Boshqa bir rivoyatda aytilishicha,Hazrat Sayyid Ato ko’chadan o’tib ketayotganlarida o’ynab turgan bolalar orasidan bir bola yugurib kelib,odob bilan salom beradi.Bu Hazrat Amir Kulol edi.Sayyid Ato Hazrat Amir Kalonni qo’llaridan yetaklab,uyga olib keladilar va bag’irlariga bosib,duo qiladiar.So’ng boshlaridagi sallani teng ikkiga bo’lib,birini o’z boshlariga, ikkinchi bo’lagini Hazrat Mir Kalon boshlariga o’rab,u kishini chiqarib yuboradilar.Hazrati Amir ko’chaga chiqib,yana bolalar bilan o’yinga mshg’ul bo’ladilar.Bir soatdan keyin Hazrat Sayyid Ato bolani chaiqirib kelishni buyuradilar.Hazrat Amir Kalon qayta hozir bo’lgach,sayyid Ato haligi teng ikkiga bo’lingan sallani bir-biriga taqqoslab,o’lchab ko’rsalar, bolaning boshidagi salla uch bosh hajmda uzun bo’lib qolibdi.Uch marotaba qayta-qayta o’lchab ko’ribdilar,har o’lchashganda,shu hol takrorlanibdi. Shundan so’ng Hazrat Sayyid Ato mushohada qilib,xitob aylab debtilarki, Amir Kalon martabasi ulug’,hatto mendan ham ziyoda bo’lgusidir!
Naql qilinishicha, Hazrat Mir Kulol Romitanda kurash tushar,Hazrat Muhammad Boboyi Samosiy esa xayolga botgan holda devor soyasida o’tirib, maydondagilarni tomosha qilib turganlarida mahramlaridan biri so’raydiki: "œEy Maxdum! Bu mardum bid’at ish bilan mashg’ul,siz nega ulardan nafratlanish o’rniga hayratlanib boqib turibsiz?" Boboyi Samosiy: "œEy farzand,bu maydonda bir mard borki,o’zi sayyidzoda bo’lib,suhbatifan barcha komil insonlar bahramand bo’lgusidir.Biz shu mardni kutib turibmiz,zero uning parvozi g'o’at baland,maqomi ham oliydir", - dedilar.Banogoh shu asnoda Mir Kulol nazarlari Boboyi Samosiyga tushib,vovaylo bo’lib, oshufta va oshiq yurak Hazrat Bobo to’riga sayd bo’ladi va maydonni tark etadilar.Boboyi Samosiy Mir Kulolni farzandlikka qabul etib,shu kundan e’tiboran hech kim Hazratni na kurash maydoni va na bozordagi kurashchilar davrasida ko’radi.