Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.  ( 42005 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Munira xonim  04 Sentyabr 2007, 20:36:07

O'ninchi tavsiya.
Ro'za tutishning fazilati.


Abu Umomadan r.a. shunday rivoyat qilinadi:
- Yo, Rasululloh s.a.v. menga bir amal buyuring,- dedim.
Marhamat etdilar:
- Ro'za tuting. Darhaqiqat, uning o'rnini bosadigan hech narsa yo'q.
- Yo, Rasululloh s.a.v. menga bir amal buyuring,- dedim.
Marhamat etdilar:
- Ro'za tuting, darhaqiqat, uning o'rnini bosadigan hech narsa yo'q.
- Yo, Rasululloh s.a.v., menga bir amal buyuring,- dedim uchinchi marta.
- Ro'za tuting, darhaqiqat, uning o'rnini bosadigan hech narsa yo'q,- deya marhamat etdilar.
Ibn Huzayma, Nasaiy rivoyatlari.

Nasaiyning rivoyati shu tariqa naql qilingan:"Yo,Rasululloh s.a.v. bajarganimda Alloh undan meni foydalantiradigan bir amal buyuring",- dedim. Shunday marhamat etdilar:"Ro'za tuting, darhaqiqat, unga o'hshash hech narsa yo'q".

Boshqa bir rivoyatda esa bunday zikr qilinadi:"Yo Rasululloh s.a.v. meni jannatga kiritadigan bir amal buyuring", dedim. Marhamat qildilar:"Ro'za tuting, darhaqiqat, unga o'hshash hech narsa yo'q.
Keyin roviy so'zida davom etadi:"Mehmon keladigan kunlardan tashqari Abu Umomaning uyida boshqa kunlar tutun ko'rinmasdi".
Ibn Hibbon rivoyati.

Abu Saiddan r.a. keltirilishicha, Rasululloh s.a.v. shunday marhamat etganlar:"Alloh yo'lida bir kun ro'za tutgan hech bir banda yo'qki, Alloh bu sababdan uning yuzini jahannamdan yetmish yil uzoqlashtirgan bo'lmasin".
Imom Buxoriy, Termiziy, Muslim, Nasaiy rivoyatlari.

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Sentyabr 2007, 09:15:48

O'n birinchi tavsiya.
Allohga tavba qilishning fazilati.


Yasor al-Muzaniy r.a. Rasulullohdan s.a.v. naql qiladi:"Ey,insonlar, Allohga tavba qiling,Undan mag'firat tilang. Men ham kunda yuz mahal tavba qilaman'.
Imom Muslim.

Abu Hurayradan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh s.a.v. shunday deganlarini eshitdim:"Allohga qasamki, men bir kunda yetmish mahaldan ko'p Allohdan mag'firat tilab, tavba qilaman".
 Imom Buxoriy.

Abu Hamza Anas ibn Malik al-Ansoriydan naql qilinadi:"Rasululloh s.a.v. shunday marhamat qilganlar:"Alloh taolo bandasining tavbasiga sizlardan bir kishi cho'lda tuyasini yo'qotib, keyin topib olganida sevinganidan ko'proq sevinadi".
Imom Buxoriy, Muslim.

Abu Muso Abdulloh ibn Qays al-Ashoriydan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh s.a.v. marhamat qildilar:"Alloh taolo kunduzi gunoh ish qilganning tavba etishi uchun kechasi qo'lini ochadi. Tunda gunoh qilganning tavab qilishi uchun esa quyoshning botishidan qayta chiqishiga qadar kechasi qo'lini ochadi".
Imom Muslim.

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Sentyabr 2007, 09:12:41

O'n ikkinchi tavsiya.
Islom ruknlari.


