Muallif Mavzu: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...  ( 33162 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
"Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
« : 29 Avgust 2007, 12:50:51 »
“Maqomoti Shohi Naqshband ”da silsilai sharif darj qilingan.Quyida shu silsilai sharifga kirgan zoti shariflar nomlarini keltiramiz.Zero bu tariqat boshida payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom turganliklarini va qolgan tariqat pirlari vazifasi esa ehyos-sunna, ya’ni payg’ambar sunnatlarini qayta tiriltirish ekanligini doimo yodda tutmog’imiz darkor.Silsilai sharif budir:

Bahouddin Naqshband   
       Hazrat Mir Kulol   
     Xoja Muhammad Boboyi Samosiy   
     Xoja Ali Rometaniy   
     Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy 
     Xoja Orif Revgariy
       Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy 
      Yusuf Hamadoniy
      Shayx Abu Ali Farmadiy 
    Abul Qosim Gurgoniy …
  Shayx Abul Qosim Gurgoniy nisbatlari botin yuzasidan ikki yo’l bilan silsilaga bog’langandir.       
  1.Abul Qosim Gurgoniy     
   Shayx Abulhasan Xaraqoniy 
      Boyazid Bastomiy   
   Hazrat Imom Ja’far Sodiq…
  O’z navbatida Imom Ja’far ham ikki yo’l bilan silsilaga bog’langan.(bu ikki xalqa quyida keltirilgan.)
  2. Abul Qosim Gurgoniy
       Abu Usmon  Mag’ribiy
           Abu Ali Kotibiy   
      Abu Ali Rudrobiy   
    Junayd Bag’dodiy   
     Shariy Saqtiy
       Ma’ruf Karxiy
       Dovud Tahiy 
        Habib Ajamiy 
       Hasan Basriy   
      Hazrat Ali raziyallohu anhu 
   Muhammad Mustafo salollohu alayhi vasallam.
 Ushbu ro'yxatning dastlabki yetti piri murshidlarining qadamjolari Buxoro viloyatida joylashgan(Bahouddin Naqshband, Hazrati Mir Kulol(Kogon tumanida),Xoja Boboyi Samosiy, Xoja Ali Romitaniy(Romitan tumanida),Xoja Anjir Fag'naviy(Vobkent tumanida),Xoa Orif Revgariy(Shofirkon tumanida),Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy(G'ijduvon tumanida) ).Ular musulmon olamida "Yetti pir" nomi bilan mashhur.
Hazrati Imom Ja’far :
  1.Hazrati Imom Ja’far 
        Imom Muhammad Boqir 
       Imom Zaynulobidin   
      Imom Husayn 
       Hazrat Ali raziyallohu anhu   
         Muhammad Mustafo salallohu alayhi vasallam.(Silsilatuz zuhhob, ya’ni oltin xalqa a’zolari)
  2.Hazrati Imom Ja’far   
     Qosim ibn Muhammad bin Abu Bakr Siddiq   
      Salmoniy Farsiy   
     Abu Bakr Siddiq   
    Muhammad Mustafo salollohu alayhi vasallam.   
  Olloh nasib etsa yuqorida keltirilgan zoti shariflar haqida o'qiganlarimni, ular haqidagi ma'lumotlarni forumga kiritaman.Dastlabki ma'lumot  Hazrat Bahouddin Naqshband haqida bo'ladi.Kamchiliklarimiz bo'lsa, oldindan ma'zur tutasizlar.
« So'nggi tahrir: 29 Avgust 2007, 12:58:48 muallifi milanelly »
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
« Javob #1 : 03 Sentyabr 2007, 16:51:50 »
      Naqshbandiya tariqatining asoschisi “Baho ul - Haq”(Haq taoloning nuri), “Baho ud-din”(Dinning nuri) kabi faxriy unvonlar bilan mashhur buxorolik shayx, so’fiy Muhammad ibn Muhammad Naqshband Buxoriy(1318-1389)dirlar.U kishi Xoja Yusuf Hamadoniy,Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy ta’limotlari negizida Naqshbandiya tariqatiga asos solganlar.Naqsh soluvchilik bilan shug’ullanganliklari uchun u kishiga “Naqshband” laqabi berilgan.Naqshband deyilishlariga ikkinchi sabab shuki, Hazrat Bahouddin muborak qo’llari bilan “Lo iloha illalloh, Muhammadur rasululloh” kalimasini matoga zar(tillo) ip bilan tikib, qiblaga osib qo’yganlar va unga qarab zikr qilganlar.Shunda undan ilohiy nur taralaib, qalblariga naqshday o’rnashib qolgan.Shu sababdan “Naqsh band bar dil band” – Alloh nomini dilingda naqsh qil, - deyiladi Naqshbandiya tariqatida.
   Ular Qur’oni Karim, Hadisi sharif, payg’ambar alayhissalom va sahobai kiromlarning sunnatlariga doimo amal qilib, uni tiriltirish( “ihyo us - sunna”) ni asosiy maqsad qilib olganlar.Imom A’zam mazhablari,Abu Mansur Moturidiy aqidalari,Imom Buxoriy va ulug’ muhaddislar rivoyat qilgan kitoblarga tayanib, o’z ta’limotlarini yaratganlar.
    Alloh zikrini baland ovoz bilan (jahriy zikr) aytish oldingi tariqatlarda mashhur va ma’ruf edi/Naqshbandiya tariqatida zikr birov eshita oladigan darajada baland ovoz bilan aytilmaydi.Chunki Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladiki: “Rabbingizga zorlanib va xufyona(ovozsiz) duo qilingiz!”(A’rof surasi, 55-oyat.)
     Payg’ambar alayhissalom aytadilar: “Yashirin(xafiy) zikr baland ovozda aytiladigan(jaliy) zikrdan afzal”.
     Shuning uchun xafiy zikr(qalbdan yashirin aytish) riyosiz.Qalb doimo Allohning zikri bilan band bo’lishi bu oyati karima va hadislarga amal qilishning asosiy maqsadlaridandir.Shu sababdan Naqshbandiyada 11 muborak rashha(insonlar hayot tarzini belgilab beruvchi muborak ilohiy hikmatlar)ga amal qilish tariqatning mohiyatini tashkil qiladi.Bundan tashqari, Naqshbandiya tariqati quyidagi 4 asosga qurilgan:
     1.Shariat bilan zohirni poklash;
     2.Tariqat bilan botinni poklash;
     3.Ma’rifat bilan Allohga yaqin bo’lish;
     4.Haqiqat bilan Allohga erishish;
      Har bir rashha zamirida oyat va hadislar mavjud bo’lib, ushbu rashhalar shularga asoslangandir.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
« Javob #2 : 14 Sentyabr 2007, 12:17:45 »
      Ular quyidagilar:
1.“Hush dar dam”(Aql qalbda, nafasda) Nafasning asli qalb.
Ichimizdan chiqqan har bir nafas g’aflat bilan emas, balki hushyorlik bilan va huzur baxsh etib chiqsin.Ya’ni nafas chiqqanidan to kirguniga qadar Alloh yodi bilan bo’lsin.
“Hush dar dam” rashhasini Alisher Navoiy quyidagicha tarannum qilganlar:
Damingdin yiroq tutmagil hushni
Ki yuzlanmagay har dam ofat sanga.

