Laduniy ilmi haqida "œG’iyosul lug’ot"da shunday xabar bor: "œAlloh toolo tomonidan ato qilingan ilm. Unday ilmga urinish, sa’y-harakat, riyozat chekish natijasida, Alloh taolo xoxlasa, erishish mumkin. Chunki bu Alloh o’zi xohlagan kishilargina nasib qiluvchi ilohiy ilmdir."
Laduniy ilm uchga bo’linadi: vahiy, ilhom, farosat. Vahiy — payg’ambarlarga, ilhom- avliyolarga, farosat- so’fiylarga Allohning izni bilan beriladi.
Imom Sadriddin bilan bo’lgan suhbatdan o’tgandan so’ng Xizr alayhhisalom kelib, Abdulholiq G’ijduvoniyga xufiya zikridan ta’lim beradilar va farzandlikka qabul qiladilar.
Xoja Abdulholiq G’ijduvoniy butun hayotini Alloh yo’liga bag’ishlab, farz va sunnat ammalarini bajarish kabi ulug’ ibodatda shuxrat topdi. Yigirma ikki yoshida, Buxoroyi sharifda baland maqom, butun sharq olamida nomi mashxur shayx Abu Yoqub Yusuf Hamadoniy bilan uchrashadi. Va tez orada mashxur shayxning muridiga aylanadi. Xoja Yusuf Hamadoniy Abdulholiq qalbida Alloh zikri borligini bilib, so’fiylar jamoasiga olib kiradi.
Xoja Yusuf Xamadoniyning tariqatlari- ZIKRI ALONIY — oshkora zikr edi.
Kunlardan bir kuni Xoja Abdulholiq Xoja Yusuf Hamadoniy hazratlariga Xizr alayhissalomdan zikri xufiya — maxfiy zikr sabog’ini olganligini izhor qiladi. Shunda Yusuf Hamadoniy: "œBir vajekim alardin ma’mur bo’libsiz, mashg’ul bo’ling", deb fatvo beradi.
Yusuf Hamadoniy Abdulholiq G’ijdivoniyga so’fiylik xirqkasini kiygizgan. Abdullo Barqiy, Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Ahmad Yassaviy, Abdulholiq G’ijduvoniy Yusuf Hamadoniyning shogirdlari hisoblanadilar.
Xoja Abdulholiq G’ijduvoniy ustozi Xoja Yusuf Hamadoniy Xurosonga ketgunga qadar u ulug’ zotning xizmat-mulozamatlarida bo’lib, ko’p ilm o’rganadi. O’zini ibodatu riyozatga mashg’ul qilib, butun hayoti davomida "œRisolayi sohibiya", "œRisolayi shayxushshuyux Hazrati Yusuf Hamadoniy", "œMaqomoti Xoja Yusuf Hamadoniy", "œAz guftar Xoja Abdulholiq G’ijduvoniy" kabi besh buyuk asar bitadi.
Xoja Abdulholiq ustozini ta’limotini har tomonlama boyitib, amaliyotga zikri hufiyani olib kirdi. Va, xojagonlik tariqatining sakkiz rashxa — qonun- qoidasini
shakllantirib berdi.