Qirqinchi tavsiya.
Qur’on o’qishlik fazilati.
Abu Umoma al-Bohiliydan r.a. rivoyat qilinishicha,u Rasulullohning sav shunday deganlarini eshitdim:"Qur’on o’qingiz, zero, Qur’on qiyomat kunida Qur’on ahliga shafoat qiladi. Baqara va Oli Imron suralarini o’qing, zero, bu ikkisi qiyomat kunida ikki bulut kabi yoki saf tortgan qush galasi kabi ashobini muhofaza qilishga keladi. Baqara surasini o’qing, zero, uni qo’lga kiritish barakotdir, tark etish zarardir. Unga sehr qiluvchilarning kuchi yetmaydi".
Imom Muslim.
Abdulloh ibn Amr ibn Osdan r.a. rivoyat qilinishicha,Rasululloh sav marhamat etgalar:"Qur’on ashobiga:"O’qi, yuksal, dunyoda to’g’ri o’qiganingdek o’qi, sening maqoming eng oxirgi o’qigan oyatingga qadardir",deyiladi".
Imom Termiziy, Abu Dovud,Ibn Moja,Ibn Hibbon.