Ahmad Yassaviy hikmatlari eng zo'r hikmatlar.  ( 93140 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Muhammad Amin  29 Noyabr 2007, 13:24:41

Xush g'oyibdin qulog'img'a ilhom keldi,
Ul sababdin Haqqa sig'nib keldim mano,
Borcha buzruk yig'lib kelib in'om berdi,
Ul sababdin Haqqa sig'nib keldim mano.

Men yigirma ikki yoshda fano bo'ldum,
Marham bo'lub, chin dardlikka davo bo'ldum,
Yolg'on oshiq, chin oshiqg'a guvoh bo'ldum,
Ul sababdin Haqqa sig'nib keldim mano.

Ayo do'stlar, yoshim yetti yigirma uch,
Yolg'on da'vo toatlarim, borchasi puch,
Qiyomat kun na qilg'aymen barahna luch,
Ul sababdin Haqqa sig'nib keldim mano.

Man yigirma to'rtqa kirdim Haqdin yiroq,
Oxiratqa borur bo'lsam, qoni yaroq,
O'lganimda yig'lib urung yuz ming tayoq,
Ul sababdin Haqqa sig'nib keldim mano.

Janozamni orqasidan toshlar oting,
Oyoqimdin tutub sudrab go'rga elting,
Haqqa qulluq qilmading, den yanchib tefing,
Ul sababdin Haqqa sig'nib keldim mano.

Yozuq bilan yoshim yetti yigirma besh,
Subhon egam, zikr o'rgatib, ko'ksumni tesh,
Ko'ksumdagi girihlarim sen o'zung yesh,
Ul sababdin Haqqa sig'nib keldim mano.

Men yigirma olti yoshda savdo qildim,
Mansur sifat diydor uchun g'avg'o qildim,
Pirsiz yurub, dardu holat paydo qildim,
Ul sababdin Haqqa sig'nib keldim mano.

Men yigirma yetti yoshda pirni tobtim,
Harna ko'rdum, parda birla sirni yoftim,
Ostonasin yostanibon iziz o'ptim,
Ul sababdin Haqqa sig'nib keldim mano.

Men yigirma sakiz yoshda oshiq bo'ldum,
Kecha yotmay, mehnat tortib, sodiq bo'ldum,
Ondin so'ngra dargohiga loyiq bo'ldum,
Ul sababdin Haqqa sig'nib keldim mano.

Bir kam o'ttuz yoshqa kirdim holim xarob,
Ishq o'tida bo'lolmadim misli turob,
Holim xarob, bag'rim kabob, ko'zum purob,
Ul sababdin Haqqa sig'nib keldim mano.

O'ttuz yoshda o'tun qilib kuydurdilar,
Jumla buzruk yig'lib dunyo qo'ydurdilar,
Urub, so'kub, dunyo uqbin qo'ydurdilar,
Ul sababdin Haqqa sig'nib keldim mano.

Qul Xoja Ahmad, dunyo qo'ysang ishing bitar,
Ko'ksungdagi chiqqan ohing Arshqa yetar,
Jon berarda haq Mustafo qo'lung tutar,
Ul sababdin Haqqa sig'nib keldim mano.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  29 Noyabr 2007, 13:25:09

Yo ilohim, hamding birla hikmat ayttim,
Zoti ulug' Xojam, sig'nib keldim sango,
Tavba qilib, gunohingdin qo'rqub qayttim,
Zoti ulug' Xojam, sig'nib keldim sango.

Qirq birimda ixlos qildim yo'l topay deb,
Eranlardin har sir ko'rsam men yopay deb,
Piri mug'on izin olib men o'pay deb,
Zoti ulug' Xojam, sig'nib keldim sango.

Qirq ikkimda tolib bo'lub, yo'lg'a kirdim,
Ixloq qilib, yolg'uz Haqqa ko'ngil berdim,
Arshu Kursi, Lavhdin o'tub, Qalam kezdim,
Zoti ulug' Xojam, sig'nib keldim sango.

