Assalomu alaykum AbdulAziz,
avvalambor sizga mana shunday web sahifa va forumni tashkil etganingiz uchun katta rahmat deb qolaman. Ilm va ziyo tarqatishdek katta vazifani o'z qoldingizga maqsad qilibsiz, Allohning o'zi madad bersin va uning rizoligi nasib etsin.
Forumda yangi bo'lganligim sabbli ayrim narsalarni o'rganib ulgurmadim. SHu yuzadan savolim noo'rin bo'lsa oldindan uzr so'rayman.
Forumda biror mavzuga kisangiz, eng so'ngi post, yani o'quvchiga kerak bo'lgan yangi maqola, yoinki habar sahifalarning eng so'ngida joylashadi.
Rasmda korganimizdek, eng yangi fikrni o'qish uchun men 33 sahifaga o'tishim kerak. Mana shuni yangi postlar mavzuga kiritillganda birinchi sahifada chiqadigan qilsa bo'ladimi? Chunki ayrim mavzular forum yangi tashkil etilganda ochilgan va avvalgi sahifalarda esa osha yilgi eski ma'lumotlar joy olgan.
Agar forumni o'zidan o'zgartirish imkoni bo'lsa qanday amalga oshiraman?
Oldindan rahmat deb
Abdu1981
[вложение удалено Администратором]