Hadisi Qudsiylar!!!  ( 27933 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 B


Munira xonim  30 Avgust 2007, 10:33:32

Ey bandalarim, men biror bandamni kasallik ila imtihon qilsam, u mening bu imtihonimdan o'zini ziyorat keluvchilarga shikoyat qilmasa, men u bandamni asirlar qatoridan, jahannam asirlari va turlicha kasallik asirlari qatoridan xalos qilaman.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Avgust 2007, 10:35:35

Ey bandam, oxirating uchun sen go'yo ertaga o'ladigan kabi amal qilgin,mol-matoni dunyoda abadiy turadigandek jam qilmagin.


Ey bandalarim, bu dunyoda zulm qilishni qo'yinglar, shu sizlarga oxirat azobidan yengilroqdir.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Avgust 2007, 10:39:00

Ey bandalarim, sizlar meni menga itoat qilishlik bilan eslanglar, men esa sizlarni yorlaquvchiligim bilan eslayman.


Ey odam,men bir bandaning tan jonini sog'lom qilsam, uning yetarli rizqini balgilasam ham, u meni hech bo'lmasa besh yilda bir kelib ziyorat qilay demaydi.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Avgust 2007, 10:41:05

Ey odam, men Parvardigorman, yahshilik va yomonlikni taqdir qildim. Kimgakim yomonlik qilishni taqdir qilgan bo'lsam, o'sha odamning holiga voy, kimgakim yahshilik qilishni taqdir qilgan bo'lsam, o'sha bandamga qanday ham yahshi!

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Avgust 2007, 10:46:09

Ey bandalarim, men bandalarimdan birortasiga badaniga, bolasiga yoki mol - dunyosiga musibar yuborsam, u mening musibatimni sabr bilan kutib olsa, men qiyomat kunida uning nomiga tarozi tikishdan yoki uning amal daftarini ochishdan hayo qilaman. Chunki uning amallari taroziga sig'maydi, amal daftarini esa Men o'z fazlu karamim bilan nuqsonlarini berkitaman va azob bermayman.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Avgust 2007, 10:49:07

Ey bandlarim, men bir bandamning ikki sevikli narsasini - ikki ko'zini yo'qotish bilan imtohon qilsam, keyin u o'sha baloga sabr qilsa, men unga buning evaziga jannatni beraman.


Ey odam, eshitgin, kimki bir miskinga jabr qilsa, men uni chumoli sifatida qiyomatda xoru zor qilib turgizaman.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Avgust 2007, 20:03:56

Ey odam farzandlari, menga o'z xojatlaringizga yarasha itoat qiling, ya'ni xudo xuzuridagi olaman degan ne'matga yetarli darajada xudoning farmonlarini bajarmoq lozim, chunki sizlarning mening do'zaximga sabrlaring yetmaydi.


Ey odam bolasi, mendan bo'lak har bir narsa halok bo'lguvchidir, oxirgi xuk mendandir va menga qaytasizlar.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Avgust 2007, 20:07:08

Ey, odam farzandlari, sizlar bu dunyoda qabrlaringizda bo'ladigan muddatingiz miqdoricha kasb qilingiz, chunki qabrlar amallaringizga yarasha joylaringizdir. keyingi qildirilgan narsalaringiz savob umidi-da keyin orqamdan boradi, deb umid qilgan hali bo'lmagan ba'zi savob ishlarga uni bo'lishini kutib turmanglar, hali berilmagan rizqlaringizni olgandek xursand bo'lmanglar va gunohlaringizni bilinmay qoladi deb o'ylamanglar.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Avgust 2007, 20:11:54

Ey odam bolasi, sen o'zingga va hamma xalqlarimga qaragin, agar sendan taqvoyu amalda afzalroq birovni ko'rsang,unga izzat va xurmat ko'rsatgin. Agar unday odam topolmasang, o'zingni tavba tazarru va ezgu amal bilan xurmatlagin.


Ey odam bolasi, sen o'z umringni onang dunyoga keltirgan vaqtdan boshlab men seni vujudga chiqargandan beri gunoh va osiylikda zoye qilmoqdasan.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Avgust 2007, 20:14:09

Ey odam bolasi, sening dunyodagi misoling dunyoning halovatiyu uning senga ko'rsatadigan makr ziylasi, asalga pashsha tushishi kabidir. Agar u asalga qo'nsa xalok bo'ladi. Shunday ekan, boshqa odamlarning manfaati uchun o'zini kuydiradigan o'tinga o'hshamagin.

Qayd etilgan