Ahmad Yassaviy hikmatlari eng zo'r hikmatlar.  ( 93097 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Muhammad Amin  05 Sentyabr 2007, 18:19:41

Necha yillik mehribonim jon aytadur, do’stlarim 
Bu vujudim shahrini fano qiladur, do’stlarim
Bu qafasni to’tisi parvoz qiladur uchgali
Bir qorong’u shulasiz erga boradur, do’stlarim
Ey meni yoronlarim, himmat tuting iymonima
Dushmanim iymonima zaxmat beradur, do’stlarim
Ushbu jon bizlar bilanbir necha yillar bor edi
Haq taolo hukmi birlan azm etadur, do’stlarim
Bu meni az’zolarim jonim bilan shodmon edi
Jon chiqarga qo’l-a’zom ham titrashadur, do’stlarim
Amri Haqqa barcha xalqi olaming bo’ldi rizo
Ul haqiqatli bandalar doim rizodur, do’stlarim
Qul Xoja Ahmad to’tisi parvoz etadur uchgali
Naylasin ul miskinkimhukmi xudodur, do’stlarim

Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Sentyabr 2007, 12:06:39

Vaxdat xumi ochildi, mayxonaga kirdim men
Bir jom ichib shul maydan masdu hayron bo’lsam men
O’shal mayning mazasi ich bag’rimni qon qildi
Bag’rim qonin oqizib jonon sori borsam men
Soqi so’ndi har nafas kayfiyatning sharobin
Sarmast bo’lib o’shal dam nola-faryod ursam men"¦
Ul daryoning mavjidin tegma g’avvos dur olmas
Jondin kechib dur uchun bahr qa’rig’a cho;ksam men
Xoja Ahmadning xumida muhabbatning sharobi,
Oshiqlarg’a shul maydin murodincha bersam men


Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Sentyabr 2007, 12:06:58

Ishq davosin manga qilma yolg’on oshiq
Oshiq bo’lsang bag’ring ichra ko’z qoni yo’q
Muhabbatni shavqi birla jon bermasa
Zoye kechar umrioni, yolg’oni yo’q

Ishq bog’ini mehnat tortib ko’kartmasang
Xorliq tortib shom nafsingni o’ldirmasang
Olloh debon ichga nurni to’ldirmasang
Valloh billoh senda ishqning nishoni yo’q

Haq zikrini mag’zi jondin chiqarmasang
Uch yuz oltmish tomirlaring tebratmasang
To’rt yuz qirq to’rt so’ngaklaring qul qilmasang
Yolg’onchidir haqqi oshiq bo’lg’oni yo’q.

Nafsdin kechib qanoatni pesha qilg’on
Har kim topsa, rozi bo’lib, bo’yin sing’on
Yaxshilarga xizmat qilib duo qilg’on
Andoq oshiq mahshar kuni armoni yo’q

Ishq dardini bedartlarga aytib bo’lmas
Bu yo’llarda uqbosi ko’p, o’tib bo’lmas
Ishq gavharin har nomardga sotib bo’lmas
Bexabarlar ishq qadrini bilg’oni yo’q.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Sentyabr 2007, 12:07:56

Muhabbatni jomin ichgan devonalar
Qiyomat kun o’t og’zidan sochar, do’stlar
Qudrat birlan yaratilg’on etti tomug’
Oshiqlarni na’rasidan qochar, do’stlar

Do’zax yig’lab dod aylagay xudoyig’a
Toqatim yo’q oshiqlarni bir oxig’a
Qochib borg’ay haq taolo panohig’a
Oshiqlarni yoshi birlan o’char, do’stlar

Oshiqlarning ishiq do’konin borsa ko’rib
Yoshin ochib, ko’ksin ochib, yuzin surib
Inshoolloh, do’zax qochgay andin qo’rqib
Etti osmon toqat qilmay ko’char, do’stlar

Rahmon egam soqi bo’lib may ichursa
Ahlu ayol xonumondin pok kechursa
Vujudimdin Azozilni haq qochursa
Jurmu isyon girihlarin, ochar do’stlar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Sentyabr 2007, 12:08:24

Ishq bobini haq yuziga vo aylasa
Xos ishqini ko’ngil ichra jo aylasa
Lutf aylasa iki olam shoh aylasa
Oshiqlari haq zorig’a uchar, do’stlar

