Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.  ( 42001 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Munira xonim  15 Sentyabr 2007, 09:29:10

Yigirmanchi tavsiya.
Bomdod namozidan avval ikki rakat namozning fazilati.


Abdulloh ibn Umar r.a. rivoyat qiladi:"Bir kishi shunday dedi:"Yo Rasululloh sav menga shunday bir amal ko'rsatinki, Alloh u bilan menga naf bersin". Rasululloh sav marhamat etdilar:"Bomdod namozining ikki rakat sunnatini o'qishda davom eting, zero, unda fazilat mavjud".
Tabaroniy.

Yana Abdulloh ibn Umar r.a. aytadi:"Rasululloh savning shunday deganlarini eshitdim:"Bomdod namozidan oldingi ikki rakat namozni tark qilmangiz, chunki bu namozda rag'bat va yahshilikar bordir".

Hazrati Oisha r.a. rivoyat qiladilar:"Rasululloh sav shunday marhamat qildilar:"Bomdod namozining ikki rakati dunyo va dunyoda bo'lgan har narsadan xayrliroqdir".
Imom Termiziy va Muslim.

Imom Muslimning rivoyatida shunday jumlalar ham bor:"Ikki rakat menga butun dunyodan sevimliroqdir".

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Sentyabr 2007, 09:36:25

Yigirma birinchi tavsiya.
Namoz ichida o'ngu so'lga qaramaslik bayonida.


Anasdan r.a. rivoyat qilinishicha:"Rasululloh s.a.v. shunday marhamat qilganlar:"Ey o'g'lim, namozga turganingizda o'ngu so'lga qayrilib qarashdan tiyiling, chunki namozda bunday qayrilib qarash tahlikalidir".
Imom Termiziy.

Abu Hurayradan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh sav shunday marhamat qilganlar:"Banda namozga turganida Rahmon - Allohning xuzuridadir. Agar o'ngu so'lga qayrilib qarasa, Alloh taolo:"Kimga qayrilyapsan? Mendan ham xayrliroqmi? Ey odam bolasi, Menga tavjjuh et, Men qayrilib qaragan narsalaringni barchasidan xayrliroqman",deydi.
Al-Bazzor.

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Sentyabr 2007, 09:41:24

Yigirma ikkinchi tavsiya.
Ixlosli bo'lishlik bayonida.


Rivoyat qilishlaricha, Muoz ibn Jabal r.a. Yamanga yuborilayotganida Rasululloh sav.ga:"Yo Rasululloh sav menga bir tavsiya bering", dedi.
Rasululloh sav shunday marhamat etdilar:"Diningizda ixlosli bo'ling, oz amal sizga kifoya qiladi".
Hakim rivoyati.

Savbon r.a. Rasulullohdan sav shunday eshitganini rivoyat qiladi:"Muxlislar qanday baxtli kishilar. Ular hidoyat yo'lining nurlaridir. Ulardan har turli zulmatli fitnalar uzoqlashgay".
Bayhaqiy rivoyati.

Abu Imomadan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh sav shunday marhamat etganlar:"Aziz va Jalil Alloh faqat ixlos bilan va O'z rizosi uchun qilingan amalni qabul qiladi".
Abu Dovud va Nasaiy rivoyatlari.

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Sentyabr 2007, 13:02:34

Yigirma uchinchi tavsiya.
Allohdan hojati bo'lgan kishining bayoni.


Abdulloh ibn Avfadan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav marhamat etdilarki:"Kimning Allohdan yoki Odam farzandlaridan biror kishidan hojati bo'lsa, u kishi chiroyli tahorat olib ikki rakat namoz o'qisin. So'ng Allohga hamdu sano, Payg'ambarga salovat aytsin va shunday desin:"Halim va Karim Allohdan boshqa iloh yo'qdir. Arshi a'loning Rabbiga tasbeh aytamiz. Hamd olamlarning Rabbi Allohga xosdir. Allohim, Sendan rahmatingni vojib etuvchi narsalarni, mag'firatingni azimatlarini, har turli yahshilikdan g'animatni har qanday yomonlikdan salomatlikni tilayman. Men uchun Sen tomoningdan kechirilmagan bir gunoh, bartaraf qilinmagan bir g'am, rizoyingga muvofiq bo'lib, ravo qilinmagan bir hojat qoldirma.Ey marhamat etguvchilarning eng marhamatlisi".
Imom Termiziy, Ibn Moja.

