So'rovnoma

Forumdagi sizga eng ma'qul kelgan bo'lim qaysi?

Umumiy
Forumchilar hayoti
Forumchilar blogi
Islom
Islomiy kitoblar
Yangiliklar
Madaniyat
Fikr va mulohazalar
Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar
Ma'rifat
Kutubxona
Intellekt
Darsxona
Fan va texnika
Oila va jamiyat
Salomatlik
Pazandalik
Tikuvchilik
Biznes
Xorijdagi o'zbeklarim
Hamyurtlar
Xorijiy bo'lim/Foreign board

Fikr va mulohazalar  ( 510073 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 ... 79 B

registan  10 Noyabr 2009, 17:05:28

Manda esa umuman ochmadi bu link. ???

Nega? NIma deyapti?

Unaqa web sahifa yo'q deyapti. Sizga "soft" kerak bo'lsa biz topib beramiz deb boshqa sahifani ochvoryapti. :)

"Sony sound forge"ni man boshqa sahifadan ko'chirib install qildim. Faqat 30 kunlik trial versiyasini. :(

To'g'risini aytsam ko'rinishi manga yoqdi. Qanday foydalanishni esa bilmadim. :)

Qayd etilgan

Munira xonim  10 Noyabr 2009, 18:03:23

Shu forumni eski aholisi yuqorida ko'rsatilga qonun qidalarga 100% amal qiladi dip kim eta oladi....

Uzr lekin no Silani gapiyladan  bu forumda hamma to'g'ri boshqa forumdan kelganlar o'g'ri qabilida ish qivossila.

Forum ommaniki.......

Bu gapim b-n hohlagan ishimizni qilaveramiz dimoqchimasman...

Gapiyla busa PM yoziyla dipsiz Lekin uziyla birinchilardan kalla quyib pm yozzsayla buladiyu dip aql urgatvossila!

Assalamu alaykum.
Bu forumda hamma ham qonun qoidalarga 100% amal qilmaydi. O'zi umuman bu hayotda hamma narsada 100% amal qilib to'g'ri yo'ldan yuradigan kishini o'zi yo'q. Insonki, xatodan, kamchilikdan holi emas.
Lekin bir narsani to'g'ri tushunish kerakki, bu forumning eski a'zolari ham, yangi a'zolari ham iloji boricha qo'ldan kelganicha qoidalarga amal qilishga harakat qilishi lozim. Iloji boricha dilxiraliklardan, boshqa birodarni ko'ngliga ozor berishlikdan saqlanish lozim.
Alloh taolo dilozorlarni xushlamaydi, buni hamma biladi. Balki yuqorida,yaqin 2-3kun ichida yozilgan so'zlar shunchaki xazil qilib aytilgandir, lekin bu hazillar boshqalarga og'ir botsa, hazil qilgan kishi ulardan uzr so'rashi hech bo'lmasa, uzr so'rashga kibri yo'l qo'ymaganda, shu hazillarini davom ettirmasa, shuncha dilxiraliklar bo'lmasdi.
Inson bir birini tushunishiga ancha vaqt kerak bo'ladi. Bu forumga hamma kelganlar ham xato qiladi, kamchlik qiladi, kimnidir ko'ngliga ozor beradi. Lekin baribir oxiri uzr so'rashlik yoki o'sha suhbatni to'xtatishlik bilan tugagan.
Avvalo har bir inson bu yerga kirar ekan, o'z vaqtini qadriga yetishi, uni bekorga sarflamasligi lozim, deb o'ylayman.
Bu aqllilik qilib aytilgan gap emas, chunki bu haqiqat. Har bir lahzamiz o'lchovli va ne'mat ekanligini bilamiz. Va bu ne'mat uchun hisob kitob qilinishimizni ham juda yaxshi bilamiz.
Alloh taolo har birimizni Ulug' kunda yuzimizni yorug' qilsin. O'zi bergan ne'matlarni hisobini olayotganda bizni og'ir ahvolda qoldirmasin. Amiyn.

