Do'stlik eng muqaddas tuyg'u  ( 22330 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muhammad Amin  09 Avgust 2007, 14:28:55

[center]DO’STLIK-BU  ENG QADRLI TUYG’U.[/center]
   Bir zamonlar ikkita do’st bo’lishgan ekan. Ular shunchalar do’st ekanki hatto ular bir-birlari uchun jonlarini berishga ham tayyor ekanlar. Yigitning ko’nglida qizga nisbatan do’stlik bilan birga muxabbat tuyg’usi ham bor ekan. Lekin buni qiz sezmas va ular bir birlarining boshlariga qiyin kunlar tushganida bir-biriga yordam berib yuraverisharkan. Qiz ham yigit ham bir-birini juda ham hurmat qilisharkan. Qaysi biri nima desa ham indamasdan darhol bajarishar ekan.
   Ana shunday kunlarning birida nima bo’libdiyu yigit avto falokatga uchrabdi. U juda ham qattiq jarohatlanibdi va kasalxonaga olib kelinibdi. Xulosa natijalari juda ham yomon chiqibdi. Yigit uchun bitta buyrak donr  topish kerak bo’lib qolibdi. Taqdirni qarangki yigit uchun jonajon do’stining buyragi to’g’ri kelib qolibdi. Shunda do’sti o’ylab o’tirmasdan do’sti uchun bitta buyragini  berishga qaror qilibdi va shunday ham bo’libdi. Oradan kunlar o’tibdi va yigit ham sog’ayib chiqibdi. Endi ularning ikkalasi yanada qalin do’st bo’lishibdi. Va shu tariqa ularning do’stligi bitta rishta bilan bog’lanibdi va ular umrining oxirigacha bir-birini hurmat qilib abadiy do’st bo’lib faravon yashashibdi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Avgust 2007, 14:34:47

Do’sting bo’lsa.

Yoningda chin do’st bo’lsa
Mard va jasur bir so’zli
Sen yashayver sho’x-shodon
Bu dunyoda bearmon

Xoh kunduz, xoh tunda ham
Yaxshi yomon kunda ham
Oro kirib joningga
Doim tursa yoningda

G’amli damda egib bosh
Tursa doim elkadosh
Ahdi bo’lsa bir qaror
Bundan o’zga ne darkor

Bir do’st  uchun, bir jon deb
Sayri do’stni mard deydi
Bunday do’stni do’stim deb

Joning bersang arziydi.

Qayd etilgan


Ashiq Garib  09 Avgust 2007, 15:14:58

[center]DO’STLIK-BU  ENG QADRLI TUYG’U.[/center][/color]
   Bir zamonlar ikkita do’st bo’lishgan ekan. Ular shunchalar do’st ekanki hatto ular bir-birlari uchun jonlarini berishga ham tayyor ekanlar. Yigitning ko’nglida qizga nisbatan do’stlik bilan birga muxabbat tuyg’usi ham bor ekan. Lekin buni qiz sezmas va ular bir birlarining boshlariga qiyin kunlar tushganida bir-biriga yordam berib yuraverisharkan. Qiz ham yigit ham bir-birini juda ham hurmat qilisharkan. Qaysi biri nima desa ham indamasdan darhol bajarishar ekan.
   Ana shunday kunlarning birida nima bo’libdiyu yigit avto falokatga uchrabdi. U juda ham qattiq jarohatlanibdi va kasalxonaga olib kelinibdi. Xulosa natijalari juda ham yomon chiqibdi. Yigit uchun bitta buyrak donr  topish kerak bo’lib qolibdi. Taqdirni qarangki yigit uchun jonajon do’stining buyragi to’g’ri kelib qolibdi. Shunda do’sti o’ylab o’tirmasdan do’sti uchun bitta buyragini  berishga qaror qilibdi va shunday ham bo’libdi. Oradan kunlar o’tibdi va yigit ham sog’ayib chiqibdi. Endi ularning ikkalasi yanada qalin do’st bo’lishibdi. Va shu tariqa ularning do’stligi bitta rishta bilan bog’lanibdi va ular umrining oxirigacha bir-birini hurmat qilib abadiy do’st bo’lib faravon yashashibdi.