Muoz ibn Jabal r.a. aytadi:"Rasululloh s.a.v. bilan birga safarda edim. Bir kuni yaqinlarida bo'ldim. Birga yurib borar ekanman:
- Yo Rasululloh s.a.v. meni jannatga kiritib, do'zaxdan uzoqlashtiradigan bir amal ayting,-dedim.
Shunday marhamat etdilar:
- Siz haqiqatan ham ulug' bir narsa haqida so'radingiz. Ammo bu narsa osonlashtirgan kishi uchun mutlaqo yengil bo'ladi. Allohga shirk keltirmasdan bandalik qilasiz, namozni to'la ado etasiz, Ramazon ro'zasini tutasiz, zakotni berasiz, Ka'bani haj qilasiz.
Keyin yana marhamat qildilar:
- Sizga xayr eshiklarini ko'rsataymi?
Men bo'lsam:
- Ha, ey Rasululloh s.a.v.-dedim.
Marhamat qildilar:
- Roza qalqondir, sadaqa suv olovni o'chirgandek xatolarni o'chiradi. Kishi tun yarmida o'qigan namoz ulug' amaldir.
Keyin ushbu oyatni o'qidilar:"Yonlari yotoqlaridan uzoq turadi, Rabbilariga umid va qo'rquv bilan duo qiladilar va o'zlariga berganimiz rizqlardan infoq qilurlar".
Sajda surasi, 16-oyat mazmuni.
Keyin yana shunday marhamat qildilar:"
- Ishning boshini, asos tayanchini, eng baland nuqtasini bildirayinmi?
- Ha, bildiring, yo Rasululloh s.a.v,-dedim.
- Ishning boshi Islom, asos tayanchi namoz, eng baland nuqtasi jihoddir.
Keyin yana dedilar:
- Bularning barchasini tutib turgan narsasini ko'rsataymi?
Men:
- Ha, ko'rsating, yo Rasululloh s.a.v,-dedim.
Tillariga ishora qilib aytdilar:
- Mana shuni tutishingizdir.
Men dedimki:
- Yo Rasululloh s.a.v. biz gapirgan gaplarimiz bilan ham so'roqqa tortilamizmi?
Shunday marhamat etdilar:
- Hay, Alloh xayringizni bersin, insonlar tillari bilan ekib o'rganlaridan boshqa narsa bilan ham yuztuban holda jahannamga tortiladilarmi?"

Imom Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja, Ahmad ibn Hanbal.

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Sentyabr 2007, 09:23:24

O'n uchinchi tavsiya.
Ota-onaga yahshi muomalada bo'lishlik.


Abu Hurayra r.a. naql qiladi:"Bir kishi Rasulullohning s.a.v. yonlariga keldi va dedi:
- Yo, Rasululloh s.a.v. mening yahshi muomala qilishimga insonlardan eng ko'p kim xaqli?
Marhamat qildilar:
- Onangiz.
- Keyin kim,-dedi.
- Onangiz,-deya marhamat qildilar.
- Keyin kim,-dedi.
- Onangiz,-dedilar.
- Keyin kim,- dedi.
Otangiz,-deya marhamat qildilar".
Imom Buxoriy, Muslim rivoyatlari.

Abu Hurayra r.a. keltirgan boshqa bir hadisda shunday deyiladi:"Yo Rasululloh s.a.v. yahshi muomalaga eng ko'p kim xaqliroq?" Marhamt etdilar:"Onangiz, onangiz, keyin yana onangiz, keyin otangiz, keyin sizga yaqin bo'lgan kishilar".
Imom Muslim.

Yana Abu Hurayradan r.a. keltirilgan bir rivoyatda Rasululloh s.a.v. marhamat etganlar:"Qarigan paytlarida ota-onalariga, ulardan birlariga yoki har ikkisiga erishib, keyin jannatga kira olmagan kishining burni yerga surtilsin, burni yerga surtilsin, yerga surtilsin".
Imom Muslim.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Sentyabr 2007, 21:25:50

O'n to'rtinchi tavsiya.
Namozni davomli ado etishning fazilati.


Abdulloh ibn Umardan r.a. naql qilinishicha, bir kuni Rasululloh s.a.v. namoz haqida shunday marhamat etganlar:"Kim namozda davomli bo'lsa, uning uchun namoz Qiyomat kunida najot, burhon va nur bo'ladi. Kim davomli bo'lmasa, uning najoti ham, burhoni ham, nuri ham bo'lmaydi. Qiyomat kunida esa u Qorun, Fir'avn, Homon va Ubay ibn Halaflar bilan birga bo'ladi".

Ahmad ibn Hanbal rivoyati.