Subhon egam bir qatra may qilsa in’om
Zikri sirni ayta-ayta qilsam tamom
Huru g’ulmon jumla malik anga g’ulmon
Uchmox ichra harir to’nlar bichar, do’stlar

Olloh debon go’rdan qopsa olam kuyar
Xos bandam deb rahmon egam yolg’iz suyar
Yosh o’rnig’a qonim to’kib yuzni bo’yar
Hamdin aytib shayton lain qochar do’stlar

Men aytmadim Olloh o’zi vada qildi
Yo’lsiz edim lutf aylabon yo’lga soldi
G’arib bo’lib nola qildimqo’lim oldi
Andoq oshiq shavq sharobin ichar, do’stlar

Qul Xoja Ahmad, ishqsizlarni ishi dushvor,
Tongla borsa haq ko’rsatmas anga diydor.
Arshu kursi, lavhu qalam qama bezor,
Ishqsizlarg’a do’zax bobin ochar, do’stlar. 
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Sentyabr 2007, 12:14:23

Men sizlarga mana shu har bir hikmatni o'qishlaringizni so'rardim. Har bir hikmat insonlar uchun o'rnak bo'ladi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  29 Noyabr 2007, 13:22:52

Bismilloh deb bayon aylay hikmat aytib,
Toliblarg’a durru gavhar sochtim mano.
Riyozatni qottig’ tortib, qonlar yutub,
Men daftari soniy so’zin ochtim mano.

So’zni aydim harkim bo’lsa diydor talab,
Jonni jong’a payvand qilib, ragni ulab,
G’arib, yetim, faqirlarni ko’nglin siylab,
Ko’ngli butun xaloyiqdin qochtim mano.

Qayda ko’rsang, ko’ngli sinuq marham bo’lg’il,
Andog’ mazlum yo’lda qolsa, hamdam bo’lg’il.
Ro’zi mahshar dargogiga mahram bo’lg’il,
Movumanlik xaloyiqdin qochtin mano.

G’arib, faqir, yetimlarni Rasul so’rdi,
O’shal tuni Me’roj chiqib diydor ko’rdi,
Qaytib tushub g’arib, faqir holing so’rdi,
G’ariblarni izin izlab tushtum mano.

Ummat bo’lsang, g’ariblarg’a tobe’ bo’lg’il,
Oyat, hadis har kim aytsa, some’ bo’lg’il,
Rizqu ro’zi harna bersa, qone’ bo’lg’il,
Qone’ bo’lub, shavq sharobin ichtim mano.

Madinaga Rasul borib, bo’ldi g’arib,
G’ariblig’da mehnat tortib, bo’ldi habib,
Jafo tortib, yaratqang’a bo’ldi qarib,
G’arib bo’lub, uqbolardin oshtim mano.

Oqil ersang, g’ariblarni ko’nglin ovla,
Mustafodek elni kezib, yetim kovla,
Dunyoparast, nojinslardin bo’yun tovla,
Bo’yun tovlab, daryo bo’lub toshtim mano.

Ishq bobini Mavlom ochqach menga tegdi,
Tufroq qilib, hozir bo’l, deb bo’ynum egdi,
Boron sifat malomatni o’qi tegdi,
Paykon olib, yurak-bag’rim teshtim mano.

Ko’nglum qottig’, tilim achchig’, o’zum zolim,
Qur’on o’qub amal qilmay, yolg’on olim,
G’arib jonim sarf aylayin, yo’qtur molim,
Haqdin qo’rqub, o’tga tushmay, pishtim mano.

Oltmish uchga yoshim yetti, o’ttum g’ofil,
Haq amrini mahkam tutmay, o’zum johil,
Ro’za, namoz qazo qilib, bo’ldum kohil,
Yomon izlab, yaxshilardin kechtim mano.

Vo darig’o, muhabbatni jomin ichmay,
Ahli ayol, xonumondin tugal kechmay,
Jurmu isyon girihlarin munda chechmay,
Shayton g’olib, jon berarda shoshtim mano.

Imonima changal urub, qildi g’amnok,
Piri mug’on hozir bo’l, deb sochti taryok,
Shayton la’in mendin qochib ketti bepok,
Bihamdilloh, nuri imon ochtim mano.