Qirq uchumda Haqni izlab nola qildim,
Ko'z yoshimni oqquzubon jola qildim,
Biyobonlar kezib, o'zum vola qildim,
Zoti ulug' Xojam, sig'nib keldim sango.

Qirq to'rtumda muhabbatni bozorinda,
Yaqam tutub yig'lab yurdum gulzorinda,
Mansur sifat boshim berib ishq dorinda,
Zoti ulug' Xojam, sig'nib keldim sango.

Qirq beshimda sendin hojat tilab keldim,
Tavba qildim, har ish qildim, xato qildim,
Yo ilohim, rahmatingni ulug' bildim,
Zoti ulug' Xojam, sig'nib keldim sango.

Qirq oltimda zavqu shavqim to'lub-toshti,
Rahmatingdin qatra tomdi, shayton qochdi,
Haqdin ilhom rafiq bo'lub, bobin ochti,
Zoti ulug' Xojam, sig'nib keldim sango.

Qirq yettimda yetti yoqdin ilhom yetti,
Soqiy bo'lub jomi sharob Xojam tutti,
Shayton kelib nafs havoni o'zi yutti,
Zoti ulug' Xojam, sig'nib keldim sango.

Qirq sakkizda aziz jondin bezor bo'ldum,
Gunoh dardi kasal qildi, bemor bo'ldum,
Ul sababdin Haqdin qo'rqub, bedor bo'ldum,
Zoti ulug' Xojam, sig'nib keldim sango.

Qirq to'qquzda ishqing tushdi, kuyib-yondim,
Majnun sifat xayli xeshdin qochib, tondim,
Turluk-turluk jafo tegdi, bo'yun sundum,
Zoti ulug' Xojam, sig'nib keldim sango.

Elligimda ermen, dedim, fe'lim za'if,
Qon to'kmadim ko'zlarimdin bag'rim ezib,
Nafsim uchun yurar edim itdek kezib,
Zoti ulug' Xojam, sig'nib keldim sango.

Qul Xoja Ahmad, er bo'lmasang o'lgan yaxshi,
Qizil yuzung qaro yerda so'lgan yaxshi,
Tufroq sifat yer ostida bo'lgan yaxshi,
Zoti ulug' Xojam, sig'nib keldim sango.



Qayd etilgan


Muhammad Amin  29 Noyabr 2007, 13:25:30

Subhi sodiq dushanbada dun yerga kirdim,
Mustafoga motam tutub kirdim mano.
Oltmish uchda sunnat dedi, eshtib bildim,
Mustafoga motam tutub kirdim mano.

Yer ustida yoronlarim motam tutti,
Olam hamma "Sultonim", deb na'ra tortti,
Haqti tobqan chin so'filar qonlar yutti,
Mustafoga motam tutub kirdim mano.

Alvido, deb yer ostig'a qadam qo'ydum,
Yorug' dunyo harom qilib, Haqni suydum,
Zikrin aytib, yolg'uz o'lub, yolg'uz kuydum,
Mustafoga motam tutub kirdim mano.

"Toho" o'qub, tun kechalar qoyim bo'ldum,
Kecha namoz, kunduzlari soyim bo'ldum,
Bu hol birla yer ostida doyim bo'ldum,
Mustafoga motam tutub kirdim mano.

Oltmish kecha, oltmish kunduz bir yo'l taom,
Tong otquncha namoz o'qub, bir yo'l salom,
Oltmish uchda bo'ldi umrim oxir, tamom,
Mustafoga motam tutub kirdim mano.

Haq Mustafo ruhi kelib bo'ldi imom,
Jumla malak yer ostida bo'ldi g'ulom,
Ko'b yig'ladim, haq Mustafo berdi in'om,
Mustafoga motam tutub kirdim mano.

Me'roj tuni, nuri diydam, farzand, dedi,
Qo'lub tutub, ummatimsen, ummat, dedi,
Sunnatimni mahkam tutqil, dilband, dedi,
Mustafoga motam tutub kirdim mano.

