Ahmad Yassaviy hikmatlari eng zo'r hikmatlar.  ( 93186 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Shuhrat_  27 Fevral 2012, 10:58:38

Ahmad Yassaviy ( — 1166-67)
Ilk turk mutasavvifi, yassaviylik
(jahriylik) tariqatining asoschisi,
orifona sheʼriyat boshlovchisi.
Hayot yoʻli
XI-asrning soʻngida Sayram
qishlogʻida (Hozirgi Qozog'iston
territoriyasi)Shayx Ibrohim
oilasida tugʻilgan. Shayx
Arslonbobdan taʼlim olgan.
Buxoroda Yusuf Hamadoniyga
uchinchi xalfa boʻlgan,
shayxlikni Hamadoniyning
toʻrtinchi xalfasi Abduxoliq
Gʻijduvoniyga topshirib, Yassiga
qaytgan. Oltmish uch yoshida
chillaxona qazdirib, «buyuk turk
piri olamdan etakni
silkkan» (Alisher Navoiy).
Yassaviylik tariqatining asoslari
«Faqrnoma» (ayrimlar
Yassaviyga nisbat beradilar),
«Maslakul-orifin», «Lamaʼot»,
«Samaratul-mashoyix»,
«Javohirul-abror» kabi manqaba
va risolalarda aks etgan.
«Devoni hikmat» kitob
shogirdlari tomonidan tartib
berilgan. Unda ilohiy ishq
gʻoyasi va maʼrifiy mazmun
yetakchilik qiladi. Hikmatlar
maʼno va mohiyat eʼtibori bilan
Qurʼoni karim va Muhammad
alayhissalom hadislariga chuqur
bogʻlangan. «Devoni
hikmat»ning 20dan ortiq
nusxalariOʻR FA ShI
jamgʻarmasida saqlanadi. Asar
qoʻlyozmalaridan eng qadimgisi
17 asrga tegishli.

Qayd etilgan


Shuhrat_  27 Fevral 2012, 11:02:26

Yassaviy merosi va tariqati
xorijda L. Massignon, A. Arberri,
M. Smitt, X. Kisling, F. Mayer, A.
Shimmel, R. Xartman, F. Koʻprulu,
J. Trimingem, K. Eraslon, Idris
Shox, Devin Di Uis;Rossiyada A.
Krimskiy, I. Petrushevskiy, E.
Bertels;Oʻzbekistonda Fitrat, A.
[Saʼdiy]], E. Rustamov, B.
Qosimov, I. Haqqulov, N. Hasanov
tomonidan oʻrganilgan.
Qabri Qozogʻistonning Turkiston
shahrida, 14 asrda Amir Temur
tomonidan taʼmirlangan.
Turkistonda Ahmad Yassaviy
nomidagi turk-qozoq universiteti
mavjud.

Qayd etilgan


Shuhrat_  27 Fevral 2012, 11:08:39

...Qul Xoja Ahmad, g'aflat bila
umrung o'tti,
Vo hasrato, ko'zdin, tizdin
quvvat ketti,
Vo vaylato, nadomatni vaqti
yeti,
Amal qilmay, karvon bo'lub
ko'chtim mano.

Qayd etilgan


Shuhrat_  27 Fevral 2012, 11:10:59

Nashr qilingan manbalar
Ahmad Yassaviy. Hikmatlar
(nashrga tayyorl. I Haqqul. — T.:
1991).
Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat
(nashrga tayyorl.
A.Abdushukurov). — T.:1992.
Oʻzbek adabiyoti namunalari
(tuz. prof. Fitrat). — T.: 1928;
Ahmad Yassaviyning yangi
topilgan hikmatlari. «Jahon
adabiyoti» jurn. 2002, № 10.
Ilmiy adabiyot
Fitrat. Ahmad Yassaviy.
«Tanlangan asarlar» (nashrga
tayyorl.H.Boltaboev). 2-jild. — T.:
Maʼnaviyat, 2000;
A.Saʼdiy. Yassaviy kim edi?
(nashrga tayyorl. B.
Doʻstqoraev) -T.: 1994.
E. Rustamov. Ahmad Yassaviy
hikmatlarida tarix va hayot
sadosi. «Oʻzbek tili va adabiyoti»
jurn. 1972, № 4-5;
I.Haqqul. Ahmad Yassaviy. Hayoti
va ijod yoʻli. — T.: 2001.
N.Hasanov. Turkiyada
yassaviyshunoslik. -T.:1999.

uz.wikipedia.org/…Ahmad…

Qayd etilgan