Anas r.a. aytadi:"namoz Hazrati Rasululloh s.a.v.ga Me'roj kechasi ellik vaqt etib farz qilindi, keyin besh vaqtga tushirildi. Keyin esa shunday nido qilindi:"Ey, Muhammad, darhaqiqat, Mening xuzurimda so'z o'zgartirilmaydi. Sizga bu besh vaqt namozda ellik vaqtning savoni bordir".
Imom Buxoriy, Muslim, Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja.

Abu Qatodadan r.a. naql qilinadi:"Rasululloh s.a.v. aytganlar:"Alloh taolo shunday marhamat qildi:"Men umatingga besh vaqt namozni farz qildim va O'z xuzurimdan shu so'zni berdimki, kim bu besh vaqt namozni vaqtida ado etib kelsa, jannatga kiritaman. Kim bunga rioyat qilmasa, Mening xuzurimda uning uchun hech qanday so'z yo'qdir".
Abu Dovud.

Aburayradan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh s.a.v. aytdilar:"Nima deysiz, sizdan bir kishining eshigi yonida bir daryo bo'lsa va unda har kuni besh marta yuvinsa, uning kiridan bir narsa qoladimi?"
U yerdagilar:"Yo'q, undan hech narsa qolmaydi",dedilar.
Rasululloh s.a.v. marhamat etdilar:"Namoz ham huddi shundaydir. Alloh taolo u bilan hatolarini o'chirur".
Imom Buxoriy, Muslim Termiziy, Ibn Moja, Nasaiy.

Amr ibn Said r.a. naql qiladi:"Hazrati Usmonning r.a. yonida edim. Tahorat olish uchun suv so'radi va shunday dedi:"Rasulullohning s.a.v. shunday deganlarini eshitdim:"Farz namozi vaqti kirganda namozning tahoratini, xushu'ini, ruku'sini chiroyli ado etgan hech bir musulmon kishi yo'qki, namozdan oldingi katta gunohlari mustasno, qilgan xatolari bu bilan berkitilmagan bo'lsin. Bu xolat har doim shundaydir".
Imom Muslim.

Usmon Ibn Affon r.a. Rasulullohning s.a.v. shunday deganlarini eshitganlarini naql qiladilar:"Kim jamoat bilan xufton namozini ado etsa, go'yoki kechaning yarmini ihyo etgandek bo'ladi. Kim jamoat bilan bomdodni ado etsa, u go'yoki butun kechani ihyo etgandek bo'ladi".
Imom Muslim.

Abu Musodan r.a. naql qilinadi:"Rasululloh s.a.v shunday marhamat qildilar:"Kim bomdod va asr namozini ado etsa, jannatga kiradi".
Imom Buxoriy, Muslim.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Sentyabr 2007, 21:35:27

O'n beshinchi tavsiya.
Yaxshi ahloq bayoni.


Abu Dardor.a. naql qilgan rivoyat keltirilishicha:"Rasululloh s.a.v. marhamat etdilar:"Qiyomat kuni bandaning tarozusida yaxshi axloqdan og'ir keladigan boshqa narsa yo'qdir. Shubhasiz, Alloh taolo yomon ishlar qilgan va yomon so'zlar so'zlagan bandalariga g'azab qiladi".
Abu Dovud, Termiziy.

Abu Hurayradan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh s.a.v. shunday dedilar:"Iymon jihatidan eng komil mo'min axloqan eng ustun bo'lgan mo'mindir. Sizlardan eng yaxshilaringiz oilasiga yaxshu muomalada bo'lganingizdir".
Abu Dovud, Termiziy.

Jobirdan r.a. keltirilgan rivoyatda Rasululloh s.a.v. shunday marhamat etganlar:"Shubhasiz, Qiyomat kunida mening majlis va suhbatimga eng yaqin va mahbub kishi sizlardan axloqan yaxshi bo'lgan kishidir. Va Qiyomat kuni mening majlisimdan va suhbatimdan eng uzoq va mardud kishi sizlardan ezmalik qiladigan, behuda so'zlaydigan va mutavayxiq bo'lgan kishidir".
Sahobarlar:"Yo Rasululloh s.a.v. mutavayxiq nimadir? - deb  so'radilar.
Marhamat qildilarki:"Kibru xavoli bo'lgan kimsalardir".
Imom Termiziy.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Sentyabr 2007, 18:59:46

O'n oltinchi tavsiya.
Namoz oxirida o'qiladigan duolar bayoni.