Xavas qilgudek Dostlik

Qayd etilgan


lolo  16 Avgust 2007, 06:00:41

"œNodon do’stdan ziyrak dushman yaxshi" Agar sen birov bilan do’st tutinmoqchi bo’lsang bunga amal qil:

Har do’stki, dilida uch xislat bo’lmas,
Kech undan, do’stlikka also arzimas.
Biri vafodorlik, biri sir saqlash,
Biri molin sendan ayamasa bas!

"œHar narsaning yangisi yaxshi, ammo do’stning eskisi"
Hakimlarning aytishicha, har kim badavlatlik paytida do’stlarga yordam qo’lini cho’zmasa, bechoralik paytida hech kim unga qo’lini cho’zmaydi.
So’radilar: "œDo’st kim?"
Javob: "œOg’ir kunlarda qo’llagan kishi!"

Hikoyat. Bir ulug’ kishining do’sti tunda eshik qoqib keldi. Ulug’ kishi o’rnidan turdi, bir halta pul oldi, o’tkir qilich osdi va kanizagiga sham olib birga yurishini tayinladi. Eshikni ochib do’stiga dedi: "œSening kelishing sababini uch narsa deb tahmin qildim. 1-biror hodisa yuz berib pulga muhtoj bo’ldingmi deb pul olib chiqdim! 2-dushman senga hujum qildimikin deb qilich ko’tarib chiqdim! 3-biror ishing bo’lsa deb kanizagimni olib chiqdim!" Do’sti undan uzr so’radi va do’stiga ishonchi yanada oshdi.


Qayd etilgan


lolo  16 Avgust 2007, 06:03:17

Bir hakim buyuradi: "œDo’sting senga nasihat qilishdan erinsa, to’g’ri yo’l ko’rsatishga urinmasa, aybingdan seni ogohlantirmasa, unday do’stdan kechmoq va uzoqlashmoq kerak."

Qo’lingda bor ekan toki imkoning,
Birovning ko’ngliga bermagin ozor.
Minglab kishilarni do’st tutmoq yaxshi,
Ammo bitta dushman undan ham bisyor!

Bir hakimdan so’radilar: "œQanday safar eng uzoq safar?"
Javob: "œSadoqatli do’stni qidirish safari!"
Yaxshi do’st atrfurushga o’xshaydi, u o’z atridan sizga bermasa-da, siz uning atrlari hididan bahramand bo’laverasiz. Yomon ulfat temirchiga o’xshaydi, uning olovi sizni kuydirmasa-da, biroq qora tutuni sizga ta’sir qilaveradi. Shuning uchun yomon ulfatdan qoching.

Anbar sotuvchining oldidan o’tsang,
Libosing anbarning hidin oladi.
Temirchi yonidan o’tganing zamon,
Qora dudi senga yuqib qoladi.

Qayd etilgan


Margiloniy  20 Iyul 2010, 22:25:32

DO‘ST BO‘LSANG YONIMDA TUR

Ey jonu dilim, sen meni yonimda tur,
Yonda ne, balki manim ayni shu qonimda tur,
Beqaror qon bu nadur, sen shirin jonimda tur
Bevafo jon deydilar, pokiza iymonimda tur,
Har yomonu yaxshi kunda barcha imkonimda tur,
O‘ngda tur yo so‘lda tur, sen meni yonimda tur.

Do‘sti ko‘p qaddi bukilmas deydilar qon kechsa ham,
Kechmagay mard do‘stidan molu jondin kechsa ham,
Boma deb garchi raqiblar zar choponing yechsa ham,
Garchi taqdir hush kelib yo‘lingga gullar sochsa ham,
Mayli har ne kechsa ham, do‘st bo‘sang yonimda tur
Do‘st bo‘sang yonimda tur, do‘st bo‘sang yonimda tur.

Molu davlat qo‘lda bo‘lsa do‘stu yor ham ko‘p bo‘lar,
Qayga borsang olqishu, maqtovchilar ham ko‘p bo‘lar,
Hech qoqilma, gar qoqilsang g‘iybatchilar to‘p-to‘p bo‘lar,
Munofiq ham soxta do‘sting dushmaningdek bo‘pqolar,
Mayli har ne gap bo‘lar, do‘st bo‘sang yonimda tur,
Do‘st bo‘sang yonimda tur, do‘st bo‘sang yonimda tur.

Har yomonu yaxshi kunda ko‘zlarim do‘st axtarar,
Bu ko‘ngul har soniya ming shirin so‘z axtarar,
Kimki oni topmadib bitta gul yuz axtarar,
Charx urib oyu quyosh ham kecha kunduz axtarar,
Top seni kim axtarar, do‘st bo‘sang yonimda tur,
Do‘st bo‘sang yonimda tur, do‘st bo‘sang yonimda tur.

Nozaninlar bazmida aytilar mastona so‘z,
Termulib joningni olg‘ay surmali mastona ko‘z,
Kelgil ey jonimki sendan tinglayin do‘stona so‘z,
Qo‘llarim tutsin belingdin, surtayin poyingga yuz,
Bazmi dildoshlarni tuz, do‘st bo‘sang yonimda tur,
Do‘st bo‘sang yonimda tur, do‘st bo‘sang yonimda tur.

Bu jahonda do‘st yo‘q, qilma oh, qilma xitob,
Do‘stni top ham Haqni topgin, Tangri bergan bir Kitob,
Haqni tosang do‘stni topding, do‘st qidirsang Haqni top,
Zarra imkoning bo‘sa bir g‘arib ko‘nglini top,
Haq yo‘lida qil savob, do‘st bo‘sang yonimda tur,
Do‘st bo‘sang yonimda tur, do‘st bo‘sang yonimda tur.

Ota-onag`a o`g`il-qiz mehribondir do`st bo`lsa,
Hatto sevgan sevgiling ham vafodordir do’st bo`lsa,
Yuzni burma og`a-ini garchi ming xil so`z bo`lsa,
Yetti yot begonalar ham birodardir do`st bo`lsa,
Mayli har ne so`z bo`lsa, do`st bo`lsang yonimda tur.

Ey jonu dilim, sen meni yonimda tur,
Yonda ne, balki manim ayni shu qonimda tur,
Beqaror qon bu nadur, sen shirin jonimda tur,
Bevafo jon deydilar, pokiza iymonimda tur,
Qayda tursang tur vale, do‘st bo‘sang yonimda tur,
O‘ngda tur yo so‘lda tur, sen meni yonimda tur.

Qayd etilgan


BelleQizcha  21 Iyul 2010, 02:41:12

[center]DO’STLIK-BU  ENG QADRLI TUYG’U.[/center][/color]
   Bir zamonlar ikkita do’st bo’lishgan ekan. Ular shunchalar do’st ekanki hatto ular bir-birlari uchun jonlarini berishga ham tayyor ekanlar. Yigitning ko’nglida qizga nisbatan do’stlik bilan birga muxabbat tuyg’usi ham bor ekan. Lekin buni qiz sezmas va ular bir birlarining boshlariga qiyin kunlar tushganida bir-biriga yordam berib yuraverisharkan. Qiz ham yigit ham bir-birini juda ham hurmat qilisharkan. Qaysi biri nima desa ham indamasdan darhol bajarishar ekan.
   Ana shunday kunlarning birida nima bo’libdiyu yigit avto falokatga uchrabdi. U juda ham qattiq jarohatlanibdi va kasalxonaga olib kelinibdi. Xulosa natijalari juda ham yomon chiqibdi. Yigit uchun bitta buyrak donr  topish kerak bo’lib qolibdi. Taqdirni qarangki yigit uchun jonajon do’stining buyragi to’g’ri kelib qolibdi. Shunda do’sti o’ylab o’tirmasdan do’sti uchun bitta buyragini  berishga qaror qilibdi va shunday ham bo’libdi. Oradan kunlar o’tibdi va yigit ham sog’ayib chiqibdi. Endi ularning ikkalasi yanada qalin do’st bo’lishibdi. Va shu tariqa ularning do’stligi bitta rishta bilan bog’lanibdi va ular umrining oxirigacha bir-birini hurmat qilib abadiy do’st bo’lib faravon yashashibdi.

yigit minan qiz hech qachon do'st bo'lisholmaydi.

Qayd etilgan


shirin_a  02 Avgust 2010, 05:23:54

"yigit minan qiz hech qachon do'st bo'lisholmaydi."
 Vallohu A`alam dindosh, o`ylab ko`raylik ustoz shogird bo`ladi, aka singil bo`ladiyuu nega endi do`st bo`la olmas ekan? Qiz bn Yigit do`st bo`la oladi Vallohu A`alam.  :3 :3 :3

Qayd etilgan



Feruzochka  09 Mart 2011, 13:40:46

Ajoyib hikoya ... Hozirgi zamonda unaqa do`stlar kamdan-kam uchraydi !

Qayd etilgan