Hadisi Qudsiylar!!!  ( 29859 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


Munira xonim  19 Avgust 2007, 19:16:48

Ey,odam farzandi, agar senga boylik kelayotganini sezsang, bilgilki, azob-uqubat va jazosi naqd bo'lgan gunoh kelayotir.


Agar sening uyingga mehmon kelmay qolsa, Parvardigorga:"La'nati shayton yomonligidan meni o'zing saqla", deya iltijo qil.

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Avgust 2007, 19:20:49

Ey, inson, barcha mol-mulk mening mulkimdir. Sen qulimsan. Sening kulbangga taklifsiz kelgan mehmon mening elchimdir. Qo'lingdagi O'zim bergan ne'amtlarimni olib qo'yishimdan qo'rqmaysanmi?!

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Avgust 2007, 19:22:42

Ey, odam farzandi, sen ixlos va solih amal bilan menga xizmat qil. Zero, men yahshi amallar bilan xizmat qiladigan kishi o'zim do'st tutaman. Va unga ham solih insonlarni xizmatkor qilib qo'yaman. Yo'qsa sen o'tgan umring ichida menga qancha osiylik qilganingni bilmaysan.

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Avgust 2007, 19:25:24

Ey, inson, men doimo senga xotirjamlikni ravo ko'raman va ayblaringni yashirib turaman,vaholanki sen mening ehtiyojim yo'qdir. Sen bo'lsang, menga doimiy ravishda muhtoj bo'la turib faqat gunoh ishlarni qilishga moyilsan.


Ey,inson, qachongacha bu foniy dunyoni obod qilishga urinasan? Boqiy va abadiy yashaydigan oxirat dunyoyingni qachongacha xarob qilasan?

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Avgust 2007, 19:28:46

Ey, inson, qachongacha solih bandalarim bilan birga o'tirib o'zing ulardek bo'lmaysan? Bordi-yu birga o'tirib qolsang ham, ular safiga qo'shilmaysan, qachon sen najot topasan?


Ey, inson yahshilab ehsitib olgilki, bandalarimdan hech biri o'zining zulmi, makr-xiylasi, chaqimchiligi,tajavuzkorligi va g'arazu hasadidan odamlarni tinch qo'ymagunicha, o'zi ham mening azoblarimdan tinch va omonda bo'lmaydi.

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Avgust 2007, 19:31:01

Ey, bandam ogoh bo'lgilki, men Allohdurman! Mendan boshqa biror ma'bud yo'qdir. Bas! Menga ibodat qilinglar. Bergan ne'matlarimga shukr qilinglar. Noshukrlik qiluvchilardan bo'lmanglar.

Ey, inson, bilgilki, mendan boshqa yordamchisi yo'q bechorahol odamga zulm qilganlarga g'azabim qattiq.

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Avgust 2007, 19:35:41

Ey, inson, kimki mening biror do'stimga adovat va dushmanlik qilsa va unga ozor bersa, bilgilki, unday banda menga qarshi jang qilishga qasdlanganlardan bo'ladi.

Ey, inson kimki men taqsim qilib qo'ygan rizqga rozi bo'lsa, uning xuzuriga mol-dunyoning o'zi u hohlamasa ham kelaveradi.

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Avgust 2007, 19:47:12

Ey, odam farzandi, men ato etgan rizqni yemoqdasan, bas, toatimni ham qilmog'ing kerak.


Ey, inson, o'lim kelmasdan burun o'zing uchun yahshi amallar qilib ol. Bu dunyoda qilgan gunohlarim oxiratda jazosiz qoladi, deb kibrlanma. Chunki yaqin kunda Alloh xuzuriga safar qilursan va qilgan gunohlaringdan javob berursan. Hayotlik davringdagi orzu havaslar seni saovb ishlardan qoldirmasin. Agar bu o'gitlarni rad etsang, pushaymon foyda bermaydigan kunda afsus qilasan.

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Avgust 2007, 19:49:55

Ey, inson, O'zim bergan mol-dunyodan haqimga zakot ajratib farzimni ado etmasang, faqir miskinlarni haqini ushlab turadigan bo'lsang, bilgilki, mol - dunyoyingni majburan tortib oladigan zolimlarni yuboraman. Ular qo'liga o'tib ketgan moling uchun sen hech qachon, hech qanday savob ololmaysan.

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Avgust 2007, 20:06:19

Ey, odam, sen mening rahmatimdan umidvor bo'lsang, farmonlarimni bajar va toat qil.


Ey, odam, agar sen mening azob va uqubatlarimdan qo'rqsang, meni rad etishingni va yomon yo'llarda yurishingni bas qil.

Qayd etilgan