So'rovnoma

Forumdagi sizga eng ma'qul kelgan bo'lim qaysi?

Umumiy
Forumchilar hayoti
Forumchilar blogi
Islom
Islomiy kitoblar
Yangiliklar
Madaniyat
Fikr va mulohazalar
Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar
Ma'rifat
Kutubxona
Intellekt
Darsxona
Fan va texnika
Oila va jamiyat
Salomatlik
Pazandalik
Tikuvchilik
Biznes
Xorijdagi o'zbeklarim
Hamyurtlar
Xorijiy bo'lim/Foreign board

Fikr va mulohazalar  ( 331866 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 ... 79 B

registan  12 Dekabr 2009, 11:59:56

Forumda audio kitoblar joylab borilayotgani juda yaxshi bo'lyapti. Alloh sizlardan rozi bo'lsin. Man ham "Jannat vasfi"ni boshlab qo'ygandim, tugatishga vaqtim bo'lmayapti, inshaAlloh tugatishga harakat qilaman.

Shu o'rinda bir takllif bor edi. Forumda audio faylni to'g'ridan-to'g'ri joylab qo'ygandan ko'ra, online audio playerni joylasa qanday bo'larkan. Eshitmoqchi bo'lganlar osonlik bilan eshitishlari mumkin bo'lardi.

Qayd etilgan

AbdulAziz  12 Dekabr 2009, 13:24:42

Shu funksiyani bajara oladigan modni qidirib ko'raman.

Qayd etilgan

registan  14 Dekabr 2009, 17:57:53

Yana bitta taklif: Forumda boshqa bir joydan (masalan worddan) matn qo'ysangiz formati o'chib ketadi, shuni qanday bo'lsa shunday formatda tushadigan qilishning iloji bormi? Kitob joylayotganlarga juda qulay bo'lar edi.

Qayd etilgan

AbdulAziz  15 Dekabr 2009, 07:33:54

Yana bitta taklif: Forumda boshqa bir joydan (masalan worddan) matn qo'ysangiz formati o'chib ketadi, shuni qanday bo'lsa shunday formatda tushadigan qilishning iloji bormi? Kitob joylayotganlarga juda qulay bo'lar edi.

Texnik jihatdan mumkin emas.
Chunki forumda BBkoddan foydalaniladi.

Qayd etilgan

lolo  27 Dekabr 2009, 07:40:14

Assalamu alaykum!
Forumda "Raxmat aytish" finktsiyasi ishga tushgach off-toplar 30%ga kamaygan edi. Hammamizga ma'lumki hamma postlar ham Raxmat aytishga munosib emas. Shundan kelib chiqiladigan bo'lsa endilikda tanqidiy off-toplar ko'payganini ko'rishimiz mumkin. Shuning uchun Raxmatni aksi bo'lgan (harholda la'nat emas), masalan, "E'tiroz bildirish", "Qarshiman" yoki "Rad etish" kabi so'zni ifoda ettiruvchi funktsya (knopka) joriy etilsa yaxshi bo'lardi degan fikrdaman. Shunda off-toplar 50%ga kamayardi, vallohu a'lam. Nega qarshi ekanligining izohi so'ralsagina etilishi mumkin, yoki PMda... Hullas shunda hech kim "san-man"ga borib o'tirmasdi. Ayniqsa kop-kotta odamla (Moderator sahifasi mavzusidagidek) arzimagan narsalani tortishib o'tirishi uyat-de!

Qayd etilgan

Chustiy  27 Dekabr 2009, 11:37:36

Bunday holat boshqa forumda "Groan" tugmasi qo'yilgandi, natija judayam salbiy bo'lgan. Bu yerda ham shunday bo'ladi, sahsiy adovati borlar, kelib postni o'qimay turib ham, yoki nafsiga tog'ri kelmaydigan post bo'lsa, "Qarshiman" deb tugmani bosib ketaveradi.. Natijada yana oldingi (+/-) kabi yana mojarolarga sababchi bo'ladi.. Bunga shu forum tarihiyam guvoh...

