Umumiy bo'lim > Rasululloh SAV va sahobalar

Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.

(1/15) > >>

Munira xonim:
Birinchi tavsiya.
Kalimayi tavhidning fazilati.
Abu Hurayradan r.a. rivoyat qilinadi:"Aytdimki:"Yo,Rasululloh, Qiyomat kuni shafoatingiz nasib etadigan eng baxtli inson kim bo'ladi?" Rasululloh s.a.v. marhamat qildilar:"Ey, Abu Hurayra, sizning hadisga bo'lgan ishtiyoqingizdan xabardorligim uchun ham sizdan avval hech kim bu savolni bermasligini bilgan edim. Qiyomat kuni shafoatim ila eng mas'ud kishi ixlos bilan va chin ko'ngildan "La ilaha illalloh",degan kimsadir".
(Imom Buxoriy rivoyati)

Uboda ibn Sobitdan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh s.a.v. marhamat etdilar:"Kim yolg'iz Allohdan boshqa iloh yo'qligiga, Muhammad Uning bandasi va rasuli ekanligiga, Iyso a.s. Allohning bandasi va rasuli bo'lib, hazrati Maryamga Alloh tomonidan yuborilgan ruh va kalima ekanligiga, jannat va jahannam xaqligiga shahodat keltirsa, Alloh taolo ushbu amal uchun uni jannatga doxil qilur".
(Imom Buxoriy, Muslim va Termiziy rivoyatlari.)

Ba'zi rivoyatlarda:"JAnnatning sakkiz eshigining qay biridan hohlasa..." ilovasi ham mavjud.
Imom Muslimdan rivoyat qilingan boshqa bir hadisda:"Kim Allohdan boshqa iloh yo'qligiga, Muhammad Uning rasuli ekanligiga shahodat qilsa, ALloh unga do'zaxni harom qilur.

Munira xonim:
Ikkinchi tavsiya.
Yolg'iz Allohdan najot kutishlik fazilati.

Ibn Abbosdan r.a. rivoyat qilinadi:"Bir kuni Hazrati Muhammad s.a.v.ning yonlarida edim. Menga marhamat qildilar:"Ey,o'g'lim!Men senga bir qancha so'zlar o'rgataman:Allohga nazar qilki,U ham senga nazar solsin,Uni qarshingda topgaysan. Bir narsa tilaganingda yolg'iz Allohdan tila. Yordam talabida bo'lsang, Allohdan yordam ista. Shuning bilgilki,butun xalq senga foyda keltirish uchun birlashsa ham, faqat Alloh senga taqdir qilgan miqdorda foyda yetkazishadi va agar butun xalq senga zarar yetkazish uchun birlashsa ham, faqat Alloh taqdir etganchalik zarar yetkazishlar mumkin. Qalamlar ko'tarilgan, sahifalar qurigan".
(Imom Tremiziy, Ahmad ibn Hanbal rivoyatlari)

Boshqa bir rivoyatda esa shunday marhamat qiladilar:"Allohga nazar solki, qarshingda ko'rgaysan.Allohning farog'at oningda tanigilki, U seni qiyinchilik vaqtingda tanigay. Shuni bilgilki, boshingga tushmog'i nasib etmagan narsaning senga tegishi imkonsizdir. Va boshingga tushishi taqdir etilgan narsaning kelmasligi mumkin emas. Bilki, yordam va g'alaba sabr qilishlik bilan bo'ladi. Shodlik qayg'u bilan birgadir. Tabglik va qiyinchilik rsa yengillik bilan birga bo'ladi".

Munira xonim:
Uchinchi tavsiya.
Ilm tahsil etishning fazilati.

Qubaysa ibn Muhorik r.a. rivoyat qiladilar:"Rasulullohning s.a.v. yonlariga kelgan edim. Menga:
- Ey, QUbaysa, sizni bu yerga keltirgan narsa nima?
Men:
- Yoshim bir joyga borib qoldi, suyaklarim noziklashdi, Alloh menga foyda keltiradigan narsalarni o'rgating, deb xuzuringizga keldim.
Bunga javoban Rasululloh s.a.v.marhamat etdilar:
- Ey, Qubaysa, biron toshga, daraxtga, yohud tuproq uyumiga duch kelganingizda ular mutlaqo sizga istig'for aytishadi. Ey Qubaysa, bomdod namozidan keyin, uch marta "Subhanallohi-l-A'ziym va bihamdihi", deb ayting. Shunda ko'r bo'lib qolishlikda, juzzom xastaligidan va falajdan omonda bo'lasiz. Yana shunday duo qiling:"Allohumma inni as'aluka va afid alayya min rohmatika va anzil alayya min barokatik".
Ya'ni, "Ey Allohim, men Sening xuzuringdan istaymanki, menga lutfingdan ado etgaysan.Menga rahmatingdan yuborgaysan.Ustimga barokotingni nozil qilgaysan.
(Imom Termiziy va Ahmad ibn Hanbal rivoyatlari)
Rasululloh s.a.v.ning ushbu tavsiyalari ilm o'rganishga azm qilgan kishining fazilatiga dalolatdir.

