Forumda hamma narsa o`z joyidayu lekin bir narsada juda ham xato qiladi userlarimiz!
Har bir mavzuni diniy yo`l bilan hal qilish nima uchun kerak ba'zi userlar hamma mavzularda o`zi din haqida bilmay turib yoki chala bilib din tomondan mavzuni tahlil gaplashadilar. vaholanki birinchidan forum diniy forum emas! ikkinchidan xato qilib kimnidir miyyasini zaharlash mumkin.
Admindan iltimos shu narsani hal qiling. bu ko`pchilikni g`ashiga tegadi. Ishlaringizga omad!
Notanish yoki tanish, avvalo xato qilayotgan yuzerlarning gaplari yoxud ma'lumotlari xatoligini ilmiy ravishda isbot qiling. Shundan keyingina ular xato qilyaptilar, degan xulosaga kelish mumkin.
Agar sizga ularning mulohazalari yoqmasa, sizga ta'siri bo'lmasa, marhamat bironta ko'ngilochar forumga kirib, istaganingizcha mulohaza qiling.
Menimcha o'tish yoshidagi o'smir bo'lsangiz kerak. Sizni o'rab yurgan tor qobiqqa o'ralib qolmang, qobiqning darchalaridan atrofga qarasangiz, dunyoga keng va go'zal ko'rinadi. Ko'proq o'qing, izlaning, shundagina o'z muammolaringizning yechimini topasiz. O'g'il bolasiz, tuyg'ularga emas, aqlingizga ishoning...