Qayd etilgan

Ansora  04 Yanvar 2010, 15:07:18

Assalomu-alaykum.

Forumga a'zo bo'lganimdan beri bir narsa e'tiborimni tortdi.
Butun kelishmovchiliklar, tortishuvlar, dilxiraliklarning barchasi Diniy mavzularda kelib chiqyabdi afsus. Bu meni shaxsiy fikrim.
Sababi barchamizning Diniy bilimimiz, dunyoqarashimiz, xozir yashab turgan joyimizdagi sharoitning turfa xil bo'lishi...

Bu narsa hech birimizni baxtiyor qilmayotganligi aniq.

Menda bir taklif bor: Biron bir İslomiy tushuncha haqida yangi mavzu ochmoqchi bo'lsak avvalo bu forumni ter to'kib shu kunlarga olib kelgan administratoriga maslahat qilsak.
 
Mayli bu mavzu darrov ochilmasin, chunki bir-birimiz bilan muloqotga o'tishimiz ham vaqt oladi. "Shoshilib qilingan ishga shayton aralashar", deydilar.

Yangi mavzuga oid qanday asar, qanday maqola bor bo'lsa, hammasi AbdulAzizning bir ko'z kechirishlaridan o'tsa.

Xudo ko'rsatmasin, erta-indin biron nojo'ya gap bo'lib qolsa hammamiz "inimizga kirib ketamiz", yana sababchi va gunohkor AbdulAziz bo'lib qolaveradilar.

Yoki biz Diniy mavzularda hech bir-birimizga odamday muomala qila olmas ekanmiz, AbdulAziz Diniy mavzularda a'zolarning yangi sahifalar ochishini ta'qiqlab qo'ysinlar.

Bir domlamiz aytardilar: "İnsonlar eng ko'p Din, Falsafa, Siyosat haqida tortishladilar. Kelinglar-chi Tibbiyot, Fizika va shunga o'hshash aniq fanlar haqida ham tortishib ko'ringlar-chi!"

Eng muqaddas qadriyatimiz İslom Dinimiz haqida hurmat bilan so'z yurita olsakkina yuritaylik bo'lmasa bu mavzularni bu ishning Ustozlaridan tinglab tura qolaylik.  

Tilagim, bir insonning ko'z nurining, umrining samarasi bo'lgan Ziyouz forumiga ko'cha-kuydagidek muomalada bo'lmaylik.

Barchangizga tinchlik-omonlik tilab qolaman....

Qayd etilgan

lolo  05 Yanvar 2010, 15:40:24

Aniq sahih hujjatla kimnidir nafsiga, yoki ota-bobosi yoki ustoz deb etagidan tutgan odamini ishiga to'g'ri kelmay qolsa, keyin uni qabul qilolmay qolishi natijasida - hamma muammolar, ihtilof va tortishuvlar kelib chiqadi! Saytdagi qanchadan-qancha chiroyli, yaltir-yultur maqola va kitoblar sahih e'tiqod ustiga barpo bo'lmasa buni hech birimizga foydasi yo'q. Shuning uchun avval maqsadni aniqlash kerak bo'ladi: soni kerakmi yoki sifat?! (Shaxsan man sifat tarafdoriman, sizlarni ham shunday deb o'ylar edim...!!!)

Qayd etilgan

Mehrozbek  02 Fevral 2010, 23:44:45

Asalomu aleykum men bu forumdan foydalanayotganimdan hursandman forumda umuman kamchilik yok desa ham boladi shunday forum yaratganinglardan hursandman.Iltimos menga ham ozimni yaqinlarim bolishiga yordam beringlar.

Qayd etilgan

AbdulAziz  03 Fevral 2010, 10:31:32

Asalomu aleykum men bu forumdan foydalanayotganimdan hursandman forumda umuman kamchilik yok desa ham boladi shunday forum yaratganinglardan hursandman.Iltimos menga ham ozimni yaqinlarim bolishiga yordam beringlar.

Va alaykuym assalom!
Forumdagilarning hammasi birodar, aka-ukalardekdir.
Qanday fikringiz bo'lsa, bemalol bayon qilavering.

Qayd etilgan