So'rovnoma

Forumdagi sizga eng ma'qul kelgan bo'lim qaysi?


Umumiy
Forumchilar hayoti
Forumchilar blogi
Islom
Islomiy kitoblar
Yangiliklar
Madaniyat
Fikr va mulohazalar
Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar
Ma'rifat
Kutubxona
Intellekt
Darsxona
Fan va texnika
Oila va jamiyat
Salomatlik
Pazandalik
Tikuvchilik
Biznes
Xorijdagi o'zbeklarim
Hamyurtlar
Xorijiy bo'lim/Foreign board


Fikr va mulohazalar  ( 346298 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 79 B


AbdulAziz  17 Iyul 2006, 06:16:44

Assalamu alaykum. Men ham sizlarni fikrlaringizga qo'shilaman. Bu Forum juda hamyahshi chiqqan. Bunda hamma o'z fikrlari va o'zini qiziqtirgan narsalar bilan ishtirok etishi mumkin. Hammadan yahshisi Islom va uning ahkomlari haqida bilmganlarimizni, Rasululloh s.a.v. va sahobiylar haqidagi go'zal va ibratli hodisalardan habardor bo'lishimizdir. Bunda bu forum jonkuyari Abdulaziz akani hizmatlari juda katta. U kishiga Alloh taolo ajru mukofatlar ato qilsin.

Va alaykum assa;lom!
Alloh sizdan rozi bo'lsin, Mubashshir!

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Iyul 2006, 06:20:24

Assalomu alaykum!
Sizlarga juda katta tashakkur aytaman. O`zbek yoshlari shu sayt orqali o`zlari uchun javob va yo`l topib ketishlariga ishonaman.
Iltimosim, forumingiz moderatsiyasini kuchaytirsangiz.
Xabarlar adabiy tilda yozilishga ham e'tibor bersangiz.
Hozircha shu.
Yana bir bor tashakkur!

Va alaykum assalom!
Forum hali yangi serverda bo'lganligi uchun birmuncha kamchiliklari mavjud.
Bo'limlarga ham asta-sekin moderatorlarni belgilayapmiz.
Adabiy tilga ham e'tiborni kuchaytirdik.
Foydalanuvchilar dizayn qoidalariga ham e'tibor berib post qilishsa yaxshi bo'lar edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Iyul 2006, 06:24:11

Yana bir gap, sal qolsa esimdan chiqayozibdi.
Forumda har bir bo`lim uchun qoidalar kiritilsa. Mavzularning chalkashib ketmasligi uchun.
Forumga umumiy qoidalar berish, menimcha, qiyin bo`lsa kerak...

Yaxshi taklif
Masalan, siz qaysi bo'lim uchun mana shunday umumiy qoidalar yozib bera olasiz?

Qayd etilgan


MaxCmd  17 Iyul 2006, 09:49:02

Assalomu alaykum.
Masalan, "Muhabbat" bo`limida ancha chalkashliklar bor. Hammasi xabarlarning deyarli hammasi she'rlardan iborat bo`lib qolgan. Masalan, "Yosh ijodkorlar" ijodi bir xabarda berib borilsa. Ya'ni, she'riyat uchun 3 yoki 4 xabar yetarli deb o`ylayman(yo`nalishi bo`yicha). Har bir forum a'zosi xabar mavzusiga qiziqib uni o`qimoqchi bo`ladi. Bu bo`limda esa bitta she'r bitta xabar bo`lib ham kelgan. menimcha, "Muhabbat" bo`limi "shoir"lar uchun o`z she'rlarini namoyish qiladigan bo`lim emas.
Va hokazo.
"Darsxona" bo`limida esa har bir yo`nalishlar bo`yicha xabarlar ochilsa. Masalan, Web texnologiyalarni HTML, JavaScript, PHP, ASP.NET kabi xabarlarga ajratilsa, foydalanuvchilar o`qishi uchun qulayroq bo`lardi. Aks holda, kimdir PHP bo`yicha nimadir o`rganmoqchi bo`lsa, u WEB texnologiyalar xabarini deyarli hammasini o`qib shiqishiga to`g`ri keladi. Undan keyin savol-javoblar bilan darslar chalkashib ketadi.
Hozircha shu.
P.S.: Aytganday, men http://ziyouz.com/ ni O`zbekiston saytlaridagi kataloglarga qo`shib chiqyapman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Iyul 2006, 02:20:28

Va alaykum assalom!
To'g'ri "Muhabbat" bo'limi uchun menimcha "Sevgi haqida she'rlar" degan yana bo'limcha ochish kerak.

