Assalomu alaykum.
Men MaxCmd akaning bu takliflariga qo'shilmagan bo'lardim.
Forum ishtirokchisining postini boshqa ishtirokchilar hukmiga havola qilish, menimcha, yaxshi emas (Administrator, Global va oddiy moderatorlar bundan mustasno).
Chunki, agar forumdosh kimgadir (balki ko'pchilikka) yoqmaydigan (biroq chidasa bo'ladigan, Moderatorlar o'chirmaslikni lozim topgan) post qoldirsa-yu, unga noto'g'ri fikri yoki xatosi haqida post yoxud PM orqali tushuntirilsa, bu nafaqat o'sha ishtirokchining o'ziga, balki undan keyingi va boshqa yangi userlarga ham foydali bo'lishi mumkin.
Axir, "xatolar orqali barchasi o'rganiladi".
Kimningdir yomon munosabati orqali o'chib ketgan post esa, hatto o'z egasiga ham foyda keltirolmaydi.