Piri mug’on xizmatida yugrub yurdum,
Xizmat qilib, ko’zim yummay hozir turdum,
Madad qildi, Azozilni qavlab surdum,
Ondin so’ngra qanot qoqib uchtim mano.

G’arib, faqir, yetimlarni qilgin shodmon,
Halqalar qilib aziz joning ayla qurbon,
Taom tobsang, joning birla qilgil mehmon,
Haqdin eshtib bu so’zlarni aydim mano.

G’arib, faqir, yetimlarni har kim so’rar —
Rozi bo’lur ul bandadin parvardigor,
Ey bexabar, sen bir sabab, o’zi asror,
Haq Mustafo pandin eshtib, aydim mano.

Yeti yoshda Arslonbobg’a qildim salom:
"œHaq Mustafo amonatin qiling in’om",
O’shal vaqtda ming bir zikrin qildim tamom,
Nafsim o’lub, lomakong’a oshtim mano.

Hurmo berib, boshim silab, nazar qildi,
Bir fursatda uqbo sari safar qildi,
Alvido, deb bu olamdin guzar qildi,
Maktab borib, qaynab, jo’shub-toshtim mano.

"œInno fatahno"no o’qub, ma’no so’rdum,
Partav soldi, bexud bo’lub, diydor ko’rdum,
Mullom urub, "œuskut" dedi, boqib turdum,
Yoshim sochib, muztar bo’lub turdim mano.

Ayo nodon, ma’no bul, deb aydi, bildim,
Ondin so’ngra cho’llar kezib, haqni suydum,
Ro’zi qildi, Azozilni tutub mindim,
Langar tugub, belin bosib yanchtim mano.

Zikrin tamom qilib, o’ttum devonaga,
Haqdin o’zga hech so’zlamay begonaga,
Sham’in izlab, shogird kirdim parvonaga,
Axgar bo’lub, kuyub-yonib o’chtim mano.

Nomu nishon hech qolmadi, lo-lo bo’ldum,
Alloh yodin oyta-oyta illo bo’ldum,
Xolis bo’lub, muxlis bo’lub, lilloh bo’ldum,
"œFano filloh" maqomig’a oshtim mano.

Sunnat ermish, kofir bo’lsa, berma ozor,
Ko’ngli qottig’, dil ozordin Xudo bezor,
Alloh haqi, ondog’ qulg’a sijjin tayyor,
Donolardin eshitib, bu so’z aydim mano.

Sunnatlarin mahkam tutub, ummat bo’ldim,
Yer ostiga yolg’iz kirib, nurg’a to’ldum,
Haqparastlar maqomig’a mahram bo’ldum,
Botin tig’i birla nafsni yanchtim mano.

Nafsim meni yo’ldun urub, xor ayladi,
Termulturub xaloyiqg’a zor ayladi,
Zikr ayturmay, shayton birla yor ayladi,
Hozirsen, deb nafs boshini sonchtim mano.

Qul Xoja Ahmad, g’aflat bila umrung o’tti,
Vo hasrato, ko’zdin, tizdin quvvat ketti,
Vo vaylato, nadomatni vaqti yeti,
Amal qilmay, karvon bo’lub ko’chtim mano.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  29 Noyabr 2007, 13:23:18

Qudrat birlan Haqdin sizga farmon bo'ldi,
Tubsiz tengiz ichra yolg'uz tushtum, do'stlar.
Ul tengizga O'g'onizim farmon qildi,
Bihamdilloh, sog'-salomat chiqtim, do'stlar.

Yoshim yetti, umrum ketti, ko'kka uchtum,
Bag'rim toshti, aqlim shoshti, yerga tushtum,
Nafsu shayton xayli birlan ko'p urushtum,
Sabru rizo maqomotin oshtum, do'stlar.

To'qquzumda tugal tuzdum, to'kunmadum,
O'n yoshimda o'ng yog'imga o'rgulmadim,
O'n birimda o'z nafsimga zobit bo'ldum,
Faqru rizo maqomotin kechtim, do'stlar.

O'n ikkimda barcha arvoh kalom qildi,
Hurlar qarshu kelib, menga salom qildi,
Sir sharbatin soqiy bo'lub, menga sundu,
Oni olib adab birlan ichtim, do'stlar.