2.“Nazar dar qadam”(Nazar qadamda) Bundan maqsad Allohga gunohkor bo’lishga undaydigan yo’lga qadam bosmaslik, undan yurmaslik,o’ylab qadam tashlash.Alloh taolo aytadi:
“Axir yuz tuban(yerga qarab) yuradigan kimsa Haq yo’lni topuvchiroqmi yoki tik holda to’g’ri yo’lda yuradigan kishimi!?”(Mulk surasi,22-oyat.)
        Har qadamda Allohni esdan chiqarmasdan qilgan ishlari uchun hisobot berish.
            Nazarni qadamdin yiroq solmagil,
            Bu yo’l zamin gar bo’lsa rag’bat sango.(A.Navoiy)

      3.“Safar dar Vatan” (Safar Vatanda) – solikning bashariy sifatlardan malakiy sifatlarga, yomon sifatlar(kibr,hasad,ujb,riyo,baxillik)dan yaxshi sifatlar (muhabbat, ixlos,to’g’ri so’zlik,e’tiqod)ga safar qilishi, ko’chishi;O’z Vatanida turib,fikran dunyo kezishi.
      Alisher Navoiy aytadilar:
            Vatan ichra sokin bo’lib soyir o’l
            Safardin agar bo’lsa mehnat sanga.

     4.“Xilvat dar anjuman”(Xalq ichida yurib, yolg’iz bo’lish) ya’ni tashqi tomondan xalq bilan va ichki tomondan Haq bilan bo’lish;
O’zi xalq ichida bo’lsa ham,xilvatda o’tirgandek fikru zikri Alloh bilan bo’lishi;
     Hadisi qudsiyda Alloh aytadi: “Kimki xalq ichida bo’la turib Meni zikr qilsa, Men uni ulardan ham yaxshiroq kishilar orasida zikr qilaman”;
     Xalq bilan aralashib,suhbatda bo’lib,ularning dardlariga sherik bo’lish,Alloh taolo roziligi  yo’lida xalqqa xizmat qilish.Naqshbandiya tariqatida xilvat ko’p targ’ib qilinmaydi.
A.Navoiy ta’kidlaganlaridek:
             Desang xilvatim anjuman bo’lmasun,
       Kerak anjuman ichra xilvat sanga.
Ushbu to’rt rahshaga Xoja Yusuf Hamadoniy asos solganlar.     

           5. “Yod kard”(Esga olish) – qalb-dilni bir lahza bo’lsa ham Alloh zikridan g’aflatda qoldirmay,Allohdan ogoh bo’lib,uni zikr qilish,ya’ni “Dast ba koru dil ba Yor”(Qo’ling mehnatda diling Ollohda bo’lsin)
      Alloh taolo aytadi:
“Unutgan vaqtingizda (yodingizga kelishi bilan) Rabbingizni zikr qiling”.(Kahf surasi,24 oyat);
            Til bilan zikr qilishdan dil bilan zikr qilishga o’tish.
      6. “Boz gasht” (Qaytish) Allohga qaytajagimimzni eslash,dilda yana Allohga
qaytish,zikr qiluvchi (zokir) tili yoki dili bilan Lo iloha illalloh – “Allohdan boshqa iloh yo’q”ni aytganda,buning orqasidan “Ilohiy, anta maqsudiy va rizoka matlubiy”(Ilohi, maqsadim Sensan va talabim rizoligingdir)ni aytish.Chunki “boz gasht” kalimasi yaxshi yoki yomon fikrlarni inson xotirasidan ketkazib,zikrni xolis qiladi;
       O’limni eslash(robitayi mavtiya),Allohga qaytishni eslash.
       Oyatda aytiladi:
“Albatta,biz Allohning mulkimiz va albatta, biz Uning sari qaytuvchilarmiz”.(Baqara surasi,156- oyat.)
       Boshqa bir oyatda:
“Har bir jon o’lim(achchig’i)ni totuvchidir!So’ngra Bizga qaytarilursizlar!”.(Ankabit surasi,57-oyat)