Muoz ibn Jabal r.a. naql qilishicha, Rasululloh s.a.v. uning qo'lidan tutib shunday marhamat etganlar:"Ey, Muoz, vallohi, men sizni yahshi ko'raman". Muoz ibn Jabal r.a:"Ota-oanm sizga fido bo'lsin, yo Rasululloh s.a.v. men ham sizni yahshi ko'raman", dedi. Rasululloh sav:"Sizga tavsiyam bor, ey Muoz, har namozning oxirida shu duoni o'qishni aslo kanda qilmang:"Allohumma ainna a'la zikrika va shukrika va husni ibadatik". ya'ni,"Allohim, Seni zikr etishimga, Senga shukr va chiroyli ibodat qilishimga O'zing yordam ber".
Abu Dovud, Nasaiy, Ibn Huzayma,Ibn Hibbon.

Abu Hurayra r.a. naql qilingan hadisda:"Rasululloh sav marhamt qiladilar:"Kim bir namozdan keyin 33 marta Allohni tasbeh etib "Subhalloh" deb,33marta Allohga hamd aytib, "Alhamdulillah", deb, 33marta Allohga takbir aytib "Allohu akbar" deb, buning ja'mi 99dir, keyin esa "La ilaha illallohu vahdahu la sharikalahu, lahul mulku, va lahul hamdu va huva a'la kulli shay'in qodiyr", deb yuzda tamomlasa, gunohlari dengiz ko'pigi qadar bo'lsa ham, mag'firat qilinadi".
Imom Muslim.

Sa'd Ibn Abi Vaqqosning r.a. rivoyat qilishicha, Rasululloh sav har namozning oxirida ushbu duoni o'qiganlar:"Allohim, men qo'rqoqlikdan va baxillikdan Senga sig'inaman, umrimning eng pastini qaytarilishlikdan Senga sig'inaman, dunyo fitnasi va imtihonida Senga sig'inaman, qabrning fitnasi va imtihonidan Senga sig'inaman".
Imom Buxoriy.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Sentyabr 2007, 09:24:56

O'n yettinchi tavsiya.
Zikrning fazilati.


Abdulloh ibn Bushr r.a. qivoyat qilishicha, Rasulullohga sav shunday degan:"Yo Rasululloh sav, Islom shari'atining qonunlari menga og'ir kelyapti. Shu sababdan menga kuchim yetadigan bir narsa o'rgating".
Rasululloh sav marhamat etdilar:"Tilingiz doimo Alloh zikri bilan nam bo'lsin".
Imom Termiziy, Ibn Moja, Hakim, Ibn Hibbon.

Muoz ibn Jabaldan r.a. qivoyat qilinishicha,bir kishi kelib Rasulullohdan sav so'radi:"Mujohidlarning qaysi biri ajrda ulug'dir?" Rasululloh sav marhamat qildilar:"Alloh taoloning eng ko'p zikr qilganlar".
U kishi:"Solihlarning qaysi biri ajrda ulug'roqdir?" dedi.Rasululloh sav:"Alloh taoloni eng ko'p zikr qilganlari,- deya marhamat qildilar.
Keyin u kishi namoz, zakot, haj va sadaqa haqida ham shu savollarni berdi. Rasululloh sav esa:"Alloh taoloni eng ko'p zikr qilganlar", der edilar.
Shunda ABu Bakr r.a. Harati Umarga r.a:"Ey ABu Hafs, ALlohni zikr qilganl;ar hamma narsani olib ketdilar", dedi. Rasululloh sav buni tasdiqlab:"Ha", dedilar".
Ahmad ibn Hanbal, Tabaroniy.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Sentyabr 2007, 09:40:18

O'n sakkizinchi tavsiya.
Nafs tarbiyasi bayoni.


