Shu forumni eski aholisi yuqorida ko'rsatilga qonun qidalarga 100% amal qiladi dip kim eta oladi....
Uzr lekin no Silani gapiyladan bu forumda hamma to'g'ri boshqa forumdan kelganlar o'g'ri qabilida ish qivossila.
Forum ommaniki.......
Bu gapim b-n hohlagan ishimizni qilaveramiz dimoqchimasman...
Gapiyla busa PM yoziyla dipsiz Lekin uziyla birinchilardan kalla quyib pm yozzsayla buladiyu dip aql urgatvossila!
Assalamu alaykum.
Bu forumda hamma ham qonun qoidalarga 100% amal qilmaydi. O'zi umuman bu hayotda hamma narsada 100% amal qilib to'g'ri yo'ldan yuradigan kishini o'zi yo'q. Insonki, xatodan, kamchilikdan holi emas.
Lekin bir narsani to'g'ri tushunish kerakki, bu forumning eski a'zolari ham, yangi a'zolari ham iloji boricha qo'ldan kelganicha qoidalarga amal qilishga harakat qilishi lozim. Iloji boricha dilxiraliklardan, boshqa birodarni ko'ngliga ozor berishlikdan saqlanish lozim.
Alloh taolo dilozorlarni xushlamaydi, buni hamma biladi. Balki yuqorida,yaqin 2-3kun ichida yozilgan so'zlar shunchaki xazil qilib aytilgandir, lekin bu hazillar boshqalarga og'ir botsa, hazil qilgan kishi ulardan uzr so'rashi hech bo'lmasa, uzr so'rashga kibri yo'l qo'ymaganda, shu hazillarini davom ettirmasa, shuncha dilxiraliklar bo'lmasdi.
Inson bir birini tushunishiga ancha vaqt kerak bo'ladi. Bu forumga hamma kelganlar ham xato qiladi, kamchlik qiladi, kimnidir ko'ngliga ozor beradi. Lekin baribir oxiri uzr so'rashlik yoki o'sha suhbatni to'xtatishlik bilan tugagan.
Avvalo har bir inson bu yerga kirar ekan, o'z vaqtini qadriga yetishi, uni bekorga sarflamasligi lozim, deb o'ylayman.
Bu aqllilik qilib aytilgan gap emas, chunki bu haqiqat. Har bir lahzamiz o'lchovli va ne'mat ekanligini bilamiz. Va bu ne'mat uchun hisob kitob qilinishimizni ham juda yaxshi bilamiz.
Alloh taolo har birimizni Ulug' kunda yuzimizni yorug' qilsin. O'zi bergan ne'matlarni hisobini olayotganda bizni og'ir ahvolda qoldirmasin. Amiyn.