       7. “Nigohdosht” (Saqlash) – Qalbdagi fikr va xotiralarni muroqaba qilish;solik hech bo’lmaganda bir-ikki soat yoki undan ko’proq vaqt xotirasini, xayolni boshqa narsalarga yubormasligi,zikr paytida xotirni parishon qilmasligi va boshqani yodga keltirmaslik,Allohning zikridan cjalg’ituvchi narsalarga xotirni yubormasligi.
      Alloh taolo aytadi:
“Kishilar borki,ularni na tijorat ba na savdo(ishlari) Allohning zikridan, namozni mukammal ado etishdan va zakot berishdan chalg’ita olmas”.(Nur surasi,37-oyat)

      8. “Yod dosht” (Zikr etish) – Har lahza Haq taolodan xabardor bo’lish;doimiy ravishda Allohni yodda tutish.Alloh taolo aytadi:
“Bas, Meni yod etingiz,Men ham sizlarni yod eturman”.(Baqara surasi,152-oyat.)
       Yana bir oyati karimada aytiladi:
“Rabbingizni ichingizdan tazarru va qo’rqinch bilan hamda gapirganda ovozni ko’tarmasdan ertayu kech zikr (yod) eting”.(A’rof surasi,205-oyat.)
      Bu to’rt rashhaga Abdulxoliq G’ijduvoniy asos solganlar.

      9. “Vuqufi zamoniy” (Vaqt manzili) – Vaqtni g’animat bilib, vaqtdan unumli foydalanish,vaqtning qanchasi savob ishlar bilan va qanchasi gunoh ishlar bilan o’tganini bilish, undan ogoh bo’lish.Agar bandaning vaqti ogohlik bilan, Allohning zikri bilan o’tgan bo’lsa,unda Allohga shukronalar qilish, aksincha, agar faqat g’aflat bilan o’tgan bo’lsa, tavba, istig’for va pushaymon qilish.
      Payg’ambar alayhissalom aytadilar:
“Besh narsadan oldin besh narsani g’animat bilgin:kekaligingdan oldin yoshligingni,betobligingdan oldin salomatligingni,faqirligingdan oldin boyligingni, o’limingdan oldin tirikligingni,bandligingdan oldin bo’sh vaqtingni”.

      10.”Vuqufi adadiy” (Hisob-kitob manzili) – adadga, sanoqqa, tartibga rioya qilish.Zikr qiluvchi Lo iloha illalloh – Allohdan boshqa iloh yo’q kalomasini bir nafasda 3 marta yoki 7 marta yoinki 9 marta yoxud 21 marta aytishi.Mabodo bir nafasda bu adaddan ko’proq zikr ayta olsa, o’shani toq qilib tugatishi.Zikr aytishda toqlikka amal qilisj lozim.
       Payg’ambar alayhissalom aytadilar:
“Alloh toqdir.Toqlikni sevadi”.

      11. “Vuqufi qalbiy” (Qalb manzili) – buning ikki ma’nosi bor.birinchisi – zikr qiluvchining qalbi Haq taolodan ogoh va voqif bo’lishi.Ikkinchisi – zokir o’z qalbidan voqif bo’lishi.
      Alloh taolo “Anfol” surasining 24-oyatida:
“Bilib qo’yingizki, Alloh inson bilan uning dili(o’rtasi)da “parda” bo’lib turadi, ya’ni Alloh shu qadar insonga yaqindir.”
      Qalb Allohning zikri bilan taskin topishi to’g’risida Alloh taolo marhamat qiladi:
“Ogoh bo’lingizki, Allohni zikr etish bilan qalblar orom olur”.(Ra’d surasi,28-oyat)

      Ushbu uch rashhani Hazrat Bahovuddin Naqshband qaddasallohu sirrahu qo’shganlar.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
« Javob #3 : 14 Sentyabr 2007, 12:19:02 »
Payg’ambarimiz me’roj tunida arshga yetdi.Jonlardin bir jon yetmish hijob (parda) din o’tib, Alloh taolo birla sirdosh bo’lub, arsh kungirasiga qo’ndi.Payg’ambar alayhissalom aytdi: “Yo rab!Bu na holdur,sen aytgan erding “Sendin so’ng payg’ambar bo’lmas”,- deb.Bu na ajib holdur.Sening ila payg’ambarlar kabi sirlashur?” Javobi rabboniy keldikim:
   â€œYo Muhammad, ogoh bo’lgin!Sendin so’ng bir valiy kelur.Ani ismi sening isming kabi bo’lur, laqab ismi Bahouddin bo’lur, sening ummatlaringdan yetmish kishiga jannat ila suyunchi berur, dedi”
    Payg’ambar alayhissalom buni eshitib, “Manim ummatlarimdan ulug’lar bor ekan, deb suyundi.Yana Bahouddinni “Imomi rabboniy” derlar, tangri ila sirdosh bo’lgani uchun”
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
« Javob #4 : 14 Sentyabr 2007, 12:19:59 »
  Aytishlaricha, ilgari Xoja Bahouddinning avliyo ekanligini Buxoroda hech kim bilmas edi.Vaqtiki , uch turli karomat zohir bo’ldi.Shundan so’ng Hojaulhaqq deb ism berdilar.Karomatlarining birisi ul erdiki, bir zamonda Samarqand jamoasindin uch kishi bozirgon (savdogar) bo’lib keldilar.Birisi habbozlik(nonvoylik) qilur edi va birisi do’konda o’ltirur edi va birisi bazzozlik qilur edi.Bir kun Xoja hazratlari g’ayb olamiga borganida habbozga qazo kelurini ko’rdi.Habbozga bordi.Aytdi: “Yo habboz, manga Alloh uchun bir ekmam(non) bergil”, - dedi.Habboz bermadi.Yana tavajjuh ayladi.Qazo habbozga yaqin keldi.Yana bordi, so’radi.Bermadi.Uchinchi martaba Xoja ko’p uzr ayladi.So’ngra yorti non berdi.Xoja nonni qo’liga olib, havo yuzina tashladi (osmonga otdi) , aytdi: “Yo habboz, be ekmakni tilamagim o’zim uchun emasdir, balki o’zing uchundir.Havo yuzina qara”, -dedi.Habboz qaradikim,bir qora bulut kabi narsa yerga tushmak tilar, ekmak(non) uni tushirmasdin turar.Xoja payg’ambar alayhissalomning hadisini o’qudi: “Sadaqa rasulullohi-l- baloyan ”.Habboz yoqasini yirtub, vovaylo ayladi.Borib xojaga murid bo’ldi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
« Javob #5 : 18 Sentyabr 2007, 15:32:06 »
           Ikkinchi karomati shulki,bu uch kishi bir tug’ma (tug’ishgan) edilar.Habboz alarning kichigi erdi.Xojaning karomatini og’alariga borib aytdi: “Men o’luk bo’layin.Meni tobutga solib,Xojaning qoshig’a eltinglar.Agar menga janoza o’qisa, yaqosina yopushing, tirik kishiga nega janoza o’qiysan deb.Bular shunday maslahat qilib, habbozni tobutga solib, Xojaning uyi to’g’risiga keltirdilar.Aytdilar: “Yo, Xoja, janozaga hozir bo’lungiz”, dedilar.
     Xoja chiqdi.Janoza o’qib berdi.Do’konchi Xojaning yoqasiga yopishdi. “Tirik kishiga nega janoza o’qursan, o’zing azizlik da’vosini qilursan?”, dedi.Xoha aytdi: “Ey ko’zumning nuri, bolam, tobutni qarang”.Chun tobutni ochdilar.Habboz o’lib, suyaklari qotib qolibdur.Do’konchi o’zini Xojaning oyoqlari ostiga tashladi, uzrlar tiladi.Endi, duo bilan o’likni tiriltirib bering, dedi.Xoja duo o’qidi.O’lik tirildi.Barcha jamoat Xojaning haq avliyo ekanini bilib, “Hojau- l haq va-d-din” deb ataldilar.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
« Javob #6 : 18 Sentyabr 2007, 15:32:59 »
      Uchinchi mashhur karomati uldurkim, bir zamonda Buxoro daryosining suvi oz bo’ldi.Oshliq tarig’ni sug’ora olmadilar.Alqissa, Buxoroda yetti yilgacha ocharchilik bo’ldi.Hatto bir hovuch bug’doy bit tilla bo’ldi.Oshiqlar ishqini unutdilar.Xoja bug’doy do’konchisi qoshig’a bordi. “Ey do’konchi, menga bir hovuch bug’doy bergil, sotib olayin”, - dedi.Do’konchi aytdi: “Oqchang bormu?”Xoja aytdi: “Oqcham yo’qdur.Ammo dastor ila jubbamni berurman”.Do’konchi Xojaning dastori va choponini oldi.Bir hovuch bug’doy berdi.Xoja ul bug’doyni olib, uyiga keldi.Xojaning Ahmar ismli bir devonasi bor edi.Uni chaqirib, ikkalasi dalaga bordilar.Xoja o’zini ho’kuz qilib, devonasiga “Meni qamchi bilan uring, bug’doy ekamiz”, dedi.Devona Xojani qamchilay boshladi.Xoja Bahouddin dalada yugurib, boyagi bir hovuch bug’doyni sepa boshladi.Orqalariga qarasalar, Xoja o’tgan yerlarda bug’doy unib, yetilib,xirmon tog’day bo’lubdir.Xoja “Xalqni chaqirsang, bug’doydan nafaqa olsun”, dedi.Devona xalqni chaqirdi, ularga bug’doy ulashdi.Aytishlaricha, Xoja Bahouddin shu kuni kechasi bu olamdan o’tgan ekan.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
« Javob #7 : 25 Sentyabr 2007, 11:52:26 »
  Bahouddin Naqshband dastlabki ta’limni Bobo Samosiy va Hazrati Amir Kuloldan olganlar.
  Bobo Samosiy va Amir Sayyid Kulol yosh Bahouddinga oxiratdagi abadiy hayotning ma’nolarini,bu dunyo va u dunyodagi ruhiy,ma’naviy,ilohiy qadriyatlarini, tushuntirdilar.
