So'rovnoma

Forumdagi sizga eng ma'qul kelgan bo'lim qaysi?


Umumiy
Forumchilar hayoti
Forumchilar blogi
Islom
Islomiy kitoblar
Yangiliklar
Madaniyat
Fikr va mulohazalar
Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar
Ma'rifat
Kutubxona
Intellekt
Darsxona
Fan va texnika
Oila va jamiyat
Salomatlik
Pazandalik
Tikuvchilik
Biznes
Xorijdagi o'zbeklarim
Hamyurtlar
Xorijiy bo'lim/Foreign board


Fikr va mulohazalar  ( 510117 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 ... 79 B


Shoxruh Mirzo  25 Oktyabr 2010, 22:26:16

AbdulAziz aka sizdan bir iltimos, faqat studentchani o'ziga o'sha

yopilgan mavzudan dostup berib qo'yin...


Qayd etilgan


Akbarjоn  25 Oktyabr 2010, 23:53:44

u kishini e mail adreslarini sizga yubordim, o'zlari bilan bir suhbatlashib ko'ring, zora kongil hotirjam bo'lsa ;)

Qayd etilgan


studentcha  25 Oktyabr 2010, 23:58:05

Xa xa xa!

to`gri u mavzu yopilishi kerak edi... lekin uni orqasidan gapirishdan oldin bu ish bajarilishi kerak edi... endi esa bu kech bo`ldi!

Qayd etilgan


siddiqa  26 Oktyabr 2010, 00:28:25

forum eshiklari ochiq sizga ,
shu mavzu yopilganiga shunchami ,fikrlarizi boshqa mavzular uchun ham ajratib turing  :) :) :)

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Oktyabr 2010, 09:26:10

Talab va takliflarga muvofiq, Salomatlik sho'basida yangi bo'lim ochildi:
Noan'anaviy tibbiyot
Bo'limda tibbiyotdagi noan'anaviy usullar, yovvoyi o'tlar bilan davolash haqida mavzular o'rin oladi.
Bo'lim moderatori: Hadija

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Oktyabr 2010, 09:11:57

Talab va takliflarga muvofiq, Xorijiy bo'lim/Foreign board sho'basida yangi bo'lim ochildi:
Turk tili va adabiyoti
Bo'limda Turk tili saboqlari, turk adabiyoti haqida mavzular o'rin oladi.
Bo'lim moderatori: Kapalak

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  01 Noyabr 2010, 14:38:21

Bismillohir rohmanir rohiym!

Taklif:

Xalqimiz orasida otang bozor, onang bozor, och bo'lsang bozorga bor...degan gaplar bor.

Surai Baqaradagi ALLOH taoloning: "Sizlarga savdo sotiq halol qilindi" mazmunidagi oyatga;

Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ning o'zlari bir vaqtlar savdo ahllaridan bo'lganligiga;

Sahobalardan bir qanchalari; tobeinlar va salafi solihlarni ko'pchiligi halol tijorat bilan shug'ullanganligiga;

Respublikamizning:
-Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish;
-Iqtisodning siyosatdan ustunligi tamoyillariga muofiq, Darsxona bo'limidagi Iqtisod saboqlari kichik bo'limini kattaroq qilib, Tadbirkorlar deb nomlab katta bo'limlar safiga qo'shsak.

Maqsad:

 Zamona zayli bilanmi yoxud sharoit shuni taqazo qildimi, hamma o'zini bozorga "ura" boshladi.

O'qituvchi ham bozorda, o'quvchi ham bozorda;

O'g'ri ham bozorda to'g'ri ham bozorda...

  • Bizga hamma ishda o'rnak bo'ladigan zot, Nabiy s.a.v.: "Qaysi ishni o'zini egalari qilmasa, o'sha ishni qiyomatini kutaveringlar" degan mazmundagi hadislariga binoan, bugungi kunimizda tijorat ishlari o'z egalari qo'lidami?

    Pulni qaerda olib qaerga sarflash kerak?

    Shariatimiz savdoga qanday qaraydi?

    Dinimiz tijoratda qanday yo'llarni ko'rsatadi?

    Halol tijorat nima?

    Hamda Davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga ochilgan keng imkoniyatlardan tadbirkorlarimiz to'g'ri foydalana olayaptimi?

    Qonunchiligimizda noqonuniy savdolarga nimalar kiradi?

    Qonun tadbirkorlarga qanday cheklovlar o'rnatgan?

    Yosh tadbirkorlarga qanday maslahatlar zarur?  va shu kabi bir qator savollar yuzasidan fikr almashinish maqsadida...


Shu bilan birga shar'iy va dunyoviy tijorat qandayligi haqida fikr almashsak maqsadga muofiq bo'lar edi.

ALLOHim barchamizni to'g'ri yo'ldan adashtirmasin!

Qayd etilgan


Ansora  08 Noyabr 2010, 13:27:52

 :as:

Hurmatli AbdulAziz!

Bu fikr haqida mavzu bor edi, topa olmadim.

Forumga reklama olishni so'nggi paytlarda o'ylab ko'rdingizmi?

Menimcha yangi chiqqan kitob va shunga o'hshash ilmiy-madaniy soha bilan bog'liq reklamalar foydadan holi bo'lmasdi.

Forumni o'z jamg'armasi bo'lardi, masalan turli xil hayirli tadbirlarda Ziyouz nomidan siz ham qatnashardingiz.
Yana viktorina g'oliblariga ham sovg'ada asqotardi:)

Bu forumni asosan kitob o'qish uchun qo'llanadiganlar biladi, biroz tijoriy tanituvlar olsa, ham biz boshqa sohalardan ma'lumot olardik, hamda tijoriy sohadagilar ilm koni-Ziyouzdan xabar olardilar.

Yana bir fikr bor- saytda kundalik xabarlar-O'zbekiston va Dunyo bilan bog'liq berib borilsa. Qisqa bo'lsa ham.

Albatta bu ish bilan shug'ullanadigan bir kishini maosh bilan olishingiz kerak, reklamadan tushgan puldan unga maoshini ham to'lardingiz:)

Bu meni shaxsiy fikrlarim, qanday qabul qilsangizlar ham xursandman.

Barchangizga yangi hafta hayirli kelsin, azizlar...

Qayd etilgan


yoqutxon  08 Noyabr 2010, 22:27:29

Assalom aleykum. Mana bu yerda turli xil fitnalar keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan post qoldirilibdi. AbdulAziz aka lozim topsangiz bu postni o'chirsangiz.
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1748.msg280337;topicseen#msg280337

Qayd etilgan


jasur.best  11 Noyabr 2010, 20:35:12

Forum sizga nima berdi yoki siz forumga nima beroldingiz?

Qayd etilgan