Abu Dardodan r.a. rivoyat qilingan hadisi sharifda esa shunday marhamat qiladilar:"Kim ilm o'rganish uchun yo'lga otlansa, Alloh taolo unga jannat yo'lini osonlashtiradi. Malaklar ilm tolibining amalidan xushnud bo'lganlaridan qanotlarini yozadilar. Yerdagi va samodagi barcha mavjudotlar va hatto baliqlar ham ilmli kishiga istig'for keltirib, unga Allohdan avf tilaydilar. Olimning obiddan ustunligini misoli to'lion oyning boshqa yulduzlardan ustunligi kabidir. Shubhasiz, olimlar Payg'ambarlarning merosxo'rlaridir. Muhaqaqki, Payg'ambarlar o'zlaridan keyin na bir dinor, na bir dirham qoldirurlar. Ular faqat ilmni meros qoldiradilar. Kim uni olsa, o'ziga juda ulug' bir ulush olgan bo'lur".
(Abu Dovud, termiziy, Ibn Moja, Ibn Xibbon va Byahaqiy rivoyatlari)

Shuningdek, bu xususda Safvon bin Assaldan r.a. shunday hadis naql qilingan:"Rasululloh s.a.v.ning xuzurlariga borgan edim. U zot masjidda qizil xirqada edilar.
- Yo Rasululloh s.a.v. men ilm istab keldim,-dedim.
Bunga javoban marhamat qildilar:
- Ilm tolibiga marhabo, muhaqqaqki, ilm tolibiga farishtalar qanotlarini yozadilar, keyin u ilm tolibi istagan narsaga bo'lgan sevgi  va muhabbatlaridan bir-birlariga singgan holda dunyo samosiga tushadilar".
(Ahmad ibn Hanbal,Tabaroniy, Ibn Hibbon, Hakim rivoyatlari)

Munira xonim:
To'rtinchi tavsiya.
Tang ahvolda qolgan kimsalarga yordam qo'lini uzatishning fazilati.

Abdulloh ibn Umardan r.a. rivoyat qilinishicha Rasululloh s.a.v. marhamat qiladilar:"Musulmon musulmonga birodardir.Unga zulm qilmaydi, uni boshqalarga taslim ham etmaydi. Kim bir birodarining xojatiga yetishsa, Alloh ham uning xojatiga yetishgay. Kim bir musulmonni g'amdan halos etsa, Alloh ham uni Qiyomatda g'amdan xalos etadi. Kim bir musulmonni ixota qilsa, Alloh ham uni Qiyomat kunida ihota qilur."
(Imom Buxoriy, Muslim rivoyatlari)

Yana bu xususda Abu Hurayradan r.a. Rasululloh s.a.v.ning ushbu hadislari rivoyat qilinadi:"Kim bir mo'minning dunyo azoblaridan bir azobdan tin olishiga imkon bersa, Alloh taolo ham uni Qiyomat kunida azoblaridan bir azobdan tin oldiradi. Kim qiyinchilikda qolgan bir kimsaga yordam qo'lini cho'zsa, Alloh ham unga dunyo ham oxiratda ihota etadi. Banda birodarining yordamida bo'lgan muddatida Alloh ham u bandaning yordamida bo'lur. Kim ilm talabida yo'lga chiqsa Alloh unga jannat yo'lini osonlashtirgay.Hech bir jamoat yo'qki, Alloh uylaridan bir uyda Allohning kitobini o'qimoq va oralarida o'rganib tadqiq etmoq uchun jam bo'lsalar-u, ustlariga xazina tushmagan, ularni rahmat qoplab, malaklar o'rab olmagan bo'lsin va Alloh taolo ularni O'z xuzuridagilarga xabar bermagan bo'lsin. Kim amalni orqaga sursa, nasli uni oldinga o'tkazishni tezlashtira olmaydi".
(Imom Muslim rivoyati)

Munira xonim:
Beshinchi tavsiya.
Allohga sajda qilishning fazilati.

Ma'dan ibn Abu Talha r.a. naql qiladilar:"Rasulullohning s.a.v. mavlosi Savbonni uchratdim va unga shunday dedim:
- Amal qilganimda Alloh meni jannatiga qo'yadigan bir ishni ayting. (Boshqa bir rivoyatda "Alloh yahshi ko'radigan amalni ayting" deyiladi.)
Bunga javoban u biroz sukut saqlab turdi, keyin men takror so'radim, yana sukut saqladi, keyin uchinchi marta so'radim, u shunday dedi:
- Men bu xaqda Rasulullohdan s.a.v. so'ragan edim, menga shunday javob qildilar:"ko'p sajda qilishga harakat qiling. Chunki Allohga qilgan har bir sajdangiz uchun Alloh sizni bir daraja ko'taradi, sizdan bir xatolikni o'chiradi".
(Imom Muslim,Termiziy, Nasaiy,Ibn Moja)

Uboda ibn Sobitning r.a. Rasululloh s.a.v.dan shu hadisni eshitgan rivoyat qilinadi:"Allohga sajda qilgan hech bir banda yo'qki, Alloh bu sajda tufayli unga bir hasana yozib, undan bir gunohni o'chirmagan bo'lasin va sajda tufayli uni bir daraja ko'tarmagan bo'lsin. Shu sababdan ko'p sajda qiling".
Ibn Moja.

Shuningdek, bu xususda Huzayfadan r.a. Rasulullohning s.a.v. shunday marhamat qilganlari naql qilinadi:"Alloh uchun bandasining yuzini yerga qo'yib sajda qilgan holatidan sevimliroq hech bir holati yo'qdir".
Tabaroniy,"Al-Avsat".

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version