Muallif Mavzu: Abdulla Oripov. Saylanma  ( 93857 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Saylanma: Abdulla Oripov
« Javob #300 : 18 Oktyabr 2007, 17:52:55 »
JAZO TOPQUSIDIR...

Birovga yomon so‘z aytsam men agar,
Tushunardim uning javobi qaytsa.
Chidardim o‘zimga sochishsa zahar,
Ginasi bo‘lsa gar yuzimga aytsa.

Kimdir Vataningga tosh otsa biroq,
Begunoh bandalar bag‘rin qilsa qon,
Sharhlab berolmayman bu holni mutloq
Buni tushunmayman aslo, hech qachon.

Senga she’rim yoqmas, kimimdir yoqma
Ayt, ne gunohi bor butun bir xalqning
Bilib qo‘y, bu daryo teskari oqmas,
Senga jazosi bor yaratgan Haqning!
2000 yil, avgust

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Saylanma: Abdulla Oripov
« Javob #301 : 18 Oktyabr 2007, 17:53:07 »
MEN FAQAT...

Men faqat Sen uchun yashadim desam,
Bir oz lof bo‘lardi va bir oz yolg‘on.
Gohi bosganida to‘fon kabi g‘am,
Ko‘zimga ko‘ringay o‘zimdagi jon.

Sensiz ham yashadim desam men agar,
Desamki, sensiz ham tanamda bor jon
Ishongil, bu gapim baridan battar,
Yolg‘on bo‘lar edi, tamoman yolg‘on.
2000 yil, avgust

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Saylanma: Abdulla Oripov
« Javob #302 : 18 Oktyabr 2007, 17:53:16 »
* * *

Me’mor umr bo‘yi hafsala ila
Go‘zal bir imorat ayladi bunyod.
Biroq nogahonda mash’um zilzila
Vayron qildi uni, qildi-ku barbod.

Xuddi shu singari, qurgaymiz biz ham
Umr deb atalmish go‘zal binoni.
Biroq yetib kelar mash’um so‘nggi dam,
Vayron etar uni ajal to‘foni.
2000 yil, avgust

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Saylanma: Abdulla Oripov
« Javob #303 : 18 Oktyabr 2007, 17:53:26 »
* * *

Stadion guvlaydi,
Odam liq to‘la.
Bu yerda xam bo‘lmish turfa til, ovoz.
Ularning barchasin quchib bir yo‘la,
Do‘stim deb atamoq g‘alati bir oz.

Stadion guvlaydi,
Odam liq to‘la.
Faqat Haqqa ayon ular siyrati.
Ularning barchasin so‘kib bir yo‘la,
G’anim demoqlik ham ancha g‘alati.
2000 yil, avgust

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Saylanma: Abdulla Oripov
« Javob #304 : 18 Oktyabr 2007, 17:53:35 »
QADAH

Turibman qo‘limda qadah shu palla,
Demak, jom so‘zimni aytmasam bo‘lmas
Sizga baxt tilashim mumkin baralla,
Lekin baxtli qilish qo‘limdan kelmas.

Tilayman albatta sog‘liq va umr,
Tuhfa qilolmasman lekin ularni.
Tilayman hech so‘nmas ilhom va surur,
Garchand berolmasman bu tuyg‘ularni.

Men faqat siz uchun orttirib alam,
Yo‘lingiz to‘smasman devorga o‘xshab.
G‘alvali dunyoda shuning o‘zi ham,
Mening nazarimda juda katta gap.
2000 yil, oktyabr

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Saylanma: Abdulla Oripov
« Javob #305 : 18 Oktyabr 2007, 17:53:46 »
* * *

Mana bu hikmatga, do‘stim, sol quloq,
Balki senu menga bo‘lgay bir saboq.
Posbonning qovog‘i uyilgan bo‘lsa,
Hatto jannatga ham tortmaydi oyoq.
2000 yil 4 dekabr

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Saylanma: Abdulla Oripov
« Javob #306 : 18 Oktyabr 2007, 17:54:00 »
XAROBAZOR

Dunyoda ming yillik xarobalar ko‘p,
Urushlardan yodgor, sellardan yodgor.
Mozorlar qalashib yotibdi to‘p-to‘p,
Aslida ular ham cho‘ng xarobazor.

Vujudimni teshar yillar shamoli,
Yurak tilka-tilka turfa ozordan.
Bolam, xabar olgin, tutmay zavoli,
Shoir deb atalgan xarobazordan.
2000 yil 4 dekabr

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Saylanma: Abdulla Oripov
« Javob #307 : 18 Oktyabr 2007, 17:54:12 »
O’ZBEKMAN

Yangi bir asrning ostonasi bu,
Yetishdim umrimning qutlug‘ yoshiga.
Tilimda shukrona, dilimda g‘ulu,
Tarix sarkotibin keldim qoshiga:

- Mana, men - O’zbekman, qo‘limda tu
Va barcha a’molim bitilgan kitob.
Shuning ichidadir borim va yo‘g‘im,
Shuning ichidadir men uchun oftob.

O’zbekman, inshoolloh, iymonim butun
Tilim qisiq emas bashariyatdan.
Kimgadir tengdirman, kimdandir ustun
Zuvalam qorilgan samimiyatdan.

O’zbekman, gohida iqbolim kulib,
Gohida o‘zimdan chiqqan ofatim.
Dunyoni olsam-da jahongir bo‘lib,
Go‘dak yig‘isiga yo‘qdir toqatim.

O’zbekman, qanchalik jafo chekmayin,
O’zimga haq bo‘ldim, o‘zimga haqman.
Yashadim yovlarga bo‘yin egmayin,
Bu kun o‘z erkiga erishgan xalqman.

Istiqlol, ketma yurt peshonasidan,
Tole, tark etmagin bizni ilohim.
Mana, yangi asr ostonasidan
O’tdim. Bismillohir rahmonir rohiy
2000

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Saylanma: Abdulla Oripov
« Javob #308 : 18 Oktyabr 2007, 17:54:25 »
NAVRO’Z

Avval yuragingga mo‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Ona bag‘ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
2001

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Sanlanma. Abdulla Oripov
« Javob #309 : 24 Fevral 2010, 08:19:31 »
Saylanma. Abdulla Oripov



Muallif: Abdulla Oripov
Hajmi: 226 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

XXI asr she'riyati: Abdulla Oripov

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 31
Ko'rilgan: 20606
So'nggi javob 09 Fevral 2012, 22:26:56
muallifi Muhammad Sanjar
Abdulla Oripov. Haj daftari. Hikmat sadolari

Muallif HadijaBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 16503
So'nggi javob 30 Sentyabr 2009, 16:20:10
muallifi Hadija
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 3-jild. Tarjimalar

Muallif AbdulAzizBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4470
So'nggi javob 17 Yanvar 2012, 15:12:00
muallifi AbdulAziz
Abdulla Oripov. Ehtiyoj farzandi

Muallif AbdulAzizBo'lim Publitsistika

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4296
So'nggi javob 28 Noyabr 2012, 12:08:17
muallifi AbdulAziz
Abdulla Oripov. Savob

Muallif AbdulAzizBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2321
So'nggi javob 28 Noyabr 2012, 12:22:24
muallifi AbdulAziz