O'n uchumda g'avvos bo'lub, daryo cho'mdim,
Ma'rifatni gavharini sirdin terdim,
Sham'in ko'rub parvonadek o'zum urdum,
Behish bo'lub aqlim ketti, shoshtim, do'stlar.

O'n to'rtumda tufroq sifat xorlig' torttim,
Hu-hu teyu boshim birlan tunlar qottim,
Ming oltunlik qiymatini birga sottim,
Ondin so'ngra qanot tutub uchtim do'stlar.

O'n beshimda dargohingga yonib keldim,
Yozuq birlan har ish qildim, xato qildim,
Tavba qilib Haqqa bo'yun sunub keldim,
Tavba qilib yozuqlardin qochtim, do'stlar.

Jabrail vahiy kelturdi haq Rasulg'a,
Oyat keldi, zikr etgin, deb juzvu kullg'a,
Xizr bobom soldi meni ushbu yo'lg'a,
Onding so'ngra daryo bo'lub toshtim, do'stlar.

Shariatning bo'stonida javlon qildim,
Tariqatning gulzorinda sayron qildim,
Haqiqatdin qanot tutub tayron qildim,
Ma'rifatning eshigini ochtim do'stlar.

"Alast" xamrin piri mug'on tuyo berdi,
Icha berdim, miqdorimcha quyoberdi,
Qul Xoja Ahmad, ichim-toshim kuyoberdi,
Toliblarga durru gavhar sochtim, do'stlar.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  29 Noyabr 2007, 13:23:46

Ayo do'stlar, quloq soling aydug'umga,
Na sababdin oltmish uchta kirdim yerga,
Me'roj uzra haq Mustafo ruhum ko'rdi,
Ul sababdin oltmish uchta kirdim yerga.

Haq Mustafo Jabraildin qildi savol:
"Bu nechuk ruh tanga kirmay tobti kamol.
Ko'zi yoshlig', halqa boshlig', qaddi hilol".
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Jibril aydi: "Ummat ishi sizga barhaq,
Ko'kka chiqib, maloikdin olur sabaq,
Nolishiga nola qilur haftum tabaq",
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Farzandim, deb haq Mustafo qildi kalom,
Ondin so'ngra barcha arvoh qildi salom,
Rahmat daryo to'lub tosh, deb yetti payom,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Rahm ichra paydo bo'ldum, nido keldi,
Zikr ayt, dedi, badanlarim junbush qildi,
Farzandim, deb haq Mustafo ulush berdi,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

To'rt yuz yildin keyin chiqib, ummat bo'lg'ay,
Necha yillar yurub, xalqqa yo'l ko'rguzgay,
O'n to'rt ming mujtahidlar xizmat qilg'ay,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

To'qquz oyu, to'qquz kunda yerga tushtum,
To'qquz soat turolmadim, ko'kka uchtum,
Arshu Kursi poyasini borib quchtum,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Arsh ustida namoz o'qub, tizzam buktum,
Rozi aytib, Haqqa boqib yoshim to'ktum,
Yolg'on oshiq, yolg'on so'fi ko'rdim so'ktum,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Jondin kechmay, hu-hu degan bori yolg'on,
Bu qiltoqdin so'rmang savol, yo'lda qolg'on,
Haqni tobqan o'zi pinhon, so'zi pinhon,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Bir yoshimda arvoh menga ulush berdi,
Ikki yoshda payg'ambarlar kelib ko'rdi,
Uch yoshimda chiltan kelib holim so'rdi,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

