Hadisi Qudsiylar!!!  ( 50061 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


Munira xonim  18 Avgust 2007, 20:58:32

Qachon bir bandam meni jamolimni ko'rishni istasa, men ham shu bandamni ko'rishni hohlayman. Agar biror bandam meni ko'rgisi kelmasa, men ham ul bandamni ko'rishni istamayman. Meni jannatda ko'rish mumkin, do'zaxda hech kimga ko'rinmayman.

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Avgust 2007, 09:21:04

Ey,odam farzandi, albatta, sen meni yod etib va ne'matlarimga shukr qilib yursang, men ehsonimni yana ziyoda qilaveraman,agar meni yod etmay esdan chiqarsang va ne'matlarimga shukr qilmay,kufr keltirsang berib turgan in'om va ehsonimni ham to'sib qo'yaman.

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Avgust 2007, 09:23:18

Kim iftorni vaqtidan kechiktirmay, kun botishi bilan ro'zasini ochsa, ro'zador bandalarim ichida o'sha menga do'st va yahshiroqdir.


Bandalarimning ibodatlari ichida menga suyumlirog'i - mening yo'limda yahshi amallarga targ'ib qilish hamda holis nasihat qilishdir.

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Avgust 2007, 09:24:51

Ey,inson, kelib turgan rizqingga qanoat qilmasang, dilingga orzu havaslarni solib qo'yaman va sen ulardan abadiy qutula olmaysan.


Ey, inson, men uchun xolis amal qil va so'ragil. Men so'rovchilar so'ragan narsasidan afzalini beraman.

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Avgust 2007, 09:27:42

Ey,inson, albatta, men bir maxfiy kon edim,bas, o'zimni oshkor etib tanilayin, deb iroda qildim va butun xalqni yaratdim.


Ey, inson, bilgilki, garchi o'zing istamasng ham, bir kuni albatta boshingga o'lim kelur.Shunday ekan, Parvardigoring xukmiga bo'ysun!Axir qiyomatda qayta tirilib,Allohga hisob berasan!

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Avgust 2007, 09:31:17

Men mol-dunyoga maxfiy amr qildimki, ey, dunyo sen mening do'st bandalarimga xor va e'tiborsiz bo'lgil, toki ularning mehr-muhabbatlari senga emas menga moyil bo'lsin.


Agar ALloh nazdida mol-dunyoning qadri zarracha bo'lsa edi,uni Fir'avnlarga emas, balki payg'ambarlarga va aziz avliyolarga bergan bo'lardi.
Parvardigor mol-dunyoga xirs qo'yishdan va uning fitnasidan O'z panohida asrasin!

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Avgust 2007, 09:36:46

Ey, inson, sen to to'rt o'limni totib ko'rmaguningcha Alloh uchun biror amal qila olmaysan.
Birinchisi- qizil o'lim. Y'ani podshohlardan, johillardan va ro'zg'ordan yetib turadigan jafolarga sabr qilish va uni xalqdan daf qilish.
Ikkinchisi - oq o'lim, ya'ni tilni turli yomon so'zlardan saqlash.
Uchinchisi - qora o'lim,ya'ni nafs-havoga qarshi harakat qilish.
To'rtinchisi - sariq o'lim,ya'ni har bir narsa va voqeadan ibrat olish.


Bu xislatlarga ega bo'lishlik qiyin va mashaqqatli bo'lgani uchun ular o'limga o'xshatiladi.

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Avgust 2007, 09:39:43

Bilgilki, mening yo'limdan adashib, umrini zalolatda o'tkazganlarga, bu dunyoda qiyomat hisob-kitobini unutganlari uchun og'ir azoblar berilur.

Bilgilki, insonga halol qatra-qatra kelur, harom esa sel kabi mo'l-ko'l kelur. Har kimning yemishi halol bo'lsa, dini pok bo'lar.

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Avgust 2007, 09:42:46

Bilgilki, qaysi bir bandaning qalbini mol-dunyo yig'sih sehri ishg'ol qilgan bo'lsa, uni faqirlik haxfi bilan band qilib qo'yaman. O'limni esidan chiqarib qo'yaman va yana uni mol-dunyo yig'ish bilan ovorayi sarson qilib, oxiratni eslamaydigan g'ofil qilib qo'yaman.

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Avgust 2007, 09:45:10

Bilgilki, mening yo'limda xolis niyat ila qiladigan amallaringni qabul etaman. Xolis niyat va ixlos ila amal qiluvchilarga qanday ham yahshi!


Ey, inson, agar senga faqirlik yetayotganini bilsang, solih bandalar kabi "Xush keldingiz", deya qarshi olgil.

Qayd etilgan