  Xoja Bahouddin bir kun xilvatdagi pinhoniy zikr chog’ida joynamozi ustida shayx Azizon(Romitaniy)ning kulohi paydo bo’lib qoldi.Shayx Azizonning mazkur kulohini kiyib,duolar o’qiganida bemorlar har qanday darddan shifo topib ketar edilar.
  Manoqiblarda yozilishicha, Xoja Bahouddin qirq kunlik xilvatda toat-ibodat qilib o’tirganida shunday mo’jiza ro’y bergan.Xojaning ko’ziga Turkiston mashoyixlaridan Sulaymon Boqirg;oniy(Hakim ota) ko’ringan.Hakim ota asli xivalik bo’lib,umrining oxirida Oqqo’rg’on qishlog’iga kelib qolgan.Alqissa,Hakim ota Bahouddinga ko’rinib aytganki, “Bundan buyon tarbiyat,tahsil uchun darvesh Xalil qoshiga safar qil,uning yo’lidan borgil”.Shunday deb Hakim ota yoniga darvesh Xalilni chaqirib, Bahouddinni unga tanitgan.Bu g’aroyib uchrashuvni Xoja Bahouddin bobosiga gapirib berganda, u nevarasiga : “Bo’tam,senga azizlik va avliyolik Turkiston shayxlaridan kelur”, degan.Shundan so’ng Bahouddin darvesh Xalilni izlab topib,unga murid bo’lib,bilim olishni davom ettirgan.
  Yettisuv tomonlarda hukmronlik qilgan sulton Xalil saroyida xizmat qilgan yillari Bahouddinga bilim,ma’rifat tahsiliga keng yo’l ochildi.Bahouddin saroy kutubxonasidagi juda ko’p nodir kitoblar,qo’lyozmalar bilan tanishib chiqdi.U “Anal-haq” degani uchun oyoq-qo’li chopilgan Mansur Xalloj, Abu Homid G’azzoliy,Ahmad Yassaviy,Ibn Arabiy asarlarini katta e’tibor bilan o’rgandi.
Sharqda Ibn-Arabiyning “Futuhoti - Makkiya” asari mashhur bo’lib,xudoyi-taolo qudrati va mo’jizalarini,ilmi g’ayb sirlarini faqat valiy odamlarga ochuvchi qomusiy asar hisoblanadi.Mazkur asarda Ibn Arabiy Haq-taologa yetishishning manzillari va maqomlari haqida yozadi.Uning ta’lim berishicha, Haq-taologa yetishish yo’llarida 19 maqom,360 manzil va karvonsaroy bor.Manzillardan biri – ishonch, ikkinchisi – sabr; uchinchisi – itoat; to’rtinchisi- shukr qilmoqdir.
  Shu asarda Ibn Arabiy tasavvufning ikki qutbi – al-fikr va al-zikr haqida gapiradi.Ibn Arabiy fikricha, Iblis Xudoning dushmani ham,do’sti ham emas,Iblis faqat insonga dushmandir.Muso payg’ambar bilan olishgan Fir’avn ham Xudoning dushmani emas.Ibn Arabiyning shunday ziddiyatli fikrlari ko’p olimlarnmi o’ylantirib,sarosimaga soldi.
  Xoja Bahouddin bunday murakkab,ziddiyatli mulohazalarning qayerdan kelib chiqqanligini bilishga urindi.Va shunday xulosaga keldiki, dilida doimo Allohni yod etib yashaydigan odamlarga Iblis zarar yetkazolmaydi.
  Yosh Bahouddin payg’ambar Muhammad SAVning yolg’iz Xudodan boshqa hech qanday rahbari yo’qligini eslab sulton Halilga xizmat qilishdan voz kechdi.U saroyni,hashamatli hayotni tark etdi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
« Javob #8 : 04 Oktyabr 2007, 15:09:41 »
Shohona pushti-panohi sulton Xalil saroyini tark etgach,hazrat Bahouddin shogirdi bilan Buxoroga keldi va Rivortun qishlog’ida manzil tutdi.
 Kechalari Bahouddin g’ayb olamiga kirib,Buxoroi sharif atrofidagi aziz-avliyolarning mozorlarini aylanib yurar,ko’ngliga ilohiy o’ylar kelar edi.Ana shunday kechalardan birida g’ayb olami ahllari bilan qanday uchrashuv yuz berganini Bahouddinning o’zi keyinchalik shogirdlariga hikoya qilib bergan edi.Shu kechasi uning ko’ziga foniy dunyodan ketgan aziz-avliyolarning pirlaridan biri Abdulxoliq G’ijduvoniy shogirdlari va ashoblari davrasida taxtda o’tirgan holda namoyon bo’ldi.Va ul zot shu kecha Bahouddinga ilmi g’ayb sizlarini o’rgatib, so’fiylarning zikri “avvali,o’rtasi,oxiri” qanday bo’lishini tushuntirdi.
 Mazkur g’oyibot ahli bilan tungi ko’rishuv manzarasi Bahouddin taqdiriga katta ta’sir o’tkazdi,kelgusi yo’lini ravshanlashtirdi.Shuningdek,Abdulxoliq G’ijduvoniy unga haqqa yetishish yo’llarida yashirin zikr marosimi sirlarini o’rgatdi. Bahouddin bu bashoratni shukronalar bilan qabul qildi.U toat-ibodatni hamma oldida emas,ko’nglida,hammadan xilvatda bajarish zarur,degan xulosaga keldi.
  Bir qancha vaqt mazkur qishloqda yashab,ruhan quvvat topgan Xoja Bahouddin ko’nglida makka ziyoratiga va Madinaga,payg’ambar qabrini ziyorat qilish,Mag’rib va Mashriqdagi aziz qadamjolarni ko’rib kelish istagi tug’ildi.Bu olis va mashaqqatli safarga Bahouddin bilan birga shogirdlari Muhammad Porso va Alouddin Attor hamroh bo’ldilar.Shayx Bahouddin haj safariga o’zi istagan shaharlari orqali bordi.U dastlab Xuroson shaharlaridan Marv va Hirotni ziyorat qildi.So’ng Nishopurga bordi.So’ng Bag’dod,Damashq, shundan keyin Makkai munavvara va Madinatu-n-nabi ziyoratiga bordi.
  Marvda Bahouddin so’fiylarning e’zozlangan piri Yusuf Hamadoniy mozorini buyuk ixlos bilan ziyorat qildi.U bir hafta davomida ustoz shayx mozori yonidan ketmay,toat-ibodat bilan shug’ullandi.Shundan keyin ham Bahouddin Marvda yana bir necha kun qolishiga to’g’ri keldi.Chunki bu kattakon shaharda Naqshband izdoshlari ko’p ekan. Bahouddin qaysi masjidga namoz o’qishga borsa, o’sha yerga uning ortidan gurra-gurra musulmonlar yog’ilib kelar ekan.Xoja boshqa shaharlarga ziyoratga borganida ham shunday bo’ldi.Bu hol Bahouddinning o’sha vaqtlardayoq shuhrati olislarga yetib borganidan dalolat edi.