Ibn Mojaning rivoyatida:"Ey marhamatlilarning eng marhamatlisi" jumlasidan keyin shunday ilova bor:"Keyin dunyo va oxirat ishlaridan hohlaganini so'raydi. Shubhasiz, Alloh har narsani taqdir etgusi".

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Sentyabr 2007, 11:35:33

Yigirma to’rtinchi tavsiya.
Nafsning ofatlari bayonida.


Abu Zarr r.a. rivoyat qiladi:"Rasululloh sav shunday marhamat qiladilar:"Uch kishi borki, Qiyomat kuni Alloh taolo unga nazar qilmaydi, ular bilan gaplashmaydi va ularni kechirmaydi. Ular uchun alamli azob ham bordir". Rasululloh sav uch marta shunday dedilar. Men esa:"Bu zararga uchraganlar kimlar?" dedim. Shunday marhamat qildilar:"Yurar ekan kibr bilan kiyimlarini uzaytirgan, qilgan yahshiligini minnat qilgan va yolg’on qasam bilan mollarini sarf etganlardir".
Imom Termiziy,Muslim,Abu Dovud, Nasaiy.

Abu Barza Aslamiy r.a. Rasulullohning sav shunday deganlarini rivoyat qiladi:"Sizdan eng ko’p xavotirlanib qo’rqqan narsam qorinlaringizda va bellaringizdan quyida bo’ladigan shahvat va fitnalardir".
Razzin.

Jobir ibn Abdullohdan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav shunday marhamat qilganlar:"Zulmdan tiyiling,zero zulm Qiyomat kunining zulmat va qorong’uliklaridir. Baxillikdan saqlaning, zero baxillik sizdan oldingilarni xalok etgan, ularni qon to’kishga va mahramlarini halol deb bilishga yetklagan".
Imom Muslim.

Jundubdan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav marhamat etdilar:"Kim birovning yashirin ayblarini atrofga yoysa, Alloh ham unikini yoyadi. Kim birovning yashirin ayblariga qarasa, Alloh ham unikiga qaraydi".
Imom Buxoriy, Muslim.


Qayd etilgan


Munira xonim  27 Sentyabr 2007, 11:36:37

Yigirma beshinchi tavsiya.
Allohdan tilamoq bayonida.


Jobirdan r.a. boshqa bir nusxada Ibn Umardan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh sav marhamat etdilar:"Kim ALloh nomi bilan panoh tilab kelsa, uni muhofaza qiling va kim Alloh nomi bilan tilasa, unga bering va kim szini chaqirsa, da’vat etsa, ijobat qiling. Sizga yahshilik qilganni mukofatlang. Agar uni mukofatlaydigan biror narsa topolmasangiz, uni mukofatlaganingizni ko’rsin, uning haqqiga duo qiling".
Abu Dovud, Nasaiy, Ibnm Hibbon, Hakim.

"œAlloh rizosi uchun", deb tilanishning man’ etilgani haqida esa shunday hadis mavjud:"Rofe’dan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav shunday marhamat etganlar:"Alloh rizosi uchun deb tilangan kishi rahmatdan uzoqdir. Birov Alloh rizosi uchun deb, tilanib kelganida, bermagan kishi ham rahmatda uzoqdir".
Tabaroniy.

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Sentyabr 2007, 11:37:47

Yigirma oltinchi tavsiya.

Fotiha surasining fazilati.


