Ta'rif notug'ri.
To'g'ri ta'rif?
endi,mavzuga qaytib,tarjima haqida gapirsak...
taaak,buni poll qilib aniqlash kerak.
Qo'shilaman.
1.Tarjima qilmaslikning foydali tomonlari---umumforum miqyosida beriladigan unvonlar hisoblanadi bular.
Shuning uchun ham,Robiya aytganidek,hohlagan insonga tanish so'zlar va chet ellik userlar uchun ham qiyinchilik tug'dirmaydi.
Umumforum miqiyosidagi unvonlar bo'lishi o'zbekchalashtirishga mone'lik qilolmaydi.
Siz aytgan "chet ellik userlar"ning millati o'zbekmi? Shunaqa o'lsa uyat emasmi, o'zbekchani tushunmasa?
2.Bu forum ma'rifat tarqatadigan,ilmga undaydigan forum ekan,bu yerga kirgan userlar hatto oddiy mana shu unvonlardan ham nimanidur o'rganishadi.Ya'ni, ingliz tilidagi ma'nosi nima ekanligini qiziqib ko'radi va o'ziga bitta so'z kashf etishi mumkin.
Haqiqiy o'zbekona forumda qo'llanilgan iboralardan inglizcha o'rganishadi deng. Oila a'zolarini inglizcha qanday atalishini bilish uchun qog'ozga yozib ularning peshonalariga yopishtirib qo'yish kerak degan fikr yodimga tushdi. (O'xshatish uchun uzr)
1.Tobora nurab,botqoqqa botib borayotgan O'zbek tilimizga xas uzatish hisoblanadi;
Xas emas yo’g’on yog’och uzatgan bo’lamiz, insha Alloh.
2.Yoshlarda O'zbek tilimizga bo'lgan ozroq muhabbat uyg'onishi mumkin (xuddi turklar kabi)
Qo’shilaman.
3.Tarjima qilganda ham,aynan ingliz tilidagi variantni so'zma-soz tarjima qilish emas (masalan,yangi ishtirokchi,kichik ishtirokchi,katta ishtirokchi...etc) balki,yangi unvonlar o'ylab topish kerak yoki muqobil variant taklif qilish kerak.Aks holda,yangi to'nga yarashmagan yamoqdek bo'pqolishi mumkin.
Haliyam tarjima deb yuribsiz, men esa o’zbekchalashtirish haqida gapiryapman. Allaqachon farqiga yetgansiz deb o’ylagandim.
Masalan,bir forumda ko'rgandim,o'nboshi,yuzboshi,mingboshi..kabi masanablar berilgan.
Shunga ox'shagan,biror o'zimizga xos unvonlarni qidirib ko'rish kerak.
Yaxshi fikr.
Umuman olganda,juda ham jiddiy narsa emas bu.Agar Admin o'zgartirsa ham yoki shundayligicha qoldirsada hamma ko'nikib ketuvradi.
Fikringiz to’g’ri, lekin bu shundayligicha qoldirgan ma’qul degani emas.