Nonteist, saytning nomini o'zgartirish, u haqda bahs qilish sizga emas.
Yana bir gap, ziyo bor joyda, sizga o'xshagan soyalar ham bo'ladi.
Bu yerdagilar Ziyoning ma'nosini juda yaxshi tushunishadi.
Zero, avvaldan katta qilib, sayt haqida degan joyga yozib qo'yganmiz:
Ziyo.uz saytini tashkil etishdan maqsad insonlarga haqiqiy ma'noda ziyo ulashishdir. Zero, ziyo deb jismning o`zidan chiqqan yorug`likka aytiladi. Ilm ziyodir, ma'rifat ziyodir, iymon ziyodir, sabr ziyodir. Bekorga xalqimiz ilm-ma'rifatli, iymon-e'tiqodli insonlarni ziyoli deb atamaydi. Ular ilm-ma'rifat orqali insonlarga ziyo ulashadilar va ikki dunyo saodatiga erishadilar. Jamiyatni faqat ma'rifat ziyosigina zalolatdan saqlab qoladi. Haqiqatni anglash, bilish va uni tarqatish bilan inson ziyoga erishadi. Qalbida ziyo bo`lgan zotlar hech nimadan qo`rqishmaydi. Ularning yo`llarini ziyo yoritadi. Ziyo ularni ulug`likka yetaklaydi.