Mo'minlarga shifo - Islomda!!!  ( 23188 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Munira xonim  12 Avgust 2007, 10:04:42

Asri saodatda bir eronlik tabib Madinaga kelib yashay boshlabdi. Lekin oeadan bir necha oy o'tsa hamki, unga hech kasalligidan shikoyat qilib kelmabdi. Vaholanki, Madinada undan boshqa tabib yo'q ekan. Shunda u Rasululloh s.a.v. oldilariga borib bu holdan arz qilibdi. Rasululloh s.a.v.:"Men va ashoblarim kasal bo'lmaymiz, yurtingga qaytib ketishing mumkin",-debdilar. Tabib hayron bo'lib kasal bo'lmaslikni sababini so'rasa Rasululloh s.a.v:"Sen buni sababini Islomdan qidir",- degan ekanlar. O'shanda Rasululloh s.a.v.ning 33.000 ashoblari bor edi. Madinada ishsiz qolgan tabib:"Islom dini sizlarni kasallikdan himoya qilayotgan ekan. Bu dinni bilmagan yurtdoshlarimning nima uchun ko'p kasal bo'lishlarini endi bildim", deb yurtiga qaytib ketibdi...

Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
Bu bo'limda sizlarga foyda keltiradigan va sizlarni har hil kasalliklardan himoya qilishga qodir bo'lgan, Rasululloh s.a.v. tomonlaridan ashob va ummatlariga tavsiya qilingan hadislar va sunnatlardan Alloh qodir qilganicha berib boramiz.
Biz o'zimiz bu sunnatlarga to'la holda amal qilsak, Inshaalloh, har hil kasalliklar bizga hujum qilolmaydi.
Sizlarga dastlab taqdim qiladigan sunnat-shifolarni "Odamlar orasida" gazetasidan olgik. Keyinchalik albatta o'zimiz bilgan narsalarni ham sizlarga taqdim etamiz.
Bu ishimizni yolg'iz Allohning rizoligi uchun boshladik va O'zidan madad so'raymiz...

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Avgust 2007, 10:25:34

Sahobalar nega kasal bo'lishmagan?
Avvalo ular kasallikka kiyimga tekkan dog'dek qarashgan,undan qo'rqishmagan. Tabobatda ma'lumki, viruslar tirik jonzot, inson qo'rqqani sayin u o'sib, kuchaya boradi. Hozirgi tabiblar bizga tavsiya qiladigan hapdorilar esa kasalimizni ko'paytirsa ko'paytiradiki, kamaytirmaydi.

Gippakrat:"Bemor uchun dori qancha kam bo'lsa shuncha yahshi ",-degan ekan.

Bu narsalarni gazetaga taqdim qilgan opamizning yozislaricha, bir kuni 7 yoshlik o'g'illari qon siyayotganini aytib qolibdi. U kishi esa "Payg'ambar tabobati"nomli kitobni titkiladilar. Va o'g'illariga qora sedanadan tayorlangan dorini va zamzam ichirganlar. Tonggacha duolarini o'qib, ertalab peshobini tahlilga olib chiqishibdi, lekin o'g'illaridan hech qanaqa kasallik chiqmabdi. Doktor hayron:"Qon aralash peshobni ko'rayapman,lekin bola mutlaqo soppa-sog'",dermish.

"Meditsina - vaqtinchalik tadbir", degan ekan Ueyr Mitchel.
Yana bir g'arblik alloma esa:"Har bir kasallik zamirida uning sababi bor, uni hech qanday dori bartaraf eta olmaydi:, degan.

Biz sunnatlarga to'la holda amal qilmaganimiz uchun bizda kasalliklar kun sayin ko'payib boryapti...

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Avgust 2007, 10:34:35

Rivoyat qilishlaricha bir aziz avliyolardan bir shogirdlari bilan birga ovqat pishirib tanavvul qilishgandan keyin, hammalarini qorni og'rib qoldi. Shunda valiyning:"Biz nega og'rib qoldik?"degan savoliga shogirdlar:"Ovqat yahshi pishmagan",deya javob qilishibdi. Ustoz esa:"Biz ovqatni sunnatga muvofiq tayorlamaganmiz, shunga kasal bo'ldik", degan ekan.

Ga'flat bilan pishirilgan taom g'aflat va bemorlikni,zikr bilan tayorlangan taom esa salomatlik va hushyorlikni boshlab kelar ekan.

Hadislarda juma kuni tirnoq olgan kishi 70 xil darddan halos bo'lishi aytilgan.
Hozirda esa tirnoqlarini kim o'zarga o'stirib yurish modaga aylanib qolgan. Teri-tanasil kasalliklari mutaxasislarini aytishicha,zamburg' (onixomikoz) kasalligi aynan tirnoq o'stiruvchilarida uchramoqda. Yana ular ekzema, polimer kasalliklariga chalinmoqda. Chunki tirnoq o'stirish SUNNATga xilof...


Qayd etilgan


Munira xonim  12 Avgust 2007, 10:40:55

Rasululloh s.a.v. issiq va muzdek ichishdan qaytarganlar. Biz esa muzdek va qaynoq-qaynoq ichamiz. Shundan keyin biz kasal bo'lmay kim kasal bo'lsin?Ul zor nimadan qaytargan bo'lsa qaytib, nimaga buyurgan bo'lsa amal qilsak, kasal bo'lmaymiz,Inshaalloh.

