Muallif Mavzu: Er va hotin urtasidagi kelishmovchiliklar  ( 4101 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

oybek usta

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 1
Er va hotin urtasidagi kelishmovchiliklar
« : 15 Oktyabr 2014, 14:27:37 »
Assalomu alaykum Forum ziyo a'zolari meni mana shu Er va hotin urtasidagi kelishmovchiliklar muamosini ya'ni hotinim bilan munosabatlar haddan ortiq yomonlashib ketdi. Shu masalaga sizlarning fikr va hulosalaringizni hullas katta hato qilib qo'ymasligim uchun sizlarning yordamlaringiz kerak.
Bizni oilada Ota Onam, Men, Hotinim ikkita qizim va Ukam yashaymiz endi kelishmovchiliklar sababini aytadigan bulsam hotinim uyda uy ishlari bilan qolgan hammamiz bozorda savdo bilan shug'ullanamiz ertalab ketib kech tushganda kelamiz. Har doimgidek kechki payt uyga keldik dasturhon oldida utirgan edik bir payt hotinimni telefoni jiringlab qoldi birov adashib tushgan ekan keyin telefonini oldimda tekshirdim 4, 5 ta begona nomerlar paydo bo'lib qolibti kimni nomeri bular desam adashib tushgan bo'lsa kerak dedi keyin adashib tushganlar kupayib ketipti dedim u kim deb uylayabsiz menga nima demoqchisiz nega titkilayapsiz men siz uylagan narsani qilaman desam siz bilmay qolgan bulardingiz shunga o'xshagan gaplar bilan jag'i to'xtamay qoldi nima ering bolib turib haqim yuqmi surashga
o'zingni bos gapdan to'xta dedim ayam ering bulgandan keyin suraydida kim bu hozir topasan yoki kimligini aytasan demayaptiku seni yaxshi kurgani uchun
surayapti nega buncha gapdan qolmaysan deyapti shu orada bering telefonni dedi mana senga telefon deb telefonni sindirdim keyin olovday yonib oldin oberib qo'ying nega sindirasasiz uydagilarim obergan ikkalamizdan boshqa odamlar borligaga ham qaramasdan shaddalik qilayapti chiq nargi honaga deb o'zingni bosib ol og'zinga kelgan gapni gapiraverma u gapiraman sendaqa erkakni boridan yo'g'i essiz o'tgan besh yil umrim endi ikki dunyoda ham yashamayman sen bilan dedi
bunaqa janjallar birinchisi emas edi boshida janjal bulganda har xil dorilarni ichib o'zini o'ldirmoqchi keyin o'ziga pichchoq urmoqchi bulgan shundan keyin uydagilarini chaqirib oldida bu shunaqa ishlar qilganini aytdim qushnisini guvohligida qiziga aytadiganini aytdi shunaqa qiliqlarini bilib umuman urmaganman onangni deb so'kmaganman bu safar ham borib uydagilarini chaqirib keldim mana qizinglar ko'ringlar tili qanday zaxarligini deb honadan chiqib ketdim.Ancha ona bola gaplashib qizi ovozini baland qilib qarg'aydi onasi buldi unday dema buldi qil deydi hullas uydanchiqdi men o'tir moshinaga uyinga oborib tashlayman dedim
u o'tirmayman sasiq moshinanga deb oyoqdagi tapichkalarini uyga otvorib sen obergan narsalar,endi seni bolang yo'q deb yalangayoq kaleska sudrab ketdi ayasi katta qizimni yelkalab olgan siz utiring bola bilan qiynalib ketmang dedim u bir amallab uyga yetvolamiz kechasi qizim bir o'zi qo'rqmasin deb ketdi.Men uni shanajligi shaddaligini bilganim uchun og'ziga kelgan gapni gapirganda ham bir og'iz gap aytmadim baqir chaqir qildi ketdi.Rossa uyladim birovni ursang, birovini so'ksang sal bulsayam qaytishi mumkin lekin bunga bu narsalarni foydasi yo'q ekan. Endi talog'ini bermoqchiman lekin ikkita qizim borda maslahat bering.

Maysara

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 195
  • -oldi: 335
  • Xabarlar: 181
  • Jins: Ayol
Javob: Er va hotin urtasidagi kelishmovchiliklar
« Javob #1 : 28 Oktyabr 2014, 03:29:06 »
Va alaykum assalom. Manimcha ayolizni ichiga jin kirvagan.

IRFON-2012

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 130
  • Xabarlar: 119
Javob: Er va hotin urtasidagi kelishmovchiliklar
« Javob #2 : 18 Mart 2015, 17:43:35 »
Urush-janjalni keragi yo'q. Xotinnga yaxshi gapirib, erkalab, tarbiyalash kerak. Taqvoga, zuhdga, oxirat g'amiga o'rgatish kerak. Jizava bilan hech qachon ish bitmagan. Er sabr-toqat ila xotinni tarbiya qilsin, u sababli bir ayol najotga erishsin.
Bir taqvoli kishini betarbiya xotini bo'lgan ekan. U kishiga xotinini taloq qilishni maslahat berishganda shunday javob bergan ekan:
- Qaysidir amalim Xudoga yoqmagani uchun uni menga xotin qilgan. Uni qaysidir amali Xudoga yoqqani uchun meni unga er qilgan. U meni azobim, men esa uni savobiman. Ajrashishga hech qanday sabab yo'q.

Lu`lu`

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2118
  • -oldi: 2046
  • Xabarlar: 927
  • Jins: Ayol
  • лу'лу, иймонингни куткар!
Javob: Er va hotin urtasidagi kelishmovchiliklar
« Javob #3 : 24 May 2015, 21:50:18 »
Ассалому алайкум форумдошлар. Оилага оид хаетий латифам борийди. Оилалиларга аскотар деб шу ерга жойлаб куяколдим. Мархамат.


 Эр хотинига:
- Булди, хаммаси бугзимга келди, жонимдан туйгаздинг. Кетаман!
- Вой, каекка кетасиз?!  Йикилсез бир култум сув тутишга ярарман, лоакал.
Йикилди. Хотини сув тутди. Лн негадир сувни ичгиси келмади.
                 
                            ***

Бир аел юзига ажин тушмаслиги учун 40 йил кулмаган экан.
40 йил уйингдан кора булут таркамасая. Бечора оила :(
Кечиккан адолат адолатсизликдир.

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Javob: Er va hotin urtasidagi kelishmovchiliklar
« Javob #4 : 15 Sentyabr 2015, 10:11:41 »
O'zbegimning ajoyib bir iborasi bor
"Oilada xotin soqov, er esa kar bo'lishi kerak" :)) Albatta farzand tarbiyasi mustasno
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib