Shifobahsh yog'lar  ( 57676 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Ansora  31 Mart 2010, 20:42:08

Anason-Anis aromatik yog'i  (ANISE AROMA)

Rus tilida ma'lumot: http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%90%D0%BD%D0%B8%D1%81

Qorindagi damni ketkazuvchi, me'dadagi hazmsizlikni tuzatib, shishkinlikni yo'q qiladi. İshtaha ochadi. Ona sutini ko'paytiradi. Tselulit muolajasida ishlatiladi. Uyqu keltiruvchi hususiyatga ega. Bolalarda qorin va to'piq qismlarida siyrak shaklda surtiladi.

Foydalanilishi: Kunda 2-10 tomchi orasi oq qandni ustiga yoki 1 stakan suvga 3-5 tomchi tomizilib 3 marotaba ichiladi. Agar bundan ko'p ichilsa bosh aylangandan keyin uyqu keltirishi mumkin.


Qayd etilgan


BelleQizcha  01 Aprel 2010, 03:12:09

Zaytun yog'i foydali.

Qayd etilgan


munisaxon  02 Aprel 2010, 00:34:38

Kapalak opa zaytun yogi`ning haqiqiysini qanday ajrarib olsa bo`ladi, shu haqda ma`lumot bering. Oldindan rahmat

Qayd etilgan


Ansora  02 Aprel 2010, 11:41:57

Kapalak opa zaytun yogi`ning haqiqiysini qanday ajrarib olsa bo`ladi, shu haqda ma`lumot bering. Oldindan rahmat

A.alaykum. Zaytun yog'i haqida Rus va Turk tilida ma'lumotlar:

http://www.ciaocacao.it/vkusn_vybor.htm

http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9E%D0%BB%D0%B8%D0%B2%D0%BA%D0%BE%D0%B2%D0%BE%D0%B5_%D0%BC%D0%B0%D1%81%D0%BB%D0%BE

http://tr.wikipedia.org/wiki/Zeytinya%C4%9F%C4%B1

Keyin siz sotib olayotgan zaytun yog'larini markalarini yoza olasizmi?
Ular qanday shishada joylashgan?

Eng sof zaytun yog'i zaytun ishlab chiqaradigan insonlarda bo'ladi. Chunki shisha, metal idishlarga kirganda bilasiz, ularni saqlanish muddat, 2-3 yil orasida o'zgargani uchun istar-istamas zaytun yog'ini ichiga yaxshi saqlanishi uchun bazi bir moddalar qo'shiladi.

Turkiyaning Ege, Marmara, Oq dengiz va Janubiy Sharqiy qismidagi juda ko'p viloyatlari zaytun daraxti yetishtiriladi.

Menga Balıkesir viloyatining Ayvalık degan nohiyasidan sof zaytun yog'i olib kelishgandi. Yog'ni hidi ham juda boshqacha edi. Ertalablari nonushtada non botirib yeyishga harakat qilardim...
Rahmatli buvimni oshqozonlarida kasallik bor edi, zaytun yog' iste'mol qilganlaridan keyin me'dalari tuzalgan edi....

Zotan zaytun yog'i qiymatli yog' bo'lganligi uchun bu yog'ning sohtasini ishlab chiqarishni insonlar ko'zga olisholmaydi. Eng boshda u rangidan bilinadi. Qolaversa hididan...
Yana savollar bo'lsa marhamat.

Qayd etilgan


elnura  22 Iyul 2010, 17:29:08

Atirgul yog'i - OLEUM ROSA

Jildni taranglashtirib, parvarish qiladi. Allergik kasalliklarda, ekzemali jildlar va ochiq yaralarda ishlatiladi. Makiyajni tozalaydi, homiladorlikdan qolgan dog'larni ketkazadi. Xushbo'y hid berganligi uchun parfumeriyada ishlatiladi.

Foydalanilishi: Jildga massaj shaklida surtiladi.

Eslatma: Qo'l va jildga Shirin bodom yog'i bilan aralashtirib surtishingiz mumkin. Yog'ni surtgandan keyin darrov quyoshga chiqmang, kechqurunlari ishlating.
Atirgul yog`ining shamollash bilan bog`liq hastaliklar, o`pka yalig`lanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. U nafas yo`li shilliq pardalariga tashqi ta`sirlardan foydali, bronx mushaklarini tirishishidan saqlidi. bu yog` vositasidan bronxial astmani davolash mumkin.

Qayd etilgan