Ahmad Yassaviy hikmatlari eng zo'r hikmatlar.  ( 93153 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Muhammad Amin  09 Avgust 2007, 14:15:22


Bismilloh deb bayon aylab, hikmat aytib
Toliblarg’a durru gavhar sochdim mano
Riyozarni qattiq tortib qonlar yutib
Man daftari soniy so’zin ochdim mano

So’sni aytdim har kim bo’lsa diydor talab
Jonni jonga payvand qilib, rangni ulab
G’arib, faqir etimlarni ko’nglin ovlab
Ko’ngli qattiq haloyiqdan qochdim mano

Qayda ko’rsang ko’ngli siniq marham bo’lg’il
Andoq mazlum yo’lda qolsa hamdam bo’lg’il
Ro’zi mahshar dargoig’a marham bo’lg’il
Moumanlik xaloyiqdan qochdim mano.

G’arib faqir  etimlarni Rasul so’rdi
O’shal kecha me’roj chiqib diydor ko’rdi
Qaytib tushib g’arib etim izlab yurdi
G’riblarni izin izlab  tushdim mano.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Avgust 2007, 14:15:59

Ummat bo’lsang g’ariblarg’a tobe bo’lg’il
Oyat, hadis har kim aytsa some bo’lg’il
Rizqu ro’zi har kim bersa qone’ bo’lg’il
Qone’ bo’lib shavq sharobin ichdim mano

Madinag’a Rasul borib bo’ldi g’arib
G’ariblikda mehnat tortib bo’ldi  habib
Jafo tortib yaratganga bo’ldi qarib
G’arib bo’lib uqbolardin oshdim mano

Oqil ersang g’ariblarning ko’nglin ovla
Mustafodek elni kezib etim kovla
Dunyoparast nojinlardan bo’yin tovla
Bo’yin tovlab daryo bo’lib toshdim mano

Ishq bobini Mavlom ochgach menga tegdi
Tufroq qilib, hozir bo’l deb bo’ynim egdi
Bo’ron sifat malomatning o’qi tegdi
Paykon olib yurak-bag’rim teshdim mano



Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Avgust 2007, 14:16:47

Qudrat birla farmon qildi mavlom bizga
Erda, ko’kda jonlig’ maxluq qolmas ermish
Qobiz qildi Azozilni olam uzra
Aziz jonni olmaguncha qo’ymas ermish

Yoshim meni yosh bo’lar deb aytar erdim
Har ne hosil bo’lsa oz deb aytar erdim
Turluk-turluk davo ishlat qilar erdim
Emdi bildim men aytg’ondek bo’lmas ermish

Dunyo meni mulkim degan sultonlarg’a
Olam molin sonsiz yig’ib olg’onlarg’a
Ayshu ishrat bila mashg’ul bo’lg’onlarg’a
O’lim kelsa biri vafo qilmas ermish

Mag’rur bo’lsang, ey do’st’arim ishrat etib,
Kecha kundiz yolg’on aytib, bexob yotib
Jon olg’uchi kelur ermish bir kun etib
Mundog’ erda g’ofil yursa bo’lmas ermish

Qul Xoja Ahmad o’laringni bila ko’rgil
Oxiratni yarog;ini qila ko’rgil
Borur men deb yo’l boshinda tura ko’rgil
Malakul mavt kelsa fursat qo’ymas ermish.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Avgust 2007, 14:17:57

Munojat ayladi miskin Qul Xoja Ahmad
Ilohi qil bandangni rahmat
G’arib Ahmad so’zi hargiz qarimas
Agar er ostig’a kirsa chirimas
Yana mansux bo’lib ul xor bo’lmas
O’qig’on bandalar bemor bo’lmas
O’qig’ong’a qilurmen anda shafqat
Qiyomat kunida qilg’um shafoat
Xudoyim qilsa inom manga jannat
O’qig’onlarni qilf’ay men shafoat
Tilogi har ne bo’lsa tangri bergay
Muhabbat shavqini ko’ngilg’a solg’ay
Jamolin ko’rsatib parvardigorim
O’zin yo’lg’a solsin biru borim
Xudoyim aylasin mahsharda xurram
Qiyomat kun arig’ zotig’a mahram
Duog’a yori bersa har musilmon
O’lur vaqtida eritgay niri iymon
Meni hikmatlarim olamg’a to’lg’on
Eshitmay har kim o’lsa, qilg’ay armon
Meni hikmatlarim dartlikka darmon
Kishi bo’y eltmasa yl yo’lda qolg’on
Meni hikmatlarim olamda doston
Ruhim kelsa qilur suhbatini bo’ston
Meni hikmatlarim koni hadisdur
Kishi bo’y eltmasa bilg’il habisdur
Meni hikmarlarim farmoni subhon
O’qib uqsang hamama’iyi Qur’on
Meni hikmatlarim olamda sulton
Qilur bir lahzada cho’lni gulistan

Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Avgust 2007, 14:19:06

DAVOMI.

