Hadisi Qudsiylar!!!  ( 29855 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


AbdulAziz  17 Avgust 2007, 07:19:07

Assalamu alaykum!
Alloh rozi bo'lsin sizdan opajon!
Qlayotgan xayrli amallaringini bardavom aylasin!

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Avgust 2007, 09:42:39

Qachon meni yolg'iz oningda yod etsang, men ham seni yolg'iz holimda yod etarman. Agar meni jamoat ichida yod etsang, men u jamoatdan ulug'roq jamoat ichida,ya'ni farishtalar ichida yod etarman.

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Avgust 2007, 09:45:34

Ey, odam farzandi, men Allohdurman, bandalarni o'z qudratim bilan yaratdim, bas, kimlargadir men yahshilikni iroda qilib, yahshi xulqni berib qo'yaman.Kimlargadir yomonlik bo'lishini iroda etsam, ularga yomon xulqni berib qo'yaman.

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Avgust 2007, 09:47:28

Albatta, bandam uchun menda bir ahd bor, bu ahd shulki, agar bandam o'z vaqtida namozlarini ado etib yursa, men uni azobga qo'ymayman va jannatga kiritaman.

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Avgust 2007, 09:49:06

Albatta, Islom dini o'zimga loyiq ko'rgan va men rozi bo'lgan dindir. Bu dinni xushmuomalalik bilan xushxulqlik tuzatgay. Bas, qaysi joyda va qaysi odamda bu dinni topsalaringiz uni siylanglar.

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Avgust 2007, 09:51:43

Men zulmni O'zimga haqom qildim va uni sizlarning o'rtalaringizda ham harom qildim. Bas, bir-birlaringizga zulm qilmanglar.


Men sizlarning amallaringizni hisoblab borib, qiyomat kunida ajrini tamom berurman.Bas, har kim yahshi amal qilgan bo'lsa, hudoga hamd aytsin,lekin agar yomon amal qilib yurgan bo'lsa, unda o'zini malomat qilsin.

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Avgust 2007, 20:43:16

Ey, odam farzandi, albatta sen mening azobimga dosh berolmaysan,shunday ekan, azobdan qutulmoq uchun mana bu duoni o'qib yurmaysanmi:"Ey,Parvardigor, bizlarga bu dunyo va oxiratdagi yahshiliklarni bergil va do'zaxdan saqlagil".

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Avgust 2007, 20:45:59

Ey,odam farzandi, albatta, sen duo qilib yursang, senda qancha gunoh bo'lsa kechirib yuboraman,oz-ko'piga parvo qilmayman.


Ey, odam farzandlari, agar mening rahmatimni yahshi ko'radigan bo'lsangizlar, bas, men yaratgan narsalarga rahm - shafqat qilinglar.

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Avgust 2007, 20:48:33

Ey, odam farzandi, g'azabing kelganida meni yodga olgil, men ham g'azabim kelganida seni yodga olaman,ya'ni, halok qiladigan kishilarimga qo'shib seni halok qilmasman.

Ey, odam farzandi, albatta, soch va soqolingdagi oqlar mening nurimdandir. Men O'z nurimni o'z do'zaxim olovida kuydirgani hayo qilaman,shunday ekan, sen ham hayo qilgin.

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Avgust 2007, 20:50:41

Ey, odam farzandlari, do'zax o'rniga jannatni ixtiyor qilinglar va amallaringizni kufr,shirk va gunoh bilan botil qilmangizlar, do'zaxga tushgaysizlar va undan abadiy azobga qolursizlar.

Qayd etilgan