Abu Huaryradan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasulullohning sav shunday deganlarini eshitdim:"Alloh taolo marhamat qildiki,"Namozni O’zim va bandam orasida ikkiga bo’ldim. Bandam uchun istagani beriladi".
Boshqa bir rivoyatda esa quyidagicha:"Namozning yarmi menga, yarmi bandamga oiddir. Banda:"Alhamdulillahi Robbilo’lamiyn", deganida, Alloh:"Bandam  manga hamd aytdi", deydi. Banda:"Ar-Rohmanir Rohiym",deganida, Alloh:"Bandam meni maqtadi", deydi. Banda:"Maliki yavmiddin", deganida, Alloh:"BAndam meni ulug’ladi", deydi. Banda:"Iyyaka na’budu va iyyaka nasta’iyn", deganida, Alloh:"Bu Men bilan bandam orasidadir. Bandamga istaganini beraman", deydi. Banda:"Ihdinas — sirotol mustaqiy, sirotollaziyna an’amta alayhim g’oyril mag’zuubi alayhim valazzolliyn", deganida, Alloh:"Bu bandam uchundir va bandamga istagani beriladi", deb marhamat qiladi".
Imom Muslim.

Abu Said al-Mualliydan r.a. rivoyat qilinadi:"Masjidda namoz o’qiyotgan edim, Rasululloh sav meni chaqirdilar, men darhol javob bermadim. Keyin yonlariga bordim va:"Yo Rasululloh sav men namozda edim", dedim. Buni eshitib shunday marhamat etdilar:"Alloh taolo:"Sizni chaqirganida Alloh va Rasuliga javob bering",deb buyurmaganmi?" (Anfol surasi, 24-oyat mazmuni)
Keyin yana aytdilar:"Sizga masjiddan chiqishdan avval senga bir sura o’rgataman, bu Qur’ondagi eng ulug’ suradir". Qo’limni tutdilar va masjiddan chiqayotganimizda men:"Yo Rasululloh sav, Siz Qur’ondagi eng ulug’ surani o’rgataman, degan edingiz", dedim. Shunday marhamat etdilar:"Alhamdulillahi Rabbil’olamiin,bu  Sab’ul-Masaniydir va menga berilgan eng ulug’ suradir".
Imom Buxoriy, Abu Dovud, Nasaiy va Ibn Moja.



Qayd etilgan


Munira xonim  27 Sentyabr 2007, 11:38:36

Yigirma yettinchi tavsiya.
Qur’ondagi ba’zi sura va oyatlarni fazilatlari.


Anasdan r.a. rivoyat qilinishicha,"Rasululloh sav sahobalardan bir kishidan so’radilar:
-   Siz uylandingizmi?
   U kishi:
- Yoq.Allohga qasamki,yo Rasululloh sav bisotimda uylanadigan hech narsam yo’q,-dedi.
Marhamat qildilar:
-   Bisotingizda "œQul huvallohu Ahad"¦" yo’qmi?
   U kishi:
- Bor,-dedi.
Rasululloh sav:
-   Bu Qur’onning uchdan biriga tengdir,-deb marhamat qildilar. Va:"Bisotingizda:"Iza ja’a nasrullohi val — fath"¦" yo’qmi?
U odam:
- Bor,-dedi.
Rasululloh sav bu Qur’ondan to’rtdan biridir. Uylaning, uylaning,-deya marhamat qildilar>
Imom Termiziy.

Ixlos surasi, oyatl Kursiy va "œAmanarrosu’lu"¦" haqida esa quyidagicha rivoyat bor.
Muoz ibn Anas Al- Juhaniydan r.a. rivoyat qilinadi,Rasululloh sav shunday marhamat qilganlar:"Kim Ixlosni oxirigacha o’n marta o’qisa, Allo u kishiga jannatda bir qasr bino etadi".
Buni eshitib Umar ibn Xattob r.a:"Yo Rasululloh sav, u holda biz buni ko’p o’qiymiz", dedi.
Rasululloh sav:"Allohning fazli yana ham ko’p va yana ham yahshiroqdir", deb marhamat qildilar".
Ahmad ibn Hanbal."Musnad".

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Sentyabr 2007, 11:39:13

Abu Zardan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh sav marhamat etdilar:"Alloh Baqara surasini ikki oyat bilan yakunlaganki, bu ikkisini Menga Arshning ostidagi hazinasidan bergandir. Ularni o’rganing va bolalaringizga hamda ayollaringizga o’rgating. Zero, bu ikki oyat namozdir, Qur’ondir va duodir".
Hakim roviyati.