Qiyomatda yo'l odashsang, yo'lg'a solay,
M u h a m m a d, deb tashna bo'lsang qo'lung olay,
Farzandim, deb ilking tutub jannat kiray,
Mustafoga motam tutub kirdim mano.

Ey yoronlar, bu so'z eshtib shavqim ortdi,
Ummat, dedi, ichu-toshim nurga botdi,
Partav solib, diydorini Haq ko'rsatdi,
Mustafog'a motam tutub kirdim mano.

Diydor ko'rub, ruhum uchub, Arshqa qo'ndi,
Muso sifat vujudlarim kuyub yondi,
Majnun sifat xayli xeshdin qochib tondi,
Mustafog'a motam tutub kirdim mano.

Yer ostida xorlig' torttim, ko'b mashaqqat,
To'shak, yostuq toshdin qilib, chektim mehnat,
Ey yoronlar, bu dunyoda yo'q farog'at,
Mustafog'a motam tutub kirdim mano.

To mashaqqat tortmaguncah vasli qayda,
Xizmat qilmay, dardi holat bo'lmas paydo,
Jonu dilni to qilmasang Haqqa shaydo,
Mustafog'a motam tutub kirdim mano.

Yer ostig'a kirdim ersa bexud bo'ldum,
Ko'zum ochib, Mustafoni hozir ko'rdum,
Osiy, jofiy ummatlarni holin so'rdum,
Mustafog'a motam tutub kirdim mano.

Ayo farzand, mendin so'rsang qoni ummat,
Ummat, dedi, ko'ksum to'la dog'i hasrat,
Ummat uchun ko'b tortamen Haqdin kulfat,
Mustafog'a motam tutub kirdim mano.

Ummatlarim yozuqlarin har juma kech,
Olib kelgay, yo Muhammad, sen muni chech,
Toki yig'lab sajda aylay, tangrig'a kech,
Mustafog'a motam tutub kirdim mano.

Har juma kech ummatlarni gunohini,
Olib kelgan, yo Muhammad, ko'rgil muni,
Ummatlaring nalar qilur, Ahmad, seni,
Mustafog'a motam tutub kirdim mano.

Men malakdin sharm olurmen, ey ummatim,
Yaratqandin qo'rqmasmusen, past himmatim,
Kecha yotmay, toat qilsang xush davlatim,
Mustafog'a motam tutub kirdim mano.

Yer ostig'a kirdim, do'stlar, beixtiyor,
Omin, denglar olu ashob ham chahoryor,
Ummatlarni jurmin kechgil, Parvardigor,
Mustafog'a motam tutub kirdim mano.

Qul Xoja Ahmad, men daftari soniy ayttim,
Ikki olam ishratlarin mayga sottim,
O'lmas burun jon achchig'in zahrin tottim,
Mustafog'a motam tutub kirdim mano.



Qayd etilgan


Muhammad Amin  29 Noyabr 2007, 13:25:55

MUHABBATNING BO'STONIDA

Muhabbatni bo'stonida hazor dosdton,
Bulbullari sayrab anda afg'on qilur.
Ma'rifatni maydonida javlon qilg'on
Kecha-kunduz ko'z yoshini ummon qilur.

Ul bulbulni ovozini eshitg'onlar,
Takabburni tog'in kesib ushotg'onlar,
Bu dunyoni mazzasini unutg'onlar
Faryod urub,yig'lab ko'zin giryon qilur.

Oshiq qullar bu dunyoni ko'zga ilmas,
Dunyo ishqin zohid qullar tilga olmas,
Kecha-kunduz mastu hayron - o'zga kelmas,
Diydor tilab,ko'ksin teshib nolon qilur.

Vo darig'o, kechti umrim, to'ymay qoldim,
Rohilasiz yo'lg'a kirib,horib qoldim,
Himmat qurin bekga mahkam cholib oldim,
O'zi suygan oshiqlarin sarson qilur.

