Hadisi Qudsiylar!!!  ( 50105 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


Munira xonim  25 Avgust 2007, 20:08:59

Ey, inson, dunyo yig'ishni kasb qilib olar ekansan, qiyomatda hisob berishingni, mol-dunyoni qayerdan olib qayerga sarf qilganingdan so'roq qilinishingni ham esalb qo'y!!!

Ey, inson, hamisha ovqatlangani o'tirganingda, qorni och bechoralar ham esingda bo'lsin. Shunda Allohning bergan ne'matlariga shukr qilishing osonroq bo'ladi.

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Avgust 2007, 20:11:00

Ey, inson, qachonki senga dunyo mo'l-ko'l kela boshlasa, uni isrof qilmasdan yahshi yo'llarga sarf qil. O'limni eslab, haromdan saqlan.


Ey, inson, biror gunoh ishga qo'l urmasdan burun hamisha bo'lgusi jazo va azoblarimni esla.

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Avgust 2007, 20:13:24

Ey, inson, biror zaif insonga zulm va zo'ravonlik qilishga nafsing chorlasa, undan burun hamisha o'zingdan ko'ra qudratliroq zot borligini esla. O'sha Zot seni haligi zaif insondan zo'rroq qilib qo'ygani kabi, hohlasa uni ham sendan zo'rroq qilib qo'yishga qodirdir.

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Avgust 2007, 20:15:29

Ey odam, qachonki boshingga biror kulfat yoki musibat tushsa,"La havla vala quvvata illa billahi" kalimasini o'qib Allohdan madad so'ra.


Ey, odam qachon bemor bo'lsang, o'zingni sadaqa berish bilan davola.

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Avgust 2007, 20:20:05

Ey odam, qachonki boshingga bir musibat tushsa ushbu duoni o'qigil:"Inna lillahi va inna ilayhi roji'un".(Ya'ni, "Albataa, hammamiz Allohnikimiz va albatta yana Allohga qaytajakmiz")


Ey odam, hamisha ezgu amallarni qilishga odatlan, zero, ezgulik jannatning kalitidir. Har kim uni qo'lga kiritsa jannatga yo'l togan bo'ladi.

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Avgust 2007, 20:23:43

Ey odam, yomonlik va yovuzliklardan o'zingni uzoq tut. Zero, yomonlik do'zaxning kalitidir. Bu kalit o'z egasini albatta do'zaxga boshlab boradi.


Ey, odam, bilgilki qurayotgan barcha imoratlaring o'tkinchidir va bir kuni xarob bo'lgusidir. Umring esa omonatga berilgan, badaning bir kuni kelib tuproqqa aylanib ketadi.

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Avgust 2007, 18:07:35

Ey odam, bilgilki, bu dunyoda to'plagan boyliklaring boshqalarga meros bo'lib qolgay. Undan yemoq va xuzurini ko'rmoq boshqalarga nasib qilgay. Lekin uning hisob-kitobi  va nadomati esa sening bo'yningga tushgay. Qabrda senga faqat hayotlik vaqtingda qilgan yahshi amallaringgina yordam bergay.

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Avgust 2007, 18:09:57

Ey odam, mening toat-ibodatimga bel bog'la. Gunoh ishlardan xazar qil. Kelib turgan rizqingga qanoat qil. Parvardigoringga shukr qiluvchilardan bo'l.


Ey odam, qachonki senga biror musibat yoki ofat yetsa, qara"agar o'sha musibat senga nopok holda turganingda yetgan bo'lsa, demak, bilgilki bu ofatning sababchisi o'zingsan.

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Avgust 2007, 18:12:29

Ey bandalarim, bilinglarki, men sizlarni bekorga yaratganim yo'q, nojo'yaga ham yeratganim yo'q ve men sizlarning qilayotgan ishlaringizda g'aflatda ham emasman.


Ey odamlar, dunyo oxiratda hovlisi yo'q odamning hovlisidir, dunyoga aqli yo'q odamlargina shod bo'ladilar. Va iymon ishonchi yo'q odamgina dunyoga xirs qo'yadi.

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Avgust 2007, 18:15:05

Ey odamalr, sizlar mening xuzurimdagi narsalarimga faqat mening roziligimni talab qilish yo'lida o'zlaringiz xush ko'rmagan narsalarga sabr qilmaguncha yeta olmaysizlar. Menga itoat qilishda bardoshlilik bo'lish, menga osiy-gunohkor bo'lib jazoga giriftor bo;lishdan osonroqdir.

Qayd etilgan