Qayd etilgan

registan  10 Noyabr 2009, 18:27:56

Man bir taklif kiritmoqchi edim. Hozirda o'zbekcha audio kitoblar juda kam. Shuning uchun vaqti va imkoniyati borlar kitoblarni o'qib audio kitob shakliga ketirsalar. Audio kitoblar sifati jahon talab darajasiga javob berishi shart emas, har xolda, niyatimiz kimgadir nimadir yetkazish emasmi? bir o'ylab ko'ring. Juda yaxshi bo'lardi, manimcha.

Yaxshi taklif, ammo buni yaxshilab ishlab chiqish kerak. Ushbu ko'rinishdagi audio kitoblarni kiritmoqchi bo'lganlarga avvalo qaysi programmadan foydalanish kerakligi va o'sha programmaning adresini berish kerak menimcha.

Manimcha endi kitoblar ro'yxatini tuzaversak ham bo'lar-a? Yoki ziyouz.comdagi kichik hikoyalardan boshlaymizmi?

Qayd etilgan

AbdulAziz  10 Noyabr 2009, 18:33:05

Menda bu hikoyalardan 3 tasi tayyor bo'lgan:
Anoyining jaydari olmasi. Erkin A'zam (47 minut)
Dehqonning bir kuni. O'tkir Hoshimov (16 minut)
Osmonning oxiri. Muhammad Yusuf (18 minut)

"Saodat asri qissalari" ham boshlandi. Ushbu kitobning 2-3-4-kitoblarini olishni istaganlar tayyorlashlari mumkin.

Qayd etilgan

registan  10 Noyabr 2009, 18:56:02

Bu hikoyalani qanday yuklab olsa bo'ladi, yoki hali sahifaga joylaganiz yo'qmi?

Qayd etilgan

AbdulAziz  12 Noyabr 2009, 09:00:15

Bu hikoyalani qanday yuklab olsa bo'ladi, yoki hali sahifaga joylaganiz yo'qmi?

Hali to'liq joylanmadi. Joylansa, xabar qilaman.

Qayd etilgan

Bekmirzo  12 Noyabr 2009, 09:05:54

 Forumning  designi ustida hali ishlash kerak. Optik ko'rinishi yomon ahvolda.

AbdulAziz, vaqt va imkoningiz bo'lganda,  kamchiliklarini bartaraf qilib qo'ysangiz, yaxshi bo'lardi.
rahmat!

Qayd etilgan

AbdulAziz  12 Noyabr 2009, 09:13:59

Forumning  designi ustida hali ishlash kerak. Optik ko'rinishi yomon ahvolda.

AbdulAziz, vaqt va imkoningiz bo'lganda,  kamchiliklarini bartaraf qilib qo'ysangiz, yaxshi bo'lardi.
rahmat!

Forum dizayniga oid shablonlar quyida userlarga taqdim etilgandi. O'shanda ko'pchilik, shu standart themeni tanlashgan.

PS. Forumga yangi dizayn kirita oladigan mutaxassis-userlarning ishlarini mamnuniyat ila qabul qilamiz.

Qayd etilgan

Arbuzchi  12 Noyabr 2009, 14:47:49

Moderlani ism pamiliyasini e'lon qiliyla. Kim bilan do'st, kim bilan dushman bo'lishliyimizni bilvoliyluuu... ;D

Qayd etilgan

ЖАМШИДЖОН  12 Noyabr 2009, 14:50:46

Moderlani ism pamiliyasini e'lon qiliyla. Kim bilan do'st, kim bilan dushman bo'lishliyimizni bilvoliyluuu... ;D

to'g'risi aka siz shu yerda bo'lganiz yaxshikan a bu hadeb siqilib o'tirish ham to'g'ri kelmas ekan odamga sizi postlarizi o'qib kulgim kelyabdi.

Qayd etilgan