Топ рейтинг www.uz Fikr va mulohazalar

So'rovnoma

Forumdagi sizga eng ma'qul kelgan bo'lim qaysi?

Umumiy
Forumchilar hayoti
Forumchilar blogi
Islom
Islomiy kitoblar
Yangiliklar
Madaniyat
Fikr va mulohazalar
Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar
Ma'rifat
Kutubxona
Intellekt
Darsxona
Fan va texnika
Oila va jamiyat
Salomatlik
Pazandalik
Tikuvchilik
Biznes
Xorijdagi o'zbeklarim
Hamyurtlar
Xorijiy bo'lim/Foreign board

Fikr va mulohazalar  ( 326161 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 53 B

Imron  09 Fevral 2008, 17:25:04

Яхши бслибди, лекин қайси тилга мослаштирилган?

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 16:49:52

Negadir men oxirgi 2 kunda ancha zerikdim. Deyarli Forumda yangi postlar qoldirilmadi. Nega? Qayerda qoldi faollar? ???

Qayd etilgan

Rukhiya  27 Fevral 2008, 20:07:58

Negadir men oxirgi 2 kunda ancha zerikdim. Deyarli Forumda yangi postlar qoldirilmadi. Nega? Qayerda qoldi faollar? ???

Assalom alaykum!

Gap post ko'pligida emas. Muhimi kuniga bir dona post qo'yilsa ham kimgadir manfaa'ti tegishida.
Ziyouz forumini boshqa forumlardan ajralib turadigan, insonni jalb qiladigan tamoni har-bir postda bir qadar ma'noli, foydali postlar ko'pligida edi. Forum avvalgi ko'rinishini yuqotib bormoqda.
Avfsus-ki hozir sezilarli darajadi, bemani postlar paydo bo'lmgan.
Gap bu erga ko'p post qo'yishda emas, uni berayotgan foydasida.

PS:
Hurmali barcha moderatorlar, sizlardan iltimos.
Bo'limilaga qo'yyilayotgan postlarni imkonlaring yetgancha tekshirib, mulohaza qilib ko'rilar. Qo'yilayotgan postlar foydalimi, yo'qmi shunga e'tiborliroq bo'laylik.
 Foydasi tegmaydigan narsalar ko'payishini oldini olsak yaxshi bo'ladi inshaAlloh..

Qayd etilgan

AbdulAziz  28 Fevral 2008, 07:27:36

Assalamu alaykum!
Rukhiya, gapingizda jon bor.
Ko'pincha yangi a'zolar forumning asl maqsadi va mohiyatini anglamagan holda o'zlari bilganlaricha har xil postlarni qoldirishaveradi. Ular to bu forumning ko'ngilochar emas, balki insonlarga ma'rifat ulashish qoidasiga moslashgunlariga qadar shu holat bo'lib turadi.
Shunda biz nima qilishimiz kerak?
Avvalo tushuntiramiz. Birodar, shu yozganingdan kimga, nima foyda? Aziz bo'lgan vaqtingni o'zinggayam, boshqalargayam, oxiratinggayam foydali narsalarga sarflasang-chi...
Tushunishadi, kerak bo'lsa bu tanbehdan xursand bo'lishadi.
Mana shu narsani shakllantira olishimiz darkor.

Rukhiya, sizni Global moderator qilib ham sayladim. Istalgan bema'ni postni o'chirishingiz, tahrir qilishingiz mumkin.
Barchamizning qilayotgan hayrli ammallarimizda Allohdan madad tilab qolaman.

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  28 Fevral 2008, 10:17:38

Ha, tushundim. Hali sizlardan ko'p narsani o'rganishim kerak. Ba'zi xatolarim bo'lsa kechirasizlar degan umiddaman. Ayniqsa postlar masalasida.

Qayd etilgan

lolo  02 Mart 2008, 17:24:21

Forumda "Islom" bo'limi "Umumiy" bo'limni ichiga kiritilganakan, shuni "Ilm va Ziyo" bo'limiga o'tqazilsa to'g'riroq bo'lardi.

Qayd etilgan

Muhammad Amin  02 Mart 2008, 18:21:13

Assalamu alaykum!
Rukhiya, gapingizda jon bor.
Ko'pincha yangi a'zolar forumning asl maqsadi va mohiyatini anglamagan holda o'zlari bilganlaricha har xil postlarni qoldirishaveradi. Ular to bu forumning ko'ngilochar emas, balki insonlarga ma'rifat ulashish qoidasiga moslashgunlariga qadar shu holat bo'lib turadi.
Shunda biz nima qilishimiz kerak?
Avvalo tushuntiramiz. Birodar, shu yozganingdan kimga, nima foyda? Aziz bo'lgan vaqtingni o'zinggayam, boshqalargayam, oxiratinggayam foydali narsalarga sarflasang-chi...
Tushunishadi, kerak bo'lsa bu tanbehdan xursand bo'lishadi.
Mana shu narsani shakllantira olishimiz darkor.

Rukhiya, sizni Global moderator qilib ham sayladim. Istalgan bema'ni postni o'chirishingiz, tahrir qilishingiz mumkin.
Barchamizning qilayotgan hayrli ammallarimizda Allohdan madad tilab qolaman.

Bu gaplarda juda katta ma'no bor. Haqiqatdan bu gaplar to'g'ri. Aziz userlar forumni barcha qonun va qoidalariga amal qilib ishlaylik. Haqiqatdan ham bemani postlar kiritishni bas qilaylik. Vaqtni qadriga etaylik. Shunda hammasi Inshalloh yaxshi bo'ladi!

