Yong‘oq po‘sti, asal yoki uzum shirasidan tayyorlangan sharbat bilan og‘iz bo‘shlig‘i g‘arg‘ara qilinsa, tishning qimirlab qolish holatini tuzatadi.
Tishingizning o‘ng tomoni og‘risa, chap qo‘lingizning tomiriga, aksincha bo‘lsa, o‘ng qo‘lingizning tomiriga qirg‘ichdan o‘tkazilgan sarimsoqni bog‘lang, shunda iztirobli darddan qutilasiz.
Sholg‘om ildizmevasi qirg‘ichdan o‘tkazilib, bir piyola suv bilan 15 daqiqa davomida qaynatiladi. Suzib olingach, sharbati bilan og‘iz bo‘shlig‘i chayiladigan bo‘lsa, zirqirab og‘riyotgan tishga malham bo‘ladi.