Hurmatli forumdoshlar, Abdulaziz aka!
Forumda bir bo'lim ochsak. Bo'lim bolalarga bag'ishlangan bo'lsa. Hammamizga sevimli
Bolajonlar va ularning sevuvchilar uchun! nomli blogda qisqa post va rasmlar bilan chegaralanib qolyinyapti nazarimda. Yangi bo'limda esa bolalar haqida, ularning dunyosiga tegishli mavzularni ochsak.
Avvallari forumchilar hayotida nikoh to'ylari va farzandli bo'lishlar kam edi. Hozirda bunday baxtli onlarning keti uzilmayapti desa ham bo'ladi. Forumimiz ham yangi oilaga o'xshaydi, yoshlik davridan o'tib, kattalashyapti:)
Shuning u-n Bolalar bo'limi kerakli bo'ladi deb o'ylayapman...
Agar taklif sizlarga ma'qul kelsa, bo'limni nima deb nomlashini ham maslahatlashardik.... Mani variantim: "Bolalar olami" yoki "Hamma yaxshi narsa bolalar uchun!"
fikr-mulohazalariniz bo'lsa bildirsangiz.
agar kerakmas desangizlar.... kerakmas-da:)