Qayd etilgan

MaxCmd  05 Mart 2008, 12:22:07

Assalomu alaykum.

AbdulAziz, sizga forum uchun ancha foydali taklifim bor.

Forumdagi har bir postga qo`shimcha baho berilsa. Asosan, manfiy.
Shunda -10 olgan postlar avtomatik o`chirilsa, ketma-ket yomon baholi postlar qoldirayotgan foydalanuvchilarni ogohlantirish, balki, forumdan chiqarib tashlash mumkin.

Hozirda, faqat foydalanuvchilarga baho berish mumkin. Buni ko`pchilik payqamasligi mumkin.

Aynan xabarlar, mavzular, fikrlarni esa, foydalanuvchilarning hukmiga havola qilish kerak.

Hurmat bilan.

Qayd etilgan

Usmon  05 Mart 2008, 14:10:55

Assalomu alaykum.
Men MaxCmd akaning bu takliflariga qo'shilmagan bo'lardim.
Forum ishtirokchisining postini boshqa ishtirokchilar hukmiga havola qilish, menimcha, yaxshi emas (Administrator, Global va oddiy moderatorlar bundan mustasno).
Chunki, agar forumdosh kimgadir (balki ko'pchilikka) yoqmaydigan (biroq chidasa bo'ladigan, Moderatorlar o'chirmaslikni lozim topgan) post qoldirsa-yu, unga noto'g'ri fikri yoki xatosi haqida post yoxud PM orqali tushuntirilsa, bu nafaqat o'sha ishtirokchining o'ziga, balki undan keyingi va boshqa yangi userlarga ham foydali bo'lishi mumkin.
Axir, "xatolar orqali barchasi o'rganiladi".
Kimningdir yomon munosabati orqali o'chib ketgan post esa, hatto o'z egasiga ham foyda keltirolmaydi.

Qayd etilgan

MaxCmd  05 Mart 2008, 16:31:20

Assalomu alaykum, Usmon.

Bu yerda post faqat bir kishining emas, ko`pchilikning hukmiga havola etiladi.
Moderatorlar kuniga nechta odamga PM orqali xat yozishi kerak?
O`zingiz zimmangizga ola olasizmi shunday vazifani?

Agar moderatorlar boshidan siz aytganday yo`l tutishganda, hozirgi taklifni kiritmagan ham bo`lardim.

Qayd etilgan

Usmon  05 Mart 2008, 16:41:58

Yo'q. Sababi esa PM orqali

Qayd etilgan

AbdulAziz  05 Mart 2008, 21:34:32

Assalomu alaykum.

AbdulAziz, sizga forum uchun ancha foydali taklifim bor.

Forumdagi har bir postga qo`shimcha baho berilsa. Asosan, manfiy.
Shunda -10 olgan postlar avtomatik o`chirilsa, ketma-ket yomon baholi postlar qoldirayotgan foydalanuvchilarni ogohlantirish, balki, forumdan chiqarib tashlash mumkin.

Hozirda, faqat foydalanuvchilarga baho berish mumkin. Buni ko`pchilik payqamasligi mumkin.

Aynan xabarlar, mavzular, fikrlarni esa, foydalanuvchilarning hukmiga havola qilish kerak.

Hurmat bilan.

Va alaykum assalom!
Men ham taklifingizga unchalik qo'shilavermayman.
Forumda eng ko'p yangi foydalanuvchilar qoida buzadilar. Ular to forumga moslashib ketgunlariga qadar biroz fursat o'tadi. Agar bu paytda biz ularga qattiq choralarni qo'llasak, umuman forum degan narsadan ko'ngillari qolib ketadi.
Shuning uchun xato qilishsa ham mayli, biz tuzatib qo'yaylik, aytaylik, tushuntiraylik. Inshaalloh, shunda go'zal natija bo'ladi. Sen xato qilding deb uni qulflab qo'ygandan, yaxshi gap bilan tushuntirganimizda foydalanuvchi uchun foyda bo'ladi...

Qayd etilgan

MaxCmd  05 Mart 2008, 23:35:03

Javobingiz uchun tashakkur, AbdulAziz.

Men tajribamdan va hozirgi forumning holatidan kelib chiqib taklif kiritgandim.

Albatta, bu bir taklif xolos.

Qayd etilgan

Janetka_UZ  10 Mart 2008, 19:19:32

Assalomu aleykum!
Men takliflar bilan emas tilaklar bilan kirdim!
Men bu forumga kirib turyapganimga hech qancha bo'lmadi lekin shu qisqa vaqt ichida shu forumga  qandeydir bog'lanib qoldim!Shu forumga kirsam vaqtim qandeyla o'tganini sezmay qolaman! Shu forumni yaratgan insonlarga rahmat! Iloj topishim bilan endi shu forumga kirishga harakat qilaman chunki bu erda haqiqiy samimiylikni ko'rib rosti gap havasim keldi!O'zimga ancha kerakli hulosalar oldim. Men ham shu forumdagilar bilan yaqindan tanishish istagidaman!
Ishlarilarga omad tileyman!

Qayd etilgan

AbdulAziz  11 Mart 2008, 07:46:45

Va alaykum assalom!
Samimiy tilaklaringiz uchun tashakkur!
Sizga har doim yaxshi kayfiyat va mana shunday dilxushlik yor bo'lishini tilaymiz.

Qayd etilgan