa bunday qilinmagani ma'qul
Iqtibos

Siz hich bolalar uyida bo’lganmisiz?
Qariyalar uyida bo'lganman, ammo bolalar uyida bo'lmaganman
Iqtibos

Bolalar uyidagi bolajonlarni ko’zlariga hich boqqanmisiz?
xa qaraganman, ularning ko'zida umidsizlik, nafrat ishonchsizlikni ko'rganman. 3 taga yaqin bolada
Iqtibos

O’z farzandlarini bolalar uyiga tashlab ketgan ota-onalarga munosabatingiz?
Astag'firlloh, tilim ojis biron ima deyishga...
Iqtibos

Siz bu haqida hich o’ylab ko’rganmisiz?
Faraz qiling, Alloh taolo sizga farzand ato qilgan, lekin shu holda ham farzand boqib olarmidingiz?

Agar shu bolani men boqib olishim shu bola uchun xayrli bo'lishiga, yaxshi bo'lishiga ishonsam albatta o'ylab ko'rgan va unga rozilik berishi kerak bo'lgan odamlar bilan maslaxatlashgan bo'lardim

U, bu deyishadi yu, ammo yetimhonalarda axvol unchalik xam yaxshi emas, ularga bo'ladigan munosabatlarning xammasi xam samimiy deyib bo'lmaydi, ayniqsa u yerdagi qizlarga qiyinroq, Alloh ularning mushkullarini osson qilsin

Qayd etilgan