"Darsxona" bo'limi esa hozircha ancha kambag'al. Agar bu bo'limni rivojlantirishni o'z qo'lingizga olsangiz, bajonidil sizni moderatorlikka saylayman.

PS. Tashakkur, bunga o'zimning vaqtim bo'lmayotgandi. Boshqa kataloglarga ham kiritavering.

Qayd etilgan


MaxCmd  18 Iyul 2006, 13:04:01

Assalomu alaykum!
Yana takliflarim bor edi:
1. Avatarni yuklash imkoniyati(upload).
2. Xabarlarda rasmlar yuklash imkoniyati.
3. Saytga original dizayn tanlash. Forumning biror bo`limida shu mavzu bo`yicha xabar ochilsa, hamma kirib o`z takliflari, mulohazalarini qoldirsa. Dizaynerlar o`z variantlarini taklif qilsa. menimcha, shu orqali sayt dizaynini mukammalroq qilish mumkin.

Qayd etilgan


forumnnb  18 Iyul 2006, 20:37:23

Assalomu alaykum!

Menda bir taklif bor edi. Har kuni fikrlar musobaqasi bo`lib o`tsa, ya`ni eng yaxshi fikr egasini har kuni aniqlab borilsa yaxshi bo`lardi. Bundan tashqari reyting bo`yicha saralash ham forumga bo`lgan qiziqishni oshiradi deb o`ylaman!

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2006, 03:52:19

Assalomu alaykum!
Yana takliflarim bor edi:
1. Avatarni yuklash imkoniyati(upload).
2. Xabarlarda rasmlar yuklash imkoniyati.
3. Saytga original dizayn tanlash. Forumning biror bo`limida shu mavzu bo`yicha xabar ochilsa, hamma kirib o`z takliflari, mulohazalarini qoldirsa. Dizaynerlar o`z variantlarini taklif qilsa. menimcha, shu orqali sayt dizaynini mukammalroq qilish mumkin.

Takliflarga kelsak:
1. Avatarni yuklash imkoniyati ochildi. Sinab ko'rishingiz mumkin.
2. Xabarlarda rasm yuklash imkoniyati ham endi mavjud. Faqat bu hozircha test usulida. Chunki host va traffigimiz ogina cheklangan :)
3. Yaxshi taklif. Saytning hozirgi dizayni oldingi forumimizga juda o'xshash bo'lganligi uchun shuni tanlagan edik. Dizayn bo'yicha boshqa takliflarni ham kutib qolamiz.

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2006, 03:53:41

Assalomu alaykum!

Menda bir taklif bor edi. Har kuni fikrlar musobaqasi bo`lib o`tsa, ya`ni eng yaxshi fikr egasini har kuni aniqlab borilsa yaxshi bo`lardi. Bundan tashqari reyting bo`yicha saralash ham forumga bo`lgan qiziqishni oshiradi deb o`ylaman!

Va alaykum assalom!

Yaxshi taklif. Lekin buni qanday aniqlaymiz? Bu haqda ham takliflar bormi?

Qayd etilgan


MaxCmd  19 Iyul 2006, 10:13:27

Menda bir taklif bor edi. Har kuni fikrlar musobaqasi bo`lib o`tsa, ya`ni eng yaxshi fikr egasini har kuni aniqlab borilsa yaxshi bo`lardi.
Yaxshi taklif. Lekin buni qanday aniqlaymiz? Bu haqda ham takliflar bormi?

Buni, menimcha, faqat bir yo`li bor. Har yangi mavzu uchun foydalanuvchilar minnatdorchilik izhor qilishi imkoniyati bo`lishi kerak(boshqa forumlardagi "Rahmat" sizgari). Shu minnatdorchiliklar soni bo`yicha saralash mumkin.

Qayd etilgan