  Bag’dodda Xoja Bahouddin shuningdek, butun dunyo so’fiylari ustoz deb hisoblaydigan Junayd Bag’dodiy qabrini ziyorat qildi.
  Haj ziyoratida qandaydir sabablar bilan qurbon hayitga ulgurib kelolmagan ziyoratchilar Makka,Madina,Jidda va boshqa shaharlarda qolib ketadilar va kelgusi qurbon hayitini kutadilar.Shuni bilgan Xoja Bahouddin Mashriq va Mag’ribdagi bir qancha shaharlarni tez-tez ziyorat qilib,u yerlarning kutubxonalaridagi tasavvufga doir asarlar bilan tanishib, shogirdlari Alouddin Attor va Muhammad Porso bilan birga zulhijja oyining yettinchi kuni Makkai mukarramaga yetib keldilar va ziyoratchilar oqimiga qo’shildilar.Ziyoratchilar bilan birga Arofat tog’i etagida tushib qolganlarida Xoja Bahouddin hayotidagi mo’jiza-karomatlardan biri yuz berdi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
« Javob #9 : 04 Oktyabr 2007, 15:10:42 »
Xojaning hayotnomasida shu voqea keltiriladi: “Hazrat Bahouddin zulhijja oyining to’qqizinchi kuni Arofat tog’i etagida tabarruk tunni o’tkazib,azonda chehrasi yorishib uyqudan uyg’ondilar.Ba bizga aytdilarki, kamina hazrat Ibrohim xalilulloh siymosini ko’rishga musharraf bo’libmen.Ul hazrat osmondin nur shu’lasi ila men tomonga tushubdur va meni suhbatiga muyassar etibdur.Ibrohim payg’ambarning “Qaysi yurtdan kelding?” degan savoliga hazrati xojam Buxorodin,deb javob beribturlar.Alqissa,Ibrohim payg’ambar aytdilarki,man yuqori osmondan quyi osmonga o’tib,parvoz qilib yurganimda barcha shaharlarga osmondin nur yog’ilur,faqat bir shahardan osmonga nur taralib turar edi.Bu sirning boisini farishta Jabroildin so’radim.Ul farishta aytdiki, osmonga nurini sochib turgan shahar Buxoroi sharifdir.Bul payg’omdin hazrat Bahouddin  ko’ngillari xurram bo’ldi.Shu zahoti surai fotihani o’qib,Ibrohim payg’ambarning barlarini ushlashga musharraf bo’ldilar.”
  Qurbon hayitini o’tkazib ziyoratchilar kelgan yurtlariga bir-bir qayta boshladilar.Ammo, Xoja Bahouddin qaytishga shoshilmadi.U yana bir yilcha Madinada, payg’ambar qabri yaqinida manzil tutib,Kalomi sharif – Qur’onni 99 marta xatm qildi.Shundan so’nggina qilgan-qilmagan barcha gunohlariga tavba-tazarru,istig’for aytib,quvvai hofizasini mustahkamlab,ruh,kuch-qudrat kasb etib,muqaddas ma’volar bilan xayrlashdi.
  Xoja Bahouddin shogirdlari bilan Iskandariyaga borib, u yerdagi mashhur kutubxonalarni aylandi.Mag’rib mamalakatlarini kezishdi.Shundan so’nggina Bag’dod,Nishopur,Marv orqali Buxoroga kirish oldidan Qizilqum cho’llarida tunab qoldilar.qadrdon yurtidan ketganlaridan buyon uchinchi marta bahor kelishi edi. Bahouddin shu kecha xufton namozini o’qigach,Buxoroga yaqinlashganiga dili xushnud bo’lib,toshga boshini qo’yib uxlab qoldi.Shu kecha yana Ibrohim xalilullohni tush ko’rdi.Payg’ambar unga oq bulutustida o’tirgan folda ko’rindi.U baland osmondan asta-sekin Bahouddin qoshiga yaqinlashib keldi…Taajjubki, Ibrohim payg’ambar qo’lida Ka’badagi Qoratosh parchasi bor edi.Xoja Bahouddin ko’ngli ravshanlashib,Ka’badagi kabi, yana muqaddas Qoratoshga labini bosib tavof qildi va Qur’oni majiddan fotiha surasini o’qidi.Shundan so’ng Ibrohim alayhissalom Xoja Bahouddinga “Ka’ba ziyoratidan nima olib qaytursan?” deb savol berdi.Xoja Bahouddin Ka’ba ziyoratidan tabarruk suv to’la ko’za,tabarruk tasbeh va tut og’ochidan aso(hassa) olib kelayotganini aytdi. Ibrohim alaayhissalom aytdiki: “Qadrdon qishlog’ing Qasri orifonga borganingdan so’ng, onang qabri ustida Alloh tomonidan berilgan valiylik dalolatini olursan!Qabr boshida Qur’on tilovat qilgach,tasbehing donalarini muridlaring-shogirdlaringga bo’lib bergil;ular tariqatingni o’zga o’lkalarga borib yoysunlar.Hassangni hovuz bo’yiga yerga suqib qo’ysang,u ko’klab yaproqlari sening haj safaridan valiy bo’lib qaytganingdan dalolat bergay! ”
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
« Javob #10 : 04 Oktyabr 2007, 15:11:37 »
Qasri Orifongacha  Xoja Bahouddin payg’ambar karommati ta’sirida hayajonga g’arq bo’lib bordi.Ziyoratchi dilida xushnudlik bilan qadrdon qishlog’iga  kelib,to’g’ri onasining qabri qoshiga bordi.Qur’on tilovat qilganudan so’ng onasi qabridagi oqtosh shu zahoti Ka’badagi silliq Qoratoshga o’xshab qoldi.Bu tosh  xudoning karomati bilan Ibrohim payg’ambar osmondan olib tushgan deb hisoblanadi va u hozir ham Xoja BahouddinNaqshband maqbarasining shimoliy tarafiga suyab qo’yilgan.Mahalliy aholi bu toshni Sangi murod deb ataydi.Ibrohim payg’ambar amri bilan hovuz bo’yiga suqilgan hassa o’sib,katta tut daraxtiga aylangan.Asrlar o’tib,tabarruk tut daraxti umri bitib qurigach,hozir xonaqoh oldidagi tosh poydevorga yotqizib qo’yilgan.