Ayo,oshiq,kecha-kunduz tinmay yig'la,
Kuyub-pishib,yurak-bag'ring ezib dog'la,
Ajal yetsa,mardonavor beling bog'la,
Mundog' oshiq borsa anda mehmon qilur.

Shayx Mansur o'z boshini dorda ko'rdi,
Partav soldi,Haq diydorin anda ko'rdi,
Bexud bo'lub,o'zin bilmay afg'on qildi,
'Vo zuqqo' deb,o'zin bilmay javlon qilur.

Shayx Shibliy oshiq bo'lub bilmay o'tti,
Shayx Boyazid yetmish yo'li o'zin sotti,
Bu dunyoni izzatlarin tashlab otti,
O'tgan ishqqa nadomat deb afg'on qilur.

Andog' erlar suhbatini tobqan kishi,
Mastu hayron bo'lub yurar yozu qishi,
Saharlarda chorzrb urmaq aning ishi,
Zohir xanda,botinlarin pinhon qilur.

Mundog' bo'lmay Haq vaslig'a yetib bo'lmas,
Rasvo bo'lmay sirdan ma'no olib bo'lmas,
'Hu' zikrini aytib doyim tildin qo'ymas,
Vahmi birlan dillarini larzon qilur.

Qul Xoja Ahmad, bu hikmatni kimga ayding,
Orifman deb xaloyiqqa o'qub yoyding,
Ta'sir qilmas olimlarg'a aytg'on panding,
Orif uldur - tan mulkini vayron qilur.



Qayd etilgan


Muhammad Amin  29 Noyabr 2007, 13:26:28

JONONIMDAN HECH KIM XABAR BILARMIKIN?

Bu olamda Haqdin qo‘rqib zor ingrasam,
Oxiratda ruhim orom olarmikin?
O‘tganlarning bosgan izin ko‘zga surtsam,
Piri mug‘on mani yo‘lga solarmikin?

Boshim egib, belim bog‘lab qilsam ixlos
Nafsi shayton changalidan bo‘lsam xalos,
Jon berarda madad qilsa Hizr, Ilyos,
U dunyoda Olloh rahm qilarmikin?

Tog‘u cho‘llar gunohimdan qilmas toqat,
Har kun yuz ming turli isyon menga odat,
Bu ish bilan oxiratda bormu rohat,
Tavba qilsam odatlarim qolarmikin?

Boshim tanim tuproq qilib, fano bo‘lsam,
Diydortalab hasratida ado bo‘lsam,
Ahli ayol, xonumondin judo bo‘lsam,
Do‘stlar, Hojam manga rahm qilarmikin?

Ey osiylar tavba qilg‘il Haq eshitsin,
Dodingizdan yeru ko‘klar nola qilsin,
Maloiklar Haqdin tilab ulush bersin,
Ulush olgan qulni g‘ami bo‘larmikin?

Aqlim hayron, ko‘zim giryon, xonavayron,
Haq yo‘lini bilolmasmen, o‘zim nodon,
Ey do‘stlarim, betoqatmen, qayda JONON?
Jononimdan hech kim xabar bilarmikin?

Ostonaga boshim qo‘yib zori qilsam,
G‘arib-etim boshin silab duo olsam,
Haqdin qo‘rqib dunyo uchun ortga olsam,
Hojam meni holi dilim so‘rarmikin?

Saxarlarda zori qilib yig‘lasam men,
Jon berarda belim mahkam bog‘lasam men,
Ishqi birlan yurak bag‘rim dog‘lasam men,
Haq chirog‘i qabrim ichra yonarmikin?


Qayd etilgan


Muhammad Amin  29 Noyabr 2007, 13:26:49

BESHAK BILING

Beshak biling bu dunyo
Barcha eldan o'taro,
Inonmag'il molingga
Bir kun qo'ldan ketaro.

Ota-ona, qarindosh
Qayon ketdi fikr qil
To'rt oyoqlik cho'bim ot
Bir kun senga yetaro.

