So'rovnoma

Forumdagi sizga eng ma'qul kelgan bo'lim qaysi?


Umumiy
Forumchilar hayoti
Forumchilar blogi
Islom
Islomiy kitoblar
Yangiliklar
Madaniyat
Fikr va mulohazalar
Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar
Ma'rifat
Kutubxona
Intellekt
Darsxona
Fan va texnika
Oila va jamiyat
Salomatlik
Pazandalik
Tikuvchilik
Biznes
Xorijdagi o'zbeklarim
Hamyurtlar
Xorijiy bo'lim/Foreign board


Fikr va mulohazalar  ( 346042 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 79 B


Abdullоh  30 Aprel 2009, 16:59:27

Juda yaxshi bo'lardi. Anchadan beri bunday viktorinalar to'xtab qolgandi.

P.S. Uchinchi bora urinib ko'rarkanmanda g'olib bo'lishga! Agar muhtaram adminimiz bu taklifni yoqlasalar, albatta  :)

Qayd etilgan


Arabboy  01 May 2009, 18:34:39

Assalomu-alaykum menga ushbu sayt juda yoqdi. Usbu saytga qo'shiganimdan bag'oyat hursandman. : ) : )

Qayd etilgan


Muzayyana  02 May 2009, 12:26:17

 :as:
Manimcha bu fikr forumdoshlarga manzur bo'laypti.
Endi adminimizga qoldi buyog'i.
Balki so'rovnoma o'tkazilar.
Qolgan forumdoshlariyam fikrlarini kutamiz.
InshaAlloh bu ham iymonlashishimiz uchun bir vasila bo'ladi deb umid qilaman.

Qayd etilgan


Abdullоh  02 May 2009, 17:15:45

Assalomu-alaykum menga ushbu sayt juda yoqdi. Usbu saytga qo'shiganimdan bag'oyat hursandman. : ) : )

 :vslm:
Birodari aziz, bizning forumimizga xush kelibsiz. O'ylaymanki, siz ham boshqa forumdoshlar qatori tez orada faollardan biriga aylanasiz va eng muhimi bu yerdan yo'qotgan narsangizni topasiz degan umiddaman.
 :as:

Qayd etilgan


Musannif Adham  02 May 2009, 17:54:26

Assalomu alekom.
Mandayam bitta taklif boridi. Bunga forumdoshlar nima diyishadi bilmadim. Forumni chati ochilsa qando bo'larkin. Ya`ni online bo'lib turgan foydalanuvchilar uchun chat.

Va alaykum assalom!
Bu masala oldin ham ko'tarilgan. Lekin rad etilgan.
PM (personal message) - shaxsiy xabarlar xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

To'g'ri, chatning keragi yo'q. Forumda shundoq ham off-top qilinadigan mavzular ko'payib ketgan. Chat forum yo'nalishining salbiy tomonga o'zgarishiga va oxir-oqibatda obro'sizlanishiuga olib keladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 May 2009, 08:28:44

:as:
Manimcha bu fikr forumdoshlarga manzur bo'laypti.
Endi adminimizga qoldi buyog'i.
Balki so'rovnoma o'tkazilar.
Qolgan forumdoshlariyam fikrlarini kutamiz.
InshaAlloh bu ham iymonlashishimiz uchun bir vasila bo'ladi deb umid qilaman.

Va alaykum assalom!
Hozirda menda vaqt masalasi biroz muammo bo'lib turibdi.
Inshaalloh, boshlaymiz.
Tayyorgarlikni ko'rib boraveringlar.