Meni hikmatlarim shavqi muhabbat
Ko’zini yoshida qilg’ay tahorat
Namozig’a Rasululloh imomi
Ani qavmi maloyiklar tamomi
Shikastlik bila qilg’on nomozi
Qabul bo’lg’ay ani haqqi niyozi
Meni hikmatlarim oshiqqa ayting
Dili oynadek sodiqqa ayting
Hama ko’ru karu botini kazzof
Tomom iqlimni kezdim topmadim sof
Meni hikmatlarim sarrofg’a ayting
Xudoyi bokaram vahhobg’a ayting
Adolat podshohi bir oti sodiq
Qilur bir lahzada vaslig’a loyiq
Mani hikmatlarim nodon eshitmas
Vale ko’ngli qaro pandimni olmas
Xatidin bexabar Ollohg’a munkir
Adabsiz beadab dunyoda bepir
Xatini bitsa har kimnasr bitsun
Vale nasri bitib maqsadg’a etsun
Dini, iymoni imoni yo’q, islomi vayron
Qiyomat tongi otsa yo’lda qolg’on
Piru komilni ko’rmay shayxi San’on
Xudo qilmas qobul o’qisa Qur’on
O’zini shayx sinar ko’lbori xoli
Yigirma beshga etmay oni soli
Nasihatlar qilur piru javonni
O’zi fahm etmay yaxshi-yomonni
Inonsun deb meni bir necha beaql
Qilurlar avliyolardin muni naql
Qo’yib domin guzargohlarg’a bepir
Tili makri hiyal, qilg’oni tazvir
Ani makri erur shaytondan a’lo
Qo’par yuzi qaro mahsharda tong-la
Alarni ko’rmangiz yuzini hargiz
Aningdek lanatidin aylang parhez
Zaboni hol ila ummone to’qdim
Haqiqat so’z bila johilni so’kdim
Agar olim bo’lsa jonim tasadduq
Duru gavhar so’zimni eshitib uq
Duru gavhar so’zin olamg’a sochsa
O’qib uqsa kalomihaqni ochsa
O’shal olamg’a jon qurbon qilurmen
Tamomi xonumon ehson qilurmen
Qani olim, qani amal, yoronlar
Xudodan so’zlasa siz jon beringlar
Chin olim yostug’in toshtin yaratdi
Nima uqdi ani olamga aytdi
O’zini ersa bildi haqni bildi
Xudodin qo’riqdiyu insofg’a keldi
Mani hikmatlarim dono eshitsun
So’zim doston qilib maqsadg’a etsun
Mani hikmatlarim bir, piru komil
Qayu banda bo’lsa xudog’a moyil
Mani hikmatlarim xo’blarg’a ayting
Duo-takbir qilib rahmatg’a boting
Mani hikmatlarim piru zabardast
Eshitganlar bo’lur behushu sarmast
Tirik bo’lsa jahonda xor bo’lmas
O’qig’on bandalar bemor bo’lmas
Qiyomatda anga hodi bo’lurmen
Agar dardlig’ bo’lsa doru bo’lurmen
Agar yuz yil umr topsa qarimas
Agar er ostig’a kirsa chirimas
Xudo qilg’ay ani do’zaxdin ozod
Bihishtu jovidonda aylagay shod
Eshitib hikmatimni go’shga olg’on
Ato qilg’ay o’lur vaqtida imon
Yassaviy hikmatin dono eshitsun
Eshitmagan biri hasratda qolsun
Javohir konidin bir nukta olsun
Eshitmagan biri hasratda qolsun
Kishi hikmat eshitsa joni birlan
Chiqar joni ani imoni birlan
Quloqqa olmag’ay bu so’zni nodon
Ani odam dema, ul jinsi hayvon
Xudoyim so’zidin chiqqay bu hikmat
Eshitganga yog’ar bo’roni rahmat
Mani hikmatlarim kim tutsa mahkam
Xudo qilg’ay ani albatta  beg’am
Kirar jannat ichiga shodu xandon
Xudoyim aylagay masruru shodon
Mani hikmatlarim Xaqni sanosi
Mahabbat ahlini dardu davosi
Mani hikmatlarim qandu asaldur
Hama so’zlar ichinda bebadaldur
Mani hikmatlarim inomi olloh,
Sahar vaqti desa astag’furulloh
Ani shayton-lain tutmas yo’lini
Muhammad Mustafo olg’ay qo’lini
Mani hikmatlarim dardsizga aytmang
Bahosiz gavharim nodong’a sotmang
Yassaviy hikmatin qadrig’a etg’il
Xumu ishqdin mayni bir qatra totg’il

Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Avgust 2007, 14:19:35

Beshak biling bu dunyo, barcha eldan o’taro
Inonmag’il moling’a, bir kun qo’ldan ketaro
Ota-ona-qarindosh, qayon ketdi fikr qil
To’rt oyog’liq cho’bin ot bir kun sanga etaro

Dunyo uchun g’am ema, haqdin o’zgani dema,
Kishi molini ema, sirot uzra tutaro.
Ahli ayol, qarindosh, hech kim bo’lmaydir yo’ldosh,
Mardona bo’l g’arib bosh, umring eldek o’taro.

Qul Xoja Ahmad toat qil, umring bilmam necha yil
Asling bilsang, obi gil, yana gilga ketaro.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Avgust 2007, 14:20:09

Eranlar jamol ko’rar darveshlar suhbatinda,
Yoronlar majlisinda, nur yog’ar suhbatinda
Ha tilasa ul bo’lur darveshlar suhbatinda   
Har sirlar zohir bo’lur darveshlar suhbatinda
Har kim suhbatg’a keldi, erandin ulush oldi
Bot keldi, bilish bo’ldi darveshlar suhbatinda
Har kim suhbatg’a keldi, ko’ngliga ma’no to’ldi,
Ashoblar murod topdi darveshlar suhbatinda"¦
Kibru hasadlar o’lar, ichida ma’no to’lar
Ko’z ochib haqni ko’rar darveshlar suhbatinda
Rasulga vahiy keldi, boshindan tojin oldi,
Ko’pdi xodimlik qildi, darveshlar suhbatinda
Qul Xoja Ahmad suhbatda, dam urar munojotda,
Zihi xush saodatda darveshlar suhbatinda.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Avgust 2007, 14:36:36

Oshiq ermas jononaga jon bermasa,
Dehqon ermas ketmon chopib non bermasa,
Munda yig’lab oxiratda jon bermasa,
Yo’lda qolg’on bo’yi xudo olg’oni yo’q.

Ey bexabar, ishq ahlidin bayon so’rma,
Dard istagil, ishq dardiga darmon so’rma,
Oshiq bo’lsang, zohidlardan nishon so’rma,
Bu yo’llarda oshiq o’lsa tovoni yo’q.

Zohid bo’lma, obid bo’lma, oshiq bo’lg’il,
Mehnat tortib ishq yo’lida sodiq bo’lg’il, 
Nafsni tepib dargohig’a loyiq bo’lg’il,
Ishqsizlarning ham joni yo’q, iymoni yo’q.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Avgust 2007, 14:36:57

Olloh yodi ko’ngillarni ravshan qilg’on,
Oshiqlarg’a xudo o’zi va’da qilg’on,
Ishq nasimi Mustofog’a tuhfa qilg’on,
Ul sababdan ko’z yoshimni guvoh qildim.

Olloh aytur oshiqlarim Buroq-suvor,
Haq zikrini aytganlarga rahmat yog’ar,
Ko’p yig’log’on diydorimni beshak ko’rar,
Ro’zi Mahshar diydorimni ato qildim.

Vada qildi oshiqlarg’a yoz ming Buroq,
Olam xalqi malomati anga yiroq.
Bu olamdin el ko’ziga yongan chiroq,
Uqbo ichra yuz ming ko’shklar bino qildim.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Sentyabr 2007, 18:18:53

G’ariblikda g’arib bo’lgan g’riblar
G’ariblar holini bilgan g’ariblar
Sabab birlan yiroq erga boribon
Qarindosh qadrini bilgan g’ariblar
Suvsaganda suvga muhtoj bo’lg’on
Tirikda zor o’lub, o’lgan g’ariblar
Kishi bilmas g’ariblar holi nedur
Kim ul beqadr, ular miskin g’ariblar
Kel emdi Ahmado, o’zingga boqg’il
G’arib san, san, g’arib miskin, g’ariblar.


Qayd etilgan