  Manoqiblarda yozilisjicha,Xoja Bahouddin umri oxirlaganini sezgach,Buxoroi sharif karvonsaroylaridan biriga borib,holsizlanib yotadi.Joni uzilayotgan lahzada Xoja Bahouddin joynamoz ustida fotihaga qo’l ochib,uzoq o’tirib qoladi va shu alfozda ruhi o’zga olamga yo’l oladi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
« Javob #11 : 04 Oktyabr 2007, 15:14:03 »
Mana, Hazrat Bahouddin Naqshband haqlarida suhbatlashdik.Endi,u kishining ustozlari Hazrat Amir Sayyid Kulol haqlarida fikrlashamiz.Sizlar yana qaysi alloma yoki valiy haqida bilmoqchisiz?Shuni yozing,ma'lumotlarni topishga harakat qilamiz.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
« Javob #12 : 07 Oktyabr 2007, 11:11:17 »
Xoja Mir Kulol – taxminan 1288 yilda tug’ilib,1372 yil marhum bo’lganlar. “Tuhfat az-Zoirin”da Sayyid Mir Kulolning bir yuz o’n to’rtta xalifa (o’rinbosar)lari bo’lgani,ularning yetugi Mavlono Orif Deha-Deggaroniy Xoja Bahouddin Naqshband,Xoja Jamol Dehai Osiyoiy,Shayx Shamsuddin Kulol, Shayx Yodgor Xoja Shayx Darzuniy va Mavlono Jamoliddin Keshiylardir deb yozilgan.
 Mir Kulolning Sayyid Amir Burhon,Sayyid Amir Hamza,Sayyid Amir Shoh, Sayyid Amir Umar ismli farzandlari bor edi.
  Naql qilurlarki,Hazrat Mir Kulol onalari der ekanlar: “Amir Kulol qornimda ekan nogoh shubhali luqma yutib qo’ysam,ko’kragim ostida shu qadar qattiq og’riq paydo bo’lardiki, hatto hushdan ketayozardim.Keyin ma’lum bo’ldiki, bu hol pokiza farzandim barakotidan ekan”.
  Naql qilurlarki, o’z zamonasining ulug’laridan bo’lgan Hazrat Sayyid Ato bilan Hazrat Amir Kulol otalari o’rtalarida do’stlik ahdi barqaror ekan.Bu ulug’ zot har zamonda Buxoroga safar etar asnosi birrov Afshona qishlog’iga ham qo’nib o’tar va bu yerda turg’un bo’lib turgan Amir Kulol padari buzrugvorlari bilan muloqotda bo’lar edi.Odatdagidek kunlarning birida Fazrat Sayyid Ato yo’li Afshona qishlog’iga tushib,Amir Kulol otalariga dedilarki, yaqinda Alloh Taolo sizga bir o’g’il ato qilur,uning ismini Amiri Kalon deb qo’yingiz!Bu farzand xizmati butun jahonni zabt qilur.
   Darhaqiqat, ancha muddat o’tgach, Fazrat Sayyid Ato bashorat qilgan farzand dunyoga keldi va unga Amir Kalon deb ism qo’yildi.(Amir Kalon kulolchilik bilan shuhrat topganlari uchun butun dunyoga Amir Kulol,Mir Kulol nomlari bilan mashhur bo’ldilar).Kunlardan bir kun Hazrat Sayyid Ato Afshona qishlog’iga kelib,qadrdonlari bilan uchrashib,o’sha o’zlari aytgan farzandni yo’qladilar va Amir Kalonni bag’irlariga olib,duo qildilar.
« So'nggi tahrir: 07 Iyun 2008, 15:59:23 muallifi Robiya »
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
« Javob #13 : 07 Oktyabr 2007, 11:13:10 »
Boshqa bir rivoyatda aytilishicha,Hazrat Sayyid Ato ko’chadan o’tib ketayotganlarida o’ynab turgan bolalar orasidan bir bola yugurib kelib,odob bilan salom beradi.Bu Hazrat Amir Kulol edi.Sayyid Ato Hazrat Amir Kalonni qo’llaridan yetaklab,uyga olib keladilar va bag’irlariga bosib,duo qiladiar.So’ng boshlaridagi sallani teng ikkiga bo’lib,birini o’z boshlariga, ikkinchi bo’lagini Hazrat Mir Kalon boshlariga o’rab,u kishini chiqarib yuboradilar.Hazrati Amir ko’chaga chiqib,yana bolalar bilan o’yinga mshg’ul bo’ladilar.Bir soatdan keyin Hazrat Sayyid Ato bolani chaiqirib kelishni buyuradilar.Hazrat Amir Kalon qayta hozir bo’lgach,sayyid Ato haligi teng ikkiga bo’lingan sallani bir-biriga taqqoslab,o’lchab ko’rsalar, bolaning boshidagi salla uch bosh hajmda uzun bo’lib qolibdi.Uch marotaba qayta-qayta o’lchab ko’ribdilar,har o’lchashganda,shu hol takrorlanibdi. Shundan so’ng Hazrat Sayyid Ato mushohada qilib,xitob aylab debtilarki, Amir Kalon martabasi ulug’,hatto mendan ham ziyoda bo’lgusidir!
  Naql qilinishicha, Hazrat Mir Kulol Romitanda kurash tushar,Hazrat Muhammad Boboyi Samosiy esa xayolga botgan holda devor soyasida o’tirib, maydondagilarni tomosha qilib turganlarida mahramlaridan biri so’raydiki: “Ey Maxdum! Bu mardum bid’at ish bilan mashg’ul,siz nega ulardan nafratlanish o’rniga hayratlanib boqib turibsiz?” Boboyi Samosiy: “Ey farzand,bu maydonda bir mard borki,o’zi sayyidzoda bo’lib,suhbatifan barcha komil insonlar bahramand bo’lgusidir.Biz shu mardni kutib turibmiz,zero uning parvozi g'o’at baland,maqomi ham oliydir”, - dedilar.Banogoh shu asnoda Mir Kulol nazarlari Boboyi Samosiyga tushib,vovaylo bo’lib, oshufta va oshiq yurak Hazrat Bobo to’riga sayd bo’ladi va maydonni tark etadilar.Boboyi Samosiy Mir Kulolni farzandlikka qabul etib,shu kundan e’tiboran hech kim Hazratni na kurash maydoni va na bozordagi kurashchilar davrasida ko’radi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
« Javob #14 : 15 Oktyabr 2007, 14:31:06 »
Naql qilinishicha, Hazrat Amir Kulol yigirma besh yil davomida agar shom namozini Suxorda o’qisalar, xufton namozini esa samosda ado etar,lekin hech kim bu ishdan voqif emas edi.

