Hadisi Qudsiylar!!!  ( 50162 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


Munira xonim  26 Avgust 2007, 20:38:03

Ey dunyo ahli, kimki dunyo xuzur - halovatini talab qilsa, uning ma'rifati yo'qligi, kimki o'tkinchi ne'matni, tugaydigan hayotni va bitadigan rohatni yahshi ko'rsa, u o'ziga jabr qilgani, Rabbisiga gunohkor bo'lgani, oxiratni unutganidir va dunyo u odamni aldagani belgisidir.

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Avgust 2007, 20:40:09

Ey, odam, o'lmas ozuqa bo'lgani uchun dunyoga rozi bo'lgin, zero, ko'rinmas askari bo'lgan bor zot Alloh abadiy tirikdir.


Ey bandalarim, agar mendan bir bandam so'rasa beraman, agar mendan so'ramasa, unga g'azabim keladi.

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Avgust 2007, 20:42:18

Ey bandam, agar menga bir qarich yaqin kelsang, men sanga bir quloch yaqin boraman, agar menga qarab sekin yursang, men sanga qarab yuguraman.


Ey odam farzandi, meni osoyish kinlarda eslagan bandani yoki harom joyda, haromlik sodir bo'layotgan holatda mendan qo'rqqan kishini men do'zaxdan ozod qilaman.

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Avgust 2007, 20:44:43

Ey odam farzandi, men yerdagi xalqlarga osiyliklari uchun azob yuborishni hohlayman, agar o'sha vaqtda men uchun bir-birlari bilan do'stlashib, masjidlarimni obod qilib turganlarga va saharlarda mendan istig'for so'rab o'tirganlarga nazarim tushsa, ulardan azobimni qaytaraman.

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Avgust 2007, 20:50:33

Ey odamzod, mening ulug'vorligimga bo'yin egilgan kishilar ichidan xalqimga manmanlik ko'rsatmagan  va kunduzlarni mening yodim bilan o'tkazganlarninggina namozlari qabul qilinadi.

Ey odamzot, agar bandaga meni doimo eslab yurishlik g'oliblik qilsa, uning talabini va uning xuzur-halovatini o'zimning zikrimda qilib qo'yaman, u menga oshiq bo'lsa, men ham unga oshiq bo'laman, keyin u bilan O'zimning oramizdagi pardani ko'taraman. Kimda shu sifatlar bo'lsa u odamalr haqiqatdan ham bahodirdirlar.

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Avgust 2007, 20:54:46

Ey odamzod, men qiyomatda farishtalarimga "bandamning  amal daftariga qaranglar, mendan jannatni so'raganini ko'rsalaring men unga so'raganini beraman, kimki mening nomim bilan do'zaxdan najot istasa, men u bandani o'z panohimga olaman", deyman.

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Avgust 2007, 20:58:53

Ey odam farzandi, men haqiqatda ulug' kun qiyomat xabarida jinu odamzodni yozib qo'yganman. Men uni yaratsam, u mendan boshqaga qullik qiladi, men unga rizq bersam, u mendan bo'lak xudo emas narsaga tahsin o'qiydi.


Ey odam farzandi! Men Islom yo'lida sochi oqargan erkak va ayol bandalarimga azob qilib, ular ko'z yoshlarini to'kishlaridan uyalaman.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Avgust 2007, 10:24:54

Ey odam farzandi,qaysi bandam biron yahshilik amal qilishga ahd qilsa, lekin uni qilmasa, unga o'sha yahshilikni niyat qilgani uchun bir savob, agar uni amalga oshirsa o'n marta hasanot- savob qilib yetti yuz martagacha oshirin yozaman. Agar bir yomonlikni qasd qilib, uni amalda bajo keltirmasa, unga yomonlik yozmayman.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Avgust 2007, 10:28:30

Ey bandalarim, men bandalarim ichidan bir mo'min kishini biron musibat yetkazibimtihon qilsam, u menga hamd aytib mening imtihonimga sabr qilsa, u o'sha joyidan turganida gunohlaridan onasi tuqqan kunidek pok bo'lib turadi.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Avgust 2007, 10:30:54

Ey bandalarim, qaysi bandamki, mening roziligim uchun jihod qilsa, din uchun yoki o'zini gunohdan himoya qilish uchun kurash qilsa, men uning oxiratiga kafilman.


Ey bandam, meni bomdod va asr namozlaridan keyin bir soat zikr qilgin, men senga o'sha ikkisining orasida gunohlaringga kafillik beraman.

Qayd etilgan