Mo’minlarning onasi Oisha r.a. rivoyat qiladilar:"Rasululloh sav Sariyaning boshiga bir kishini yubordilar. Bu kishi namozda birodarlariga qiroat qilar va uni "œQul huvallohu Ahad", bilan bitirar edi. Bu haqda Sariya Madinaga qaytganida,Rasulullohga sav xabar yetkazdilar. Rasululloh esa:"So’rab ko’ringlar-chi, nima sababdan bunday qilar ekan", dedilar. Ular so’rashdi. Haligi kishi:"Chunki bu sura Rahmon — Allohning sifatidir. Men buni o’qishni yahshi ko’raman", deb javob berdi. Rasululloh sav marhamat qildilar:"Unga xabar bering, Alloh ham uni yahshi ko’radi".
Imom Buxoriy, Muslim, Nasaiy.


Qayd etilgan


Munira xonim  27 Sentyabr 2007, 11:39:35

Abu Hurayradan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh sav menga Ramazon oyining zakotini saqlash vazifasini topshirgan edilar. Birdaniga bir kishi paydo bo’lib, yeguliklardan ola boshladi. Men darrov uni tutib oldim va:"Seni Rasulullohga olib boraman", dedim. U odam:"Men juda ham muhtojman, qaramog’imda muhtoj oilam bor. Juda og’ir ahvoldaman", dedi. Men uni qo’yib yubordim. Ertalab chiqqanimda, Rasululloh sav:"Ey Abu Hurayra, kecha asiringiz nima qildi?" dedilar. Men:"Yo Rasululloh sav, u muhtojligidan va qaramog’ida oilasining holidan shikoyat qildi. Unga rahmim kelganidan qo’yib yubordim", dedim. Marhamat qildilar:"Qarang, u yolg’on gapirdi, u hali yana qaytib keladi". Rasulullohning sav gaplaridan keyin uning qaytib kelishini kutdim. Birdaniga paydo bo’ldi va yeguliklardan olishga kirishdi. Men:"Seni albatta Rasulullohga sav olib boraman", dedim. U bo’lsa:"Men qo’yib yubor, men bir bechoraman. Qaramog’imda oilam bor. Boshqa qaytib eklmayamn", dedi. Unga rahmim keldi va qo’yib yubordim.Ertalab chiqqanimda, Rasululloh sav menga:"Ey Abu Hurayra, kechagi asiringiz nima qildi?" dedilar. Men uning gaplarini aytdim. Marhamat qildilar:"U yolg’on gapirdi, hali yana qaytib keladi". Men uning uchinchi marta kelishini poyladim. U birdan paydo bo’ldi va yana yeguliklardan ola boshlaganida, men uni tutdim va:"Seni Rasulullohni sav oldilariga olib boraman. Bu uchinchi kelishing. Sen qaytib eklmayamn deydan, yana qaytib eklaverasan", dedim. U esa:"Meni qo’yib yubor, senga bir qancha kalimalar o’rgataman. Alloh taolo ular bilan seni manfaatlantiradi", dedi. Men:"Ular nima?"dedim. U:"Yotoqqa kirganingda Oyatal Kursiyni o’qi. Shunda tonggacha sening boshingda Alloh tomonidan yuborilgan muhofiz farishta qo’riqchilik qiladi, senga shayton yaqinlasha olmaydi", dedi. Men uni qo’yib yubordim. Ertalab chiqqanimda,Rasululloh sav:"Asiringiz nima qildi?" dedilar. Men:"U menga bir qancha manfaat keltiruvchi kalimalarni o’rgatishni va’da qildi, men uni qo’yib yubordim. Rasululloh sav:"Nima ekan u ?’ dedilar. Men u zotga uning so’zlarini aytib berdim. Shunda Rasululloh sav:"Qarang, u o’zi yolg’onchi bo’lsa ham, senga rost gapiribdi. Siz uch kundan beri kim bilan yuzma-yuz bo’layotganingizni bilasizmi?" dedilar. Men"Yo’q", dedim. "œU shayton edi" dedilar.
Imom Buxoriy.

Qayd etilgan