Naql qilurlarki, Hazrat Amir Kulol ma’rifatga mustag’raq bo’lib, yoronlariga haj etish qissasini bayon qilar,majlis ahli Hazratni hayratlanib tinglardi.Amir ziyorat etish odobi,manzillari va ulamolarning bu xususdagi muxolif fikrlari va yo ittifoqlari,xullas muqaddas haj ziyoratining jamiki ikir-chikirlarigacha bayon etardilar.Shu asno davradagilarning biri ko’nglida shubha o’tadi: “Axir,Hazrat Ka’batullohga borganlari yo’q-ku!Hech bo’lmasa umrida bir marta Ka’bani ko’rgan kishi bu gaplarni aytsa,boshqa gap”.Bir soat o’tar-o’tmas Hazrat Amir tashqariga chiqib,haligi odamning qo’lidan tutib,shunday xitob qildilar: “Ey nodon,ko’zingni och va yuqoriga nazar sol,tomosho qil!”.U yuqoriga qarasa Amir boshlari ustida Ka’batulloh jilva qilib turibdi va Amirni tavof qilyapti.Haligi kishi bu holni ko’rib mushohada etgach,Amir oyoqlari ostiga o’zini tashlab,tavba qildi.Amir buyurdilarki: “Ey nodon qay bir kimsaki,o’zida hech vaqo yo’q,boshqalarda ham hech vaqo yo’q deb gumon qilur.Shuni unutmagilki, to haqiqiy (botiniy,qalb ko’zi) ko’z ochilmaguncha hech narsa (haqiqat) ni ko’rib bo’lmaydi.”
Ruboiy: Ko’zingni yum,toki ko’zga aylansin ko’ngil,
              Bu ko’z bila endi boshqa jahonni ko’rgil.
              Haq zikriga lang ochginu qalb eshigin,
              Falak tomida ne bo’lsa,so’ng tomosha qil.


«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

 

KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6690
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 12:20:27
muallifi Shoxjahon12
Toshkent haqida "Wikipedia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 13722
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:51:11
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Encarta Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7369
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:52:39
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Columbia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7328
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:53:48
muallifi Abdusalom
Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar

Muallif shoirBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 70
Ko'rilgan: 112410
So'nggi javob 06 Avgust 2014, 05:11:23
muallifi munlu