Hadisi Qudsiylar!!!  ( 50098 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 9 B


Munira xonim  15 Avgust 2007, 13:23:36

Ey, odam farzandi, dilingda qarolik, badaningda dangasalik va rizqingda tanglik bo'lsa, bas, bilgilki, bularning sababi behuda ve bema'no so'zlarni ko'p so'zlashingdandir. Demak bulardan saqlan.

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Avgust 2007, 11:46:30

Ey,odam farzandi, faqirlikdan bo'lgan xavfing do'zaxdan bo'ladigan xavfni dilingdan chiqarib yuboradi. Dunyo ishlarida qiladigan ko'p orzu xavaslaring oxirat ishlarini qilishdan to'sib qo'yadi. Dunyo moliga muhabbat qo'yishing,mening muhabbatimni dilingdan chiqaradi. Mendan boshqadan izzat izlashing meni nazar-rahmatimdan seni yiroqlashtiradi. Menga ibodat qiluvchilarni do'st tutishing mening senga bo'lgan muhabbatimni yaqin qiladi vq meni yomon ko'rib ibodat qilmaydiganlarni yomon ko'rishing seni balolardan aritadi. G'azabli va xursand hollaringda ham rost so'zlashing martaba va darajangni meni nazarimda yuqori qiladi. Maxfiy ehson va sadaqa qilish birla rizoligimni toparsan. Yetgan balo va musibatlarni berkitishing birla solihlar qatorida bo'larsan.

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Avgust 2007, 11:48:39

Ey, odam farzandlari, men ne'matlar berguvchiman, shukr qilingizlar. Mehribondirman, bas, istig'for aytingizlar. Ibodat qilishga loyiqdirman, bas, ibodat qilingizlar. Maqsad qilinishga loyiqdirman, bas, maqsad qilib meni izlangizlar. Berguvchidirman, bas, harna bo'lsa so'rangizlar.

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Avgust 2007, 11:51:12

Ey, odam farzandlari, badanlaringiz nozik (Ya'ni mening azoblarimga bardosh berolmaydi) safarlaringiz uzoq, yo'llar og'ir, Sirot ko'prigi qildan tez va qozi bo'lib so'roq qiluvchi olamlar Parvardigori bor....Shularni bila turib, bu o'tkinchi dunyo va behuda ne'matlarga va ado bo'lib tugaydigan hayotga qandoq rag'bat qilasizlar?!

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Avgust 2007, 11:54:13

Men sizlarning husnu suvratlaringizga va molu-davlatlaringizga boqmasman, balki, dillaringizga va qilgan amallaringizga boqarman.


nafslaringizni tavba va yahshi amal bilan ikrom va ehtirom qilinglar. Bir kuni ellik ming yilga teng bo'ladigan qiyomat kelmasidan ilgari mendan qo'rqinglar va amallaringizni qilib olinglar.

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Avgust 2007, 11:56:09

Doimo umringni dunyo uchun sarf qilaversang, qachon bundoq bir cheksiz umidlar bilan tavba izlarsan?! Ozgina amal bilan oxiratni umid qilasan, ibodatli va zohidlarning so'zini so'zlaysan-u, o'zing esa munofiqlarni ishini qilasan...

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Avgust 2007, 11:58:44

Agar sen jannatga kirishni yahshi ko'rsang, bilgilki, Rabbin unga itoat qilganlarni yahshi ko'radi. Bas, Rabbing yahshi ko'rgan ishni qil, o'zing yahshi ko'rgan joyga kirursan. Agar sen do'zaxni yomon ko'rsang, bilgilki, Rabbing gunoh ishlarni yomon ko'radi. Bas, U yomon ko'rgan ishlarni qilma, Rabbing seni sen yomon ko'rgan joydan asraydi.

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Avgust 2007, 12:00:45

Mendan uyalmasang harna hohlasang qil! Shoring qurg'uq ey, miskin.


Sen huzuringga kelgan mening mehmonlarimni siyla, men ham huzurimga kelgan sening mehmonlaringni(Senga qarashli kishilar vafot etib kelganida) siylayman.

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Avgust 2007, 12:02:59

Albatta, rizq hammaga taqsim qilib va ajal o'lchab qo'yilgandir. Kasal bo'lgan kishi dunyo lazzati va ne'matlaridan mahrumdir.


Baxillik hamma joyda yomonlangandir va dunyo ne'matlari cheksiz emasdir. Rizq izlab juda uzoq ketmoq zaxarlidir va rizq berguvchi doimo tirik va qoimdir.

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Avgust 2007, 12:04:51

Qachon balo va musibatga uchrsang meni yodga olasan. Qachon u baloni sendan ko'tarsam, huddi meni tanimaydigan kishidek unutib yuborasan.


Men sendan ertangi ibodatni bugun talab qilmayman, bas, sen ham ertangi rizqingni bugun talab qilmagin!

Qayd etilgan