Zaydu-l-Xaur r.a. aytadi:"Yo Rasululloh sav, haqida Alloh yahshilik istagan kishining alomati bilan, haqida Alloh yahshilik tilamagan kishining alomati qanday bo'ladi?"
Rasululloh sav shunday marhamat qildialr:"Ey, Abu Zayd, qanday tong ottirdingiz?"
Men:"Yahshilikni va yahshilik ahlini tilab tong ottirdim. Agar yahshilikka kuchim yetsa unga harakat qildim. Agar qo'ldan chiqargan bo'lsam, g'amgin bo'ldim, ammo uni, yahshilikni orzu qildim,-dedim".
Rasululloh sav marhamat qildilar:"Ana shu Allohdan yahshilik tilagan kishining alomatidir. Agar Alloh sizga bu alomatlardan tashqari bir narsa tilaganida uni sizga xozirlagan bo'lardi".
Razzin.

Abu Hurayradan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav shunday marhamat etganlar:"Payg'ambarlarni sunnatlarida to'rt narsa bor. Bular - hayo, hushbo'y narsalar surish, uylanish va misvok ishlatish".
Imom Termiziy.

Abu Hurayradan r.a. keltirilishicha, Rasululloh sav shunday marhamat etganlar:"Sizlarning xayrlilaringiz va sharrlilaringiz haqida xabar beraymi?". Buni uch marta so'radilar. U yerda hozir bo'lganlar:"Ha, xabar bering", deyishdi. Marhamt etdilarki:"Sizlarning xayrlilaringiz yahshilgidan umid qilingan va yomonligidan emin bo'lingan kishilardir. sharrlilaringiz esa, yahshiligidan umid qilinmagan, yomonligidan emin bo'linmgan kimsalardir".
Imom Termiziy.

Abu Bakrdan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasulullohdan sav so'radilar:"Insonlarning yahshisi kim?".
U Zot marhamat etdilar:"Umri uzoq solih amalli kishi".
"Insonlarning yomoni kim?", deb so'rashdi.
Shunday marhamat qildilar:"Umri uzoq yomon amalli kishi".
Imom Termiziy.

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Sentyabr 2007, 09:23:20

O'n to'qqizinchi tavsiya.
Gunohlardan voz kechib, Allohga itoat etmoq va zikrni ko'paytirmoq bayonida.


Ummu Anas r.a. rivoyat qiladi:"Yo Rasululloh sav menga bir tavsiya bering", dedim. U zot sav marhamat etdilar:"Gunohlardan hijrat eting, zero, bu hijratlarning eng fazilatlisidir. Farzlarda davom eting, zero, bu jihodning eng fazilatlisidir. Allohni ko'p zikr qiling, chunki siz ALlohga ko'p zikrdan boshqa yahshiroq bir narsa keltirolmaysiz".
Tabaroniy.

Abu Hurayra r.a. rivoyat qilishicha, Rasululloh sav aytdilar:"Alloh shunday marhamat etadi:"Men bandam Meni zikr qilganida yonida bo'laman, agar meni o'z ichida yolg'iz yod qilsa, Men ham uni yolg'iz yod qilaman. Agar meni jamoat ichida zikr qilsa, Men ham uni u jamoatdan xayrliroq jamoat ichida yod qilaman. Agar bandam menga bir qarich yaqinlashsa, Men unga bir quloch yaqinlashaman. Agar bandam Menga bir quloch yaqinlashsa, Men unga ikki quloch yaqinlashaman. Agar bandam Menga yurib kelsa, Men unga chopib boraman".
Imom Buxoriy, Muslim Termiziy.

Muoviya r.a. shunday naql qiladi:"Payg'ambar sav masjidga zikr xalqasini oldiga chiqdilar va:"Sizlarni bu yerga nima to'pladi?" deb so'radilar. Ular:"Allohni zikr qilish uchun, bizni Islomga muvaffaq qilib, bu bilan bizga ehson baxsh etgan narsalariga hamd aytish uchun o'tirdik", deyishdi. Rasululloh sav dedilar:"Alloh xaqqi aytinglar, sizni bu yerga to'plagan narsalar faqat shumi?" Ular aytishdi:"Alloh xaqqi, biz faqat shu uchun o'tiribmiz". Rasululloh sav marhamat qildilar:"Qarang, men sizlarga bejiz qasam etdirmadim, shu narsa haqiqatki, menga Jabroil a.s. keldi va Alloh taoloning sizlar uchun iftixor etib, farishtalar oldida maqtanganini ma'lum qildi".
Imom Termiziy, Muslim, Nasaiy.

Qayd etilgan