To'rt yoshimda haq Mustafo berdi xurmo,
Yo'l ko'rsattim, yo'lg'a kirdi necha gumroh,
Qayda borsam, Xizr bobom menga hamroh,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Besh yoshimda belib bog'lab, toat qildim,
Tatavvu' ro'za tutub, odat qildim,
Kecha-kunduz zikrin aytib, rohat qildim,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Yetti yoshda Arslon bobom izlab tobti,
Har sir ko'rub, parda birla bukub yobti,
Bihamdulloh, ko'rdum, dedi, izim o'pti,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Qobiz kelib Arslon bobom jonin oldi,
Hurlar kelib harir to'ndin kafan qildi,
Yetmish ming farishtalar yig'ilib keldi,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Janozasin o'qub, yerdin ko'tardilar,
Bir fursatda ujmoh ichra yetkurdilar,
Ruhil olub, iliyinga kirgizdilar,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Alloh, Alloh, yer ostida vatan qildi,
Munkar, Nakir "Man rabbuk" deb so'rug' so'rdi,
Arslon bobom islomidin bayon qildi,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Oqil ersang, eranlarg'a xizmat qilg'il,
"Amri ma'ruf" qilg'anlarni izzat qilg'il,
"Nahi munkar" qilg'anlarni hurmat qilg'il,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Sekkizimda sekiz yondin yo'l ochildi,
Hikmat ayt, deb boshlarimg'a nur sochildi,
Bihamdulloh, piri mug'on may ichurdi,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Piri mug'on haq Mustafo beshak biling,
Qayda borsang vasfin aytib ta'zim qiling,
Durud aytib, Mustafog'a ummat bo'ling,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

To'qquzimda to'lg'onmadim to'gri yo'lg'a,
"Tabarruk", deb olib yurdi qo'ldin qo'lg'a,
Quvonmadim bu so'zlarg'a, qochtim cho'lg'a,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

O'n yoshingda o'g'lon bo'lding, qul Xoja Ahmad,
Xojalikka bino qo'yub, qilmay toat,
Xoja men, deb yo'lda qolsang, voy, ne hasrat,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.



Qayd etilgan


Muhammad Amin  29 Noyabr 2007, 13:24:10

Har subhidam nido keldi qulog'img'a,
Zikr ayt, dedi, zikrin aytib yurdum mano,
Ishqsizlarni ko'rdum ersa yo'lda qoldi,
Ul sababdin ishq do'konin qurdim mano.

O'n birimda rahmat daryo to'lub toshti,
"Alloh" dedim, shayton mendin yiroq qochti,
Hoyu havas, movumanlik turmay ko'chti,
O'n ikkimda bu sirlarni ko'rdum mano.

O'n uchimda nafx, havoni qo'lg'a oldim,
Nafs boshig'a yuz ming balo qormab soldim,
Takabburni oyog' ostida bosib oldim,
O'n to'rtumda tufroq sifat bo'ldim mano.

O'n beshimda huru g'ilmon qarshi keldi,
Boshin urub, qo'l qovshurub, ta'zim qildi,
Firdavs otlig' jannatidin mazhar keldi,
Diydor uchun barchasini qo'ydim mano.

O'n oltimda borcha arvoh ulush berdi,
Hay-hay sizga muborak, deb odam keldi,
Farzandim, deb bo'ynum quchub, ko'nglim oldi,
O'n yettimda Turkistonda turdim mano.

O'n sakkizda chiltan bila sharob ichtim,
Zikrin aytib, hozir turub, ko'ksum teshtim,
Ro'zi qildi, jannat kezib, hurlar quchtim,
Haq Mustafo jamollarin ko'rdim mano.

O'n to'qquzda yetmish maqom zohir bo'ldi,
Zikrin aytib, ichu toshim tohir bo'ldi,
Qoyda borsam, Xizr bobom hozir bo'ldi,
G'avs-ul-g'iyos may ichurdi, to'ydim mano.

Yoshim yetti yigirmaga, o'tdim maqom,
Bihamdilloh, pir xizmatin qildim tamom,
Ul sababdin Haqqa yovuq bo'ldim mano.
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

Mo'min ermas - hikmat eshtib yig'lamaydur,
Eranlarni aytgan so'zin tinglamaydur,
Oyat, hadis, go'yo Qur'on onglamaydur,
Bul rivoyat Arsh ustida ko'rdim mano.

Rivoyatni ko'rub Haq-la, so'zlashtim men,
Yuz ming turluk maloyikg'a yuzlashtim men,
Ul sababdin Haqni so'zlab, izlashtim men,
Jonu dilim anga fido qildim mano.

Qul Xoja Ahmad, yoshing yetti yigirma bir,
Ne qilg'aysen, gunohlaring tog'din og'ir,
Qiyomat kun g'azab qilsa, Rabbim qodir,
Ayo do'stlar, nechuk javob aytgum mano.



Qayd etilgan