Dunyo uchun g'am yema,
Haqdin o'zgani dema,
O'zgalar molin yema,
Sirot uzra tutaro.

Ahli ayol, qarindosh,
Hech kim bo'lmaydi yo'ldosh,
Mardona bo'l g'arib bosh,
Umring yeldek o'taro.

Qul Hoja Ahmad toat qil,
Umring bilmam necha yil,
Asling bilsang qaro gil,
Yana gilga ketaro.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  29 Noyabr 2007, 13:27:21

OSHIQ QILGIL

Ishq dardini talab qildim darmoni yo'q,
Ishq yo'lida jon berganni armoni yo'q,
Bu yo'llarda jon bermasang imkoni yo'q,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Qaydin topay ishqing tushdi qarorim yo'q,
Ishq sadosin tunu kunu qo'yorim yo'q,
Dargohingdan o'zga yerga bororim yo'q,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Ishq bozori ulug' bozor, savdo harom,
Oshiqlarga sendin o'zga g'avg'o harom,
Ishq yo'lig'a kirganlarga dunyo harom,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Oshiqlikni davo qilib yurolmadim,
Nafsdin kechib Haq amrini bilolmadim,
Nodonlikda Haq amrini bilolmadim,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!


Qayd etilgan


Shuhrat_  26 Noyabr 2011, 11:37:04

Assalomu alaykum.
Bu mavzuga bilganla bilganlaricha Qul Ho'ja Ahmad Yassaviyni sherlarini va ularga tegishli bulgan malumotlarini  yozib boramiz.shoyatki u allomani yanada yaqinroq tanib olsak ,maqsadga muofiq buladi insgaalloh.
Aytishlarga qaraganda Ho'ja Ahmad Yassaviy 63 yoshga kirganlarida ,yerni ustida yasholmayman payg'ambar yoshidan o'tib deb ,yerni ostiga tushib ketgan ekanla ,va usha erda ko'o'p sherlarni yozgan ekanla.
Taqvodor hudoga yaqin inson bulgan ekanla.

Qayd etilgan


Shuhrat_  26 Noyabr 2011, 13:01:12

OSHIQ QILGIL
Ishq dardini talab qildim
darmoni yo'q,
Ishq yo'lida jon berganni
armoni yo'q,
Bu yo'llarda jon bermasang
imkoni yo'q,
Har ne qilsang oshiq qilg'il
parvardigor!
Qaydin topay ishqing tushdi
qarorim yo'q,
Ishq sadosin tunu kunu
qo'yorim yo'q,
Dargohingdan o'zga yerga
bororim yo'q,
Har ne qilsang oshiq qilg'il
parvardigor!
Ishq bozori ulug' bozor, savdo
harom,
Oshiqlarga sendin o'zga g'avg'o
harom,
Ishq yo'lig'a kirganlarga dunyo
harom,
Har ne qilsang oshiq qilg'il
parvardigor!
Oshiqlikni davo qilib
yurolmadim,
Nafsdin kechib Haq amrini
bilolmadim,
Nodonlikda Haq amrini
bilolmadim,
Har ne qilsang oshiq qilg'il
parvardigor!

Qayd etilgan


Shuhrat_  26 Noyabr 2011, 13:05:49

BESHAK BILING
Beshak biling bu dunyo
Barcha eldan o'taro,
Inonmag'il molingga
Bir kun qo'ldan ketaro.
Ota-ona, qarindosh
Qayon ketdi fikr qil
To'rt oyoqlik cho'bim ot
Bir kun senga yetaro.
Dunyo uchun g'am yema,
Haqdin o'zgani dema,
O'zgalar molin yema,
Sirot uzra tutaro.
Ahli ayol, qarindosh,
Hech kim bo'lmaydi yo'ldosh,
Mardona bo'l g'arib bosh,
Umring yeldek o'taro.
Qul Hoja Ahmad toat qil,
Umring bilmam necha yil,
Asling bilsang qaro gil,
Yana gilga ketaro.

Qayd etilgan