Rasululloh s.a.v. ovqat bilan suvni aralashtirmaslikka,suvni ovqatdan keyin uch marta bo'lib-bo'lib tanavvul qilishga buyurganlar.
Biz esa ovqatlanib turib ovqat orqasidan issiq-issiq qora choy ho'plab o'tiramiz.
Rasululloh s.a.v. buyruqlarini hozirda meditsina ham tasdiqlab qo'ydi. Hozir hamma kamqonlikdan shikoyat qiladi. Choylar tarkibida esa tanin moddasi bo'lib, u inson tanavvul qilayotgan ozuqalardagi temir moddasini, huddi qog'oz siyohni shimib olgandek shimib oladi-da, siydik yo'li orqali olib chiqib ketadi...

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Avgust 2007, 11:47:13

Rasululloh s.a.v.dan:"Mol go'shti - illat, qo'y go'shti - hikmat", degan hadisi sharif mashhurdir.
Biz ko'proq mol go'shti tanavvul qilamiz. Ichaklar va oshqozondagi sovuq xiltlar illatlar asosan mol go'shtidan xosil bo'ladi. Oshqozon va ichaklarda qalin "kley" hosil bo'lib (meditsinada shlak deyiladi) u kerakli moddalarni o'ziga so'ra boshlaydi. Natijada asab, yurak oziqsiz, kamqonlik surunkalik bo'lib ketaveradi.

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Avgust 2007, 11:51:01

Nega yahudlarning boshida doimo kaftdekkina do'ppi bo'ladi? Chunki ular Islomni juda yahshi bilishadi.
Rasululloh s.a.v. hojathonaga bosh kiyimsiz kirishdan qaytarganlar. Sababi boshning o'sha do'ppi berkitib turadigan qismida jinlarning inson miyasiga kirib joylashishi uchun yo'llar (kanallar) bor. Agar do'ppi kiyilsa o'sja kanal berkitiladi. Mana yana bir sunnatning hikmati...

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Avgust 2007, 11:57:02

Alloh taolo bir kasallikni tushirishdan oldin uning atrofiga 10ta shifosini tushirar ekan. Undan 9tasi halol va 1tasi harim. Juda ko'pchilik shu harom bo'lgan yo'lni tanlaydi.
Agar siz har kuni tongda va tunda Rasululloh s.a.v. o'qib yurgan duolarini o'qib mahluqotlarning yomonligidan panh so'rasangiz, shunchalik mustahkam qo'rg'onga kirasizki, ko'rinmas mahluqotlarning zararlari sizga ta'sir etmaydi.
Agar siz bu sunnatni tark qilsangiz, jinlar hujumi ostida qolasiz. Hech bir apparat sizning badaningizdagi jinlarni ko'rsatib bera olmaydi, shunda siz shifo izlab folbinga va azayimxonga yugurasiz. Bu esa o'sha bitta harom qilingan "shifo"dir...

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Avgust 2007, 12:03:29

Rasululloh s.a.v:"Ey, ALi misvok ishlat, zero, misvok ishlatishda dining va dunyoying uchun 24ta foyda bordir", deganlar.
Birgina misvok ishlatishning o'zida 24ta salomatlik uchun foyda bor. Ayting-chi, yana qaysi bir dorini shuncha qirrasi bor?

Rasululloh s.a.v. juma kuni g'usl qilishga buyurganlar va bu sunnatdir.
Pragmatik g'arbliklar buniyam tekshirib ko'rishdi. Tekshiruv natijalariga ko'ra, inson tanasidagi hamma zararli mikroblar faqat va faqat juma kunigina terining ustki qismiga yig'ilar ekan. O'sha kuni g'usl qilish orqali siz ularning baridan forig' bo'lasiz...

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Avgust 2007, 17:58:44

Rasululloh s.a.v. "Qora sedana o'limdan boshqa barcha dardga davodir" deganlar.
Buni Ibn Shahab r.a. quyidagicha sharhlaganlar:"Hadisdagi "har bir dardga davodir" iborasi Alloh taoloning ushbu oyatidir:"U Parvardigorning amri bilan barcha narsani vayron qilur..." (Ahqof,25. Zodul-ma'ad 4/297)
Aslida bu oyat Od qavmiga tushgan balo haqida. Ammo qora sedananing kuchi inson tanasidagi illatlarni vayron qilib surib chiquvchi kuchga egaligini e'tirof etganlar. Go'yo balo Od qavmini surib vayron qilgani kabi. Qora sedana ko'plab kasalliklarga, shuningdek, saraton va bepushtlik kabi kasalliklarga ham shifodir.
Bu sedananing yog'i bakteriyalarga qarshi muhim ashyo bo'lib ampisillin,tetrasiklin, kotrimakzazalom, gentamisin,nalidiks kislota - hammasining kuchi bitta qora donda mavjud...

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Avgust 2007, 20:31:58

Rasululloh s.a.v. "Ro'za tutinglar - sog'ayasizlar", deya marhamat qilganlar.
Chunki odatda ovqatni hazm qilish uchunsarflanadigan hayotiy quvvat jarohatlangan joyga to'planadi va keraksiz narsalarni chiqarib tashlash va tozalashga yo'naladi. Og'ir ovqatni hazm qilish uchun ko'p energiya sarflash lozim. Asab energiyasi arzimas narsalarga sarf bo'lib, miyaning haqqiga hiyonat qiladi, buning natijasida odamlar fikrsiz bo'lib qolishadi...

Qayd etilgan