Qayd etilgan


imlaah  14 May 2009, 07:55:42

Assalamu alaykum.
Forumni kuzatib amin bo'lganim ba'azi mulohazalarimni qaerga yozishni bilmay shu yerga yoza qoldim.Bu mulohazalar kimnidir ranjitsa avvaldan uzrlarim,maqsadim birovni ranjitish emas balki ba'zi fikrlarimni forumchilarga havola qilib bu borada sizlarning ham fikr va mulohazalaringizni bilmoq.
Kuzatishim bo'yicha bu forumda ziyo va ilmga muhit keng mashaallah.Ammo bazi nuqsonlar kuzatgan insonga yaqqol seiladi va insonni ba'zida asabiga tasir qilmay qolmaydi.
1.Ba'zi userlarni postlarida "shakarim,aslaim" hullas oilada jajji bolajonlarga nisbatan qo'llaniladigan erkalatuv so'zlarini qollanishi juda sohta manzara bo'lib korinadi men uchun sizlarga bu holat qanday tasir qiladi hurmatli forumdoshlar?
2. Avvalgi forumchilarni fikrlarida soddalik va haqqoniylik aniq sezilib turgan ekan,yaniy postlaridan fikr egasini fikrlashi va hayotdagi asl qiyofasini tasavvur qilish mumkin bo'lgan ekan.Ayni kunlardagi postlarni ba'zilarida sohta mulozimat , post sohibini qandaydir parda ortida turgandek tasavvur  uyg'otadi kuzatuvchida.
2. Forumda savol javob va fatvolarga oid fikrlarda kuzatilsa  fatvoga haqli ulamo va ustozlarni emas balki hali islom ilmiga endigina kirishgan oddiygina talabi ilmlarni shoshmashosharlik bilan o'z fikrlariga tayangan "javoblar" uchrayapti.Bu ham juda katta nuqson. Ayniqsa ayol qizlar maslahat tarzida ham fatvoga oid maslada post qilishda biror mujtahid olimni fikriga tayaning .Chunki fatvo berish erkak va mujtahid ulamolarni haqlaridir.

P.S. Mulohazalarim kimningdir qalbini og'ritsa yana bir bor uzr.Boshqa forumchilarni ham fikrlarini bilsak yomon bo'lmasdi.

Qayd etilgan


Rukhiya  14 May 2009, 12:18:03

 :as: Imlaah.

1) 1-savolizni har kim o'zidan kelib chiqib har-hil qa'bul qilishi mumkin. Bu so'zlarni ishlatish yoki boshqalardan eshitish, usha insonni qanday muhitga o'sganiga ham bog'liq. Ba'zilar bu so'zlar eshitib yoki eshlatib voyaga yetgan bo'lishi mumkin. Tabbiiy-ki bu so'zlar shu sababdan hush yoqishi mumkin.
Shu bois biz bu borada hech qanday gumonga bora olmaymiz. Shu so'zni ishlatuvchilar o'zlarini shirin so'z qilib ko'rsatmoqchimi  Qalbini Alloh biladi.  Balkim chin qalbdan shu so'zlarni ishlatar, buni ham bilmaymiz. Agar dinimizda bu so'zlarni muslimalar muslimalarga ishlatishi joiz  bo'lsa bemalol ishlataverishsin qizlarimiz. Qarshilik qilishga haqqimiz yo'q!

2) Avvalo soddalik,kamtarlikga va iloji boricha oddiy bo'lishga nima yetsin!!
O'zlarida yo'q narsani bezab ko'rsatishga harakat qilganlar,InshAlloh bir kun baribir qanaqaliklari fosh bo'ladi. Hammamizga Alloh insof bersin....

3)Ana endi 3-mulohazangiz mutloq o'rinli. Shaxsan man uchun juda ayanchli va dahshatli bu hol.Nimani bo'ynilariga olib javob berayotganlarini nahot o'zlari bilishmasa? O'zlarini ziyonlariga hizmat qilib qo'yishdan nahot cho'chishmasa? Ohirgi paytda shu holdan zo'rg'a o'zimi tiyib turgandim. Na dalil na manba bor.
Hullas, o'zlarini fatvo berayotganda hushyorlikga chairib, sahih manbalarga asoslanib javob berishga o'rgatishlari kerak.





Qayd etilgan


AbdulAziz  15 May 2009, 08:52:15

Va alaykum assalom!
Kuyunchaklik bilan bildirgan mulohazalaringiz uchun tashakkur!
 
1.Ba'zi userlarni postlarida "shakarim,aslaim" hullas oilada jajji bolajonlarga nisbatan qo'llaniladigan erkalatuv so'zlarini qollanishi juda sohta manzara bo'lib korinadi men uchun sizlarga bu holat qanday tasir qiladi hurmatli forumdoshlar?

Bundan muomala garchi ayol userlar tomonidan bir-birlariga nisbatan ishlatilsa-da, garchi bu ular uchun samimiylik ma'nosida tushunilsa-da, erkak user sifatida menda yaxshi taassurot uyg'otmadi va o'zimga singdira olmadim. Bunday muomalani erkaklar yo'q joyda qilinsa, samimiy chiqadi. Cho'rtkesarlik bilan aytadigan bo'lsam, agar erkakning oldida biron ayol yoki qiz boshqa qizga nisbatan "asalim, shakarim" desa, har qanday erkak ham biroz o'ylanib qoladi...

Iqtibos
2. Avvalgi forumchilarni fikrlarida soddalik va haqqoniylik aniq sezilib turgan ekan,yaniy postlaridan fikr egasini fikrlashi va hayotdagi asl qiyofasini tasavvur qilish mumkin bo'lgan ekan.Ayni kunlardagi postlarni ba'zilarida sohta mulozimat , post sohibini qandaydir parda ortida turgandek tasavvur  uyg'otadi kuzatuvchida.

Mavlono Rumiyning go'zal hikmati bor:
"Yo asling kabi ko'rin, yo ko'ringaning kabi bo'l"

Iqtibos
3. Forumda savol javob va fatvolarga oid fikrlarda kuzatilsa  fatvoga haqli ulamo va ustozlarni emas balki hali islom ilmiga endigina kirishgan oddiygina talabi ilmlarni shoshmashosharlik bilan o'z fikrlariga tayangan "javoblar" uchrayapti.Bu ham juda katta nuqson. Ayniqsa ayol qizlar maslahat tarzida ham fatvoga oid maslada post qilishda biror mujtahid olimni fikriga tayaning .Chunki fatvo berish erkak va mujtahid ulamolarni haqlaridir.

Bu haqda Hamma o'qisin: Islom bo'limining asosiy qoidalari mavzu-eslatmasida aniq yozib qo'yilgan. Islom bo'limiga tashrif buyurganlar ushbu mulohazalarni yana bir bor o'qib amal qilishlarini so'rayman:

Mulohaza bildirayotganda quyidagilarga e'tibor berishingizni so'raymiz:
  • Avvalo bo'lim mavzulari bilan tanishib chiqing, siz post qilayotgan mavzu bu yerda bo'lishi mumkin.
  • Oyat va hadislar keltirayotganda uning ma'nosini iqtibos qilib keltiring.
  • Hadislarning kim tomonidan rivoyat qilingani va sahihligiga e'tibor qarating.
  • Boshqa risolalardan iqtibos olganda manbasini aniq bering.
  • Hukm va fatvolar kiritilayotganda ular qaysi mazhab ulamolariga tegishli ekanligi va sahihligiga diqqat qiling.

Qayd etilgan


Robiya  16 May 2009, 09:12:30

Assalamu alaykum Imlaah opa!

Juda to'g'ri fikr va mulohazalar uchun tashakkur!..

Sizdek opajonlar bor ekan, biz ham o'zimizni sekin - sekin isloh qilib boraveramiz, InshoAlloh.

Birinchi mulohazangizga kelsak, bu fikringiz to'g'ri. Demoqchimanki, bunday so'zlarni ishlatish o'z doiramizda ishlatish joiz...

Ikkinchi fikringiz ham qaysidir ma'noda to'g'ri. Biz hali kim to'g'riyu kim noto'g'ri gapiryapti bilishimiz mushkuldir, ammo AbdulAziz aka aytganlaridek,

Mavlono Rumiyning go'zal hikmati bor:
"Yo asling kabi ko'rin, yo ko'ringaning kabi bo'l"

Bunga kim qanchalik amal qilyapti yo yo'q, hamma ko'rib turibdi, Vallohu a'lam!

Uchinchi fikringizga ham qo'shilaman. Bunda Hamma o'qisin: Islom bo'limining asosiy qoidalari mavzusini yaxshilab o'qib keyin post qilish kerakligi administrator tomonlaridan aytib o'tilgan.

Qayd etilgan