Mo'minlarga shifo - Islomda!!!  ( 23196 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Munira xonim  13 Avgust 2007, 13:40:49

Abul Baraktni kitoblarida yozilishicha:"Rasululloh s.a.v:"O'lat va vabo tarqalgan shaharga kirmangi va shahar ichida bo'lsangiz u yerdan chiqmangiz", deganlar. (Imom Buxoriy)
Rasululloh s.a.v. hozirgi shifokorlar tili bilan aytganda"KARANTIN"ga rioya qilishni bundan 15asr avval joriy qilganlar.

Rasululloh s.a.v: ko'z va tomoq og'riqlariga shunday tavsiyalarni berganlar:"Qo'ziqorinni terib uni qorong'u va nam joyda uch kun saqlang. U mog'or boglaydi, shundan keyin uni cho'pga kiydirib, olovda uchlab turing. Ular sovugach uning mog'roini ko'zga yoki tomoqqa surting".
Hozirgi kun olimlarining aytishicha bu narsa hozir har bir dorixonada topilishi mumkin bo'lgan oddiy pensillin ekan....

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Avgust 2007, 13:48:15

Rasululloh s.a.v. barcha kasalliklarga qat'yi parhezni buyurib:"Har bar dardning shifosi budir", deganlar.

Rasululloh s.a.v. Istimalagan kishilarga sovuq suv bilan badanalrini namlashni maslahat berardilar. Bu narsa hozirda ham qo'llanib kelinmoqda.

Rasululloh s.a.v. zaharlanish holatlarida darrov oshqozonni bo'shatib,qayt qilardilar va yelkalarini uch joyidan qon oldirardilar.

Rasululloh s.a.v.ning:"Agar insonlar oz suv ichsalar vujudlaridagi sihat va ishtahani bir maromda ushlagan bo'lar edilar", degan hadisi shriflarida katta hikmat bor.

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Avgust 2007, 13:55:30

Rasululloh s.a.v. sil, yo'talga chalinganlarni va balg'am tashlayotganlarni qir adirlarga va tog'larga chiqarib yuborardilar. Ular u yerda sut bilan ozuqlanib, toza havodan shifo topardilar va kishilardan yiroqda bo'lardilar.
Hali mikrob va labaratoriya degan narsalar bo'lmagan paytda hamma kasallikka aniq tashxis va davo buyurgan Rasululloh s.a.v.ni tutgan yo'llari tahsinga sazovardir.
Bu kasalliklarni qo'zg'atuvchi mikroblar ekanligi olimlar tomonidan 20asrda aniqlandi.

Rasululloh s.a.v."Siniq va darz ketgan idishlarda ovqat yeyish va suv ichishdan qaytarganlar". Chunki ularni singan yoki darz ketgan joylariga hozirgi til bilan aytganda mikroblar o'rnashib oladi. Va insonning ichiga kirib har hil kasalliklarni avj olishiga sabab bo'ladi.

Qayd etilgan