Muallif Mavzu: Yosharish siri, yoki qarilikni oldini olish mumkinmi. Maqola www.aql.uz saytidan  ( 4852 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

leonardo1024

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 1
  • -oldi: 46
  • Xabarlar: 87
  • Jins: Erkak
    • www.aql.uz
Manbalarda aytishicha, Odam ato ming yilga yaqin umr ko’rgan ekan. Nuh payg’ambar esa 950 yil yashagan. Umuman olganda insoniyat qadim zamonlarda uzoq umr ko’rgan ekan. Ibn sino “Agar chang, tutun bo’lmasa, inson ming yil yashashi mumkin” degan.

Yosharish degani o’limdan qutulish degani emas

Tarixda yosharish usullarini topish borasida ko’pgina izlanishlar olib borilgan, ammo hammasi samarasiz natija bergan. Abadiy hayot dorisini topdim deb bong urganlarning hech biri o’limdan qutulgan emas. Masalan, 1889-yilda fransuz fiziologi Broun-Sekar qari maymunlarning teri ostiga yosh hayvonlarning urug’ hujayralarini kiritadi. Natijada ularda yosharish alomatlari kuzatiladi, jismoniy va jinsiy faollik kuchayadi. Tajribani u o’zida ham o’tkazib ko’radi va o’zini o’ttiz yoshli navqirondek his qilayotganini aytadi. Biroq, ma’lum vaqt o’tgach uning o’zi gormonlar ta’siri tez yuqolishini e’tirof etadi. Boz ustiga qarish jarayoni yanada jadallashib besh yildan keyin vafot etadi. Inson yosharishi mumkin, ya’ni oltmish yoshda xuddi ellik yoshdek ko’rinishi mumkin. Yoki oltmish yoshda ham o’zini baquvvat his qilishi mumkin lekin o’limdan qutulolmaydi. Bizdagi qarish jarayoni tug’ilganimzdan boshlab genimizda yozib qo’yilgan bo’ladi. Biroq qarish jarayonini kechiktirish yoki uzaytirish mumkinmi?

Uzoq umr sirlari
 Qarish jarayonini tezlatuvchi omillar talaygina. Masalan organizmga kirgan turli zaharlar, viruslar, radiatsiya, alkogol, tamaki va turli xil kasalliklar. Biz o’zimizga berilgan umrni bunday zararardan himoya qilishimiz kerak. Gerontolog I. A. Arshavskiyning fikricha, uzoq umr ko’rish ko’p jismoniy faollikka bog’liq. Chunki jismoniy mashqlar organizmdagi modda almashinuvni muvozanatda tutib turishga yordam beradi. Misol uchun, xonakilashtirilgan quyonlar 4 – 6 yil umr ko’rsa, ularning o’rmonda yashaydigan turlari 10 – 12 yilgacha umr ko’radi. Qushlarning boshqa hayvonlarga nisbatan uzoq muddat yashashlariga ham qaysidir ma’noda qanot qoqishlaridagi harakatchanlikni misol qilib keltirish mumkin. Umuman barcha jonzotlarda serharakatlilik organizmdagi tiklanish jarayonini kuchaytiruvchi omil bo’lib xizmat qiladi.

Davomi: http://aql.uz/article_view.php?id=94

Maqola www.aql.uz saytidan olindi,
Aqlingiz uchun ozuqa: www.aql.uz
Sayt ochish xizmati: www.qalam.uz

 

Mening dam olish vaqtim yoki MY hobby?

Muallif JaviKBo'lim Umumiy

Javoblar: 44
Ko'rilgan: 17165
So'nggi javob 24 Iyul 2011, 17:33:22
muallifi Elcom
Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch kishini sevish mumkinmi?

Muallif Alijon_rejBo'lim Samarqand viloyati

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 9221
So'nggi javob 17 Iyun 2011, 21:32:25
muallifi UzMuslim
«Kompyutеr» kasalliklari va ularning oldini olish

Muallif NоdirbekBo'lim Internet

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 3747
So'nggi javob 30 Iyun 2010, 00:09:49
muallifi Nоdirbek
Bilim olish madaniyati

Muallif shoirBo'lim Madaniyat

Javoblar: 26
Ko'rilgan: 21123
So'nggi javob 21 Iyun 2009, 19:17:45
muallifi Abdullah_Hayrullah
Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?

Muallif maknunaBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 63
Ko'rilgan: 20027
So'nggi javob 27 Yanvar 